Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim tizimi

Telegram kanalining logotibi talabalar_talim — Ta'lim tizimi T
Telegram kanalining logotibi talabalar_talim — Ta'lim tizimi
Kanal manzili: @talabalar_talim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.45K
Kanalning ta’rifi

Ўзбекистон Таълим тизимидаги янгиликлар.
Тизимдаги камчиликлар. Талабалар муаммолари.
Мурожаат учун: @ummatirijol

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-02-28 10:42:43 Ukraina bilan chegaradosh 8 ta hududdan o‘qishini ko‘chirishga istisno tariqasida ruxsat berilgan navbatdagi bir guruh talabalar ro‘yxati tasdiqlandi

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan talabalar o‘zlari hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashishlari so‘raladi.

Bu oxirgi ro‘yxat emas. Yaqin kunlarda qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi.

Ro‘yxatni yuklab olish

@Talabalar_Talim
207 views07:42
Ochish/sharhlash
2023-02-28 03:23:06 #Qonunchilik_yangiliklari

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab maxsus pedagogika, defektologiya magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

Bu haqda Prezidentning 27-fevraldagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yildi.

Bunda, o‘qitish davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga ajratilgan davlat granti asosidagi umumiy qabul parametrlari doirasida amalga oshiriladi.

2023/2024-o‘quv yilgi qabul jarayonidan boshlab qabul tartibi, test sinovlari to‘g‘risida abituriyentlarga ma’lumot berish uchun tayyorlanadigan materiallar nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay formatda bo‘lishi, jumladan, videoroliklar surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etilishi belgilandi.

Nogironligi bo‘lgan talabalarga ta’lim jarayonida ko‘maklashish uchun ularning oila a’zosi yoki boshqa shaxslarga oliy ta’lim muassasasida birga bo‘lishiga sharoit yaratiladi.

Shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan bolalar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchi (yo‘lda kuzatib boruvchi) bir nafar fuqaro uchun davlat idoralari va tashkilotlari tomonidan, shu jumladan, ta’lim muassasalarida fuqarolarning bevosita hozirligida (joyida) ko‘rsatiladigan xizmatlardan navbatsiz foydalanish, davlat idoralari rahbarlari (mansabdor shaxslari) qabuliga navbatsiz kirish bo‘yicha imtiyoz beriladi.

@Talabalar_Talim
212 views00:23
Ochish/sharhlash
2023-02-27 15:13:57 Ўқув марказларида IT соҳасини ўрганиш учун ҳам таълим кредити берилади

Ҳукуматнинг тегишли қарори (№79, 27.02.2023й) билан, нодавлат таълим ташкилотларининг ўқув курсларида ёшларнинг ахборот технологиялари соҳасида таҳсил олиши учун таълим кредити ажратиш тартиби тўғрисида низом тасдиқланди.

Қарорга кўра, таълим кредити:

— базавий ҳисоблаш миқдорининг 65 бараваригача (бугунги кунда 19 млн 500 минг сўм) миқдорда;
— Марказий банкнинг асосий ставкасида (бугунги кунда 15%);
бир йиллик имтиёзли давр билан 4 йил муддатга;
— ҳар йили 5 минг нафаргача ёшларга берилади.

"Ижтимоий ҳимоя ягона реестри"га кирган оила фарзандлари учун гаров ва кафиллик талаб этилмайди.

@Talabalar_Talim
221 views12:13
Ochish/sharhlash
2023-02-27 10:25:50
Toshkentda 1-maydan  metro va avtobus yo‘l kira narxi oshadi, shuningdek 6000 so‘m evaziga kun bo‘yi avtobus va Metroda yurish mumkin

1-maydan boshlab jamoat transportida yangi tariflar joriy etiladi.

YANGI tariflar:
• 1 ta yo‘l (naqd) — 2 000 so‘m;
• 1 ta sayohat (tanlangan) — 1800 so‘m;
• 1 ta sayohat (ATTO) — 1600 so‘m;
• kuniga cheksiz — 6 000 so‘m;

@Talabalar_Talim
224 views07:25
Ochish/sharhlash
2023-02-25 13:00:55 Endilikda ish tajribasiga ega bo‘lgan ayollar oliygohga imtihonsiz qabul qilinadi

Buning uchun xotin-qizlarda kamida 5 yillik ish staji bo’lishi kerak. Ta’lim olgandan keyin esa ular tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha yana 5 yil ishlab berishlari majburiy etib belgilanadi.

@Talabalar_Talim
284 views10:00
Ochish/sharhlash