Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim tizimi

Telegram kanalining logotibi talabalar_talim — Ta'lim tizimi T
Telegram kanalining logotibi talabalar_talim — Ta'lim tizimi
Kanal manzili: @talabalar_talim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.45K
Kanalning ta’rifi

Ўзбекистон Таълим тизимидаги янгиликлар.
Тизимдаги камчиликлар. Талабалар муаммолари.
Мурожаат учун: @ummatirijol

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-04-18 07:34:34 #Биласизми

Қонунчиликка кўра, мактаб битирувчиларининг шаҳодатномасидаги 11 йиллик таълимнинг сўнгги 6 йиллик баҳолари ОТМга киришдаги балга қўшилади. Баҳолар электрон платформалар орқали ҳисобланади ва ДТМнинг “ABITUR” дастурига юборилади.

Баҳоларнинг ўртача кўрсатгичи 6-11-синфлардаги ёки 6-9-синфлар ва 1-2-босқичлардаги йиллик баҳоларнинг умумий йиғиндисини ўқитилган фанларга бўлиш орқали чиқарилади.

Максимал балл 100 фоиз деб олинади ва баллар баҳо тизимига қуйидагича ўтказилади:

86–100 % учун – 5 баҳо;
71–85 % – 4 баҳо;
56–70 % – 3 баҳо;
56 % гача – 2 баҳо.


@Talabalar_Talim
119 views04:34
Ochish/sharhlash
2023-04-17 08:24:45 #Jamoatchilik_muhokamasi

Abituriyentlarga roʻyxatdan oʻtishda uchtagacha akademik litseyning taʼlim tili bir xil boʻlgan bittadan mos yoʻnalishini tanlash imkoniyati beriladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Akademik litseylarga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlatish tartibini takomillashtirish haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Unga koʻra:

• abituriyentlarga roʻyxatdan oʻtishda uchtagacha akademik litseyning taʼlim tili bir xil boʻlgan bittadan mos yoʻnalishini tanlash imkoniyati beriladi;

• abituriyent oʻzi tanlagan hududda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, akademik litseylarga oʻqishga qabul qilishda xalqaro va respublika fan olimpiadalari gʻoliblari, xorijiy til sertifikati mavjud abituriyentlarga imtiyozlar beriladi.

Shuningdek, qaror bilan tasdiqlanishi nazarda tutilgan nizomga ko‘ra:

akademik litseylarga umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini tanlab olish, oʻqishga qabul qilish tartibi;

akademik litseylarda maslahat kengashlari faoliyatini tashkil etish, hujjatlarni qabul qilish, imtihonlarni oʻtkazish, rasmiylashtirish va natijalarni eʼlon qilish tartibi;

fan olimpiadalari, tanlovlar gʻoliblari va umumtaʼlim fanlarini oʻzlashtirish sertifikatiga ega boʻlganlar uchun imtiyozlarni qoʻllash;

akademik litsey oʻquvchilarining oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlatish tartibi belgilanadi.

Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.gov.uz va Edu.uz saytlari orqali qoldiring.

@Talabalar_Talim
166 views05:24
Ochish/sharhlash
2023-04-17 08:19:54
Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirish boshlandi

15-apreldan boshlab 3-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka onlayn hujjat topshirishga start berildi.

Hujjatlar 15-mayga qadar yagona elektron tizim – phd.mininnovation.uz orqali qabul qilinadi.

Mustaqil izlanuvchilik – falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, hujjatlar ilmiy yoki ta’lim tashkiloti tomonidan ko‘rib chiqilib, qabul qilinadi yoki rad etiladi. Shuningdek, yuqorida belgilangan muddatlarda talabgorlarning hujjatlari qabul qilinishi lozim.

@Talabalar_Talim
174 viewsedited  05:19
Ochish/sharhlash
2023-04-16 18:02:23 Sunʼiy intellekt oʻqituvchilar oʻrnini egallaydimi?!

Business Insider nashri ChatGPT (sunʼiy intellekt) sabab yoʻqolib ketishi mumkin boʻlgan 10 ta kasblarni e'lon qildi ular orasida oʻqituvchilik ham bor.

