Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim tizimi

Telegram kanalining logotibi talabalar_talim — Ta'lim tizimi T
Telegram kanalining logotibi talabalar_talim — Ta'lim tizimi
Kanal manzili: @talabalar_talim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.45K
Kanalning ta’rifi

Ўзбекистон Таълим тизимидаги янгиликлар.
Тизимдаги камчиликлар. Талабалар муаммолари.
Мурожаат учун: @ummatirijol

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2023-03-25 09:02:55 Agentlikning interaktiv xizmatlar portali my.uzbmb.uz domeniga o‘tkazildi

2023-yil 28-fevral kuni Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-sayti dtm.uz domenidan uzbmb.uz domeniga o‘tkazilgan edi.

Bugun agentlikning interaktiv xizmatlar portali ham yangi domenga o‘tkazildi. Ya’ni my.dtm.uz domeni my.uzbmb.uz domeniga o‘zgartirildi.

Endilikda test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish, ruxsatnomalarni tarqatish, natijalarni e’lon qilish kabi xizmatlar my.uzbmb.uz sayti orqali ko‘rsatiladi.

@Talabalar_Talim
100 views06:02
Ochish/sharhlash
2023-03-24 14:01:26 Maktablarda ta’til bo’lgan vaqti ham o‘qituvchi ishga chiqishi kerakmi?

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 114-moddasiga muvofiq, xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi.

Mehnat kodeksining 125-moddasida ish beruvchi xodimning ishlagan vaqtini hisoblab borishi shartligi belgilangan. Ish beruvchi xodimga bajargan ishi uchun haq to‘laydi (Mehnat kodeksining 154-moddasi).

Qonunchilikka muvofiq, umumiy o‘rta-ta’lim muassasalari pedagog xodimlari o‘z faoliyatini namunaviy yillik ish reja asosida amalga oshirishadi.

Pedagoglar ish rejasi ikki yo‘nalishdagi tadbirlar majmuasidan iborat bo‘lib, quyidagi ikki yo‘nalishda shakllantiriladi:
o‘quv-tarbiya jarayoniga oid;
o‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid.
O‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid yillik ish rejada har bir pedagog xodimning lavozim majburiyatlari hamda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda o‘quvchilarni barkamol va ma’naviy yetuk inson etib tarbiyalash maqsadida ularning qobiliyat va iste’dodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni o‘zlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli o‘quvchilar bilan alohida mashg‘ulotlar olib borishi hamda pedagog xodimning o‘z ustida mustaqil ishlashi nazarda tutiladi.

O‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayon umumiy o‘rta ta’lim muassasasida olib borilishini inobatga olgan holda, maktabda dars bo‘lmagan davrda ham o‘qituvchilar maktabda faoliyat yuritishi zarur.

@Talabalar_Talim
125 views11:01
Ochish/sharhlash
2023-03-24 13:59:15 Опенбюджет дилемаси Шу кунларда халқни сиёсатга қизиқтирувчи Опенбюджет "сайлов"лари қизғин кетмоқда. Бу сафар жуда кўп мактаблар қўйилган. Маҳаллаларда эса катта дилема бор. Болам ўқийдиган мактабни ремонтига овоз берайми ёки болам мактабга борадиган йўлнинг…
110 views10:59
Ochish/sharhlash
2023-03-24 13:56:13 Опенбюджет дилемаси

Шу кунларда халқни сиёсатга қизиқтирувчи Опенбюджет "сайлов"лари қизғин кетмоқда.

Бу сафар жуда кўп мактаблар қўйилган. Маҳаллаларда эса катта дилема бор. Болам ўқийдиган мактабни ремонтига овоз берайми ёки болам мактабга борадиган йўлнинг ремонтигами?

Ўқитувчилар овоз йиғишга жалб қилиняпти, бу сирмас, тармоқда юзлаб исботлар бор. Маҳалладагилар уйма уй юрибди, "пепсига овоз" система қилишяпти. Маҳалла йўли учун овоз бериб қўйган братти боласи келиб, мактабга овоз берамизакан деб хит қиляпти. У эса овозини бериб бўлган...

Ўзи халққа шунақа қийин дилема бериш керакмасиди. Мактабниям энди хали ички йўллар қилинмасидан бу тизимга киритиб қўйиш яхши ишмас.

Одамларни иккита фронтга бўлиб ташлаяпти, энг қизиғи мактабми ё унга оборадиган йўлми деган саволнинг жавоби ҳам осон эмас.

M

@Talabalar_Talim
101 viewsedited  10:56
Ochish/sharhlash
2023-03-23 19:21:30
Agrippina Shin maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 1-o‘rinbosari - maktabgacha ta’lim agentligi direktori etib tayinlandi.

U shundoq ham 2022-yil 30-dekabrdan buyon maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 1-o‘rinbosari edi. Endilikda unga Bog’cha agentligi ham topshirildi.


@Talabalar_Talim
72 views16:21
Ochish/sharhlash
2023-03-23 07:24:38 #XUSHXABAR

2 ta universitetimiz TOP-500 talik reytingdan oʻrin oldi

Quacquarelli Symonds
– QS World University Rankings xalqaro reyting agentligi 2023-yilgi dunyo universitetlarining “Fan sohalari reytingi” (Subject Rankings) natijalarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy universiteti va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari” Milliy tadqiqot universiteti 4 ta (zamonaviy tillar, matematika, fizika va astronomiya, atrof-muhit) fan boʻyicha TOP-500 oliy taʼlim muassasalari qatoridan oʻrin egalladi.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston milliy universiteti 2022-yilgi reytingda “Matematika” sohasida 451–500-oʻrinda ko‘rilgan bo‘lsa, bu yil shu yoʻnalish boʻyicha 100 pogʻona yuqoriga koʻtarildi.

@Talabalar_Talim
117 views04:24
Ochish/sharhlash
2023-03-22 09:11:08
Bizga maktabda oʻrgatilganlardan tashqari, yana qancha haq-huquqlarimiz borligini bilasizmi? Ulardan nega foydalanmaymiz? Bilmaymizmi yoki qoʻrqamizmi? Oʻzbekistonda konstitutsiya necha foizga ishlaydi?

Subyektivuz ijodkorlari Activist loyihasi muallifi Xojiakbar Nosirovdan intervyu olibdi.

Tavsiya qilaman
@Talabalar_Talim

Toʻliq intervyu YouTube kanalimizda


204 viewsedited  06:11
Ochish/sharhlash
2023-03-17 13:58:13 Kontraktni to’liq to’lamaganlarni yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi?

Yo’q bunga haqqi yo’q, yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to’lamaslik asos bo’la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to’lamagan bo’lsa uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos.

Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay nb qo’yib qo’yish, va boshqa g’ayriqonuniy harakatlar amalga oshirish umuman mumkin emas.

Kontrakt to'lash muddatlari:

belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

@Talabalar_Talim
133 views10:58
Ochish/sharhlash
2023-03-12 10:11:33 Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida 5 mingdan ortiq oʻqituvchi faoliyat yuritmoqda
 
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/23-oʻquv yili boshiga faoliyat yuritayotgan 194 ta nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida jami 5 014 nafar oʻqituvchi faoliyat yuritmoqda.
 
Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarning umumiy soni 2018/2019 oʻquv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 3 381 nafarga yoki 3,1 barobarga koʻpaygan
  
Yillar kesimida nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarning umumiy soni:   
    
2018/2019-oʻquv yili boshiga – 1 633 kishi
2019/2020-oʻquv yili boshiga – 2 353 kishi   
2020/2021-oʻquv yili boshiga – 2 859 kishi   
2021/2022-oʻquv yili boshiga – 3 578 kishi  
2022/2023-oʻquv yili boshiga – 5 014 kishi

@Talabalar_Talim
86 viewsedited  07:11
Ochish/sharhlash
2023-03-10 07:53:10
#foydali

Allergiya qo‘zg‘atuvchi daraxtlar borligini bilarmidingiz?

Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazi allergenli va allergensiz daraxt hamda o‘simliklar ro‘yxatini tuzdi (rasm ).

@Talabalar_Talim
14 viewsedited  04:53
Ochish/sharhlash