Rivojlangan mamlakatlarining barcha oʻqituvchilari o‘quvchi va talabalarning uy vazifalarini tayyorlashda ChatGPT dan foydalanib, belgilangan qoidalarni buzishlaridan xavotirda.

Rochester texnologiya institutining Hisoblash texnikasi va axborot fanlari fakulteti dekani o‘rinbosari Pengcheng Shining fikricha, o‘qituvchilar sunʼiy intellekt ularning ish o‘rniga xavf solishi haqida ham o‘ylashlari kerak.

“ChatGPT endilikda darslarni osonlikcha oʻrgatishi mumkin”, – deydi Shi New York Post nashriga bergan intervyusida — Bilim nuqtayi nazaridan xato va noaniqliklar mavjud boʻlsa-da, buni osongina yaxshilash mumkin, buning uchun tizimda tegishli koʻnikmani shakllantirish kerak”.

Ammo oʻrta maktabning matematika va tabiiy fanlar oʻqituvchisi Shannon Ahern ChatGPT uning oʻrnini egallashidan xavotirda emas. U dars jarayonlarini rejalashtirishda ayni tizimdan foydalanadi.

“Biz insonlar yuzma-yuz mashgʻulotlarda yuzaga keladigan, oʻzaro shaxsiy muloqotlarga doim muhtojmiz”, – deydi u, Insider nashriga bergan intervyusida.

Shuningdek, roʻyxatdan oʻqituvchilikdan tashqari quyidagi kasblar ham oʻrin olgan:

1. Texnik vakansiyalar (koderlar, dasturchilar, dasturiy taʼminot muhandislari, maʼlumotlar tahlilchilari);
2. Media ishlari (reklama, kontent yaratish, kopirayting , jurnalistika);
3. Yuridik sohadagi ish oʻrinlari (parayurist, yurist yordamchisi);
4. Marketologlar;
5. Moliyaviy ish oʻrinlari (moliyaviy tahlilchilar, shaxsiy moliyaviy maslahatchilar);
6. Treyderlar, grafik dizaynerlar;
7. Buxgalterlar, qoʻllab-quvvatlash xizmati xodimlari.

ChatGPT nima o‘zi? https://kun.uz/uz/42292599

@Talabalar_Talim
312 views15:02
Ochish/sharhlash
2023-04-13 17:58:10 Talabalarga 2-kursdan sertifikat asosida ishlashiga ruxsat berilishi mumkin Oliy ta’lim muassasalari talabalarini ikkinchi kursdan (ayrim ta’lim yo‘nalishlarida ikkinchi kursdan keyingi kurslardan) boshlab oliy ta’lim muassasasi rahbari tomonidan berilgan…
245 views14:58
Ochish/sharhlash
2023-04-13 17:48:11 Talabalarga 2-kursdan sertifikat asosida ishlashiga ruxsat berilishi mumkin

Oliy ta’lim muassasalari talabalarini ikkinchi kursdan (ayrim ta’lim yo‘nalishlarida ikkinchi kursdan keyingi kurslardan) boshlab oliy ta’lim muassasasi rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashiga ruxsat berish taklif etilmoqda.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tayyorlangan qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo’yildi.

Loyihada aytilishicha, haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyoti va haq to‘lanadigan stajirovka o‘tayotgan talabalarni ishga qabul qilishda sertifikat talab qilinmaydi.

Talabalarni sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga faqat oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan davrida ruxsat etiladi.

Qaysi yo’nalishlarda va qaysi kursdan sertifikat berilishi 2 oy ichida alohida tasdiqlanadi.


@Talabalar_Talim
308 views14:48
Ochish/sharhlash
2023-04-12 13:05:49 #Биласизми

Қонунчиликка кўра, эҳтиёжманд оилалардаги хотин-қизларга ОТМга киришда давлат гранти асосидаги қабул доирасидаги танловда иштирок этиш учун тавсиянома берилади.

Тавсиянома қуйидаги мезонлар асосида берилади:

кам таъминланган оилалардаги хотин-қизлар;

тўлиқсиз оилада тарбияланаётган, яъни отаси ёки онаси ёхуд уларнинг иккаласи ҳам вафот этган ижтимоий ҳимояга муҳтож қизлар;

турмуш ўртоғи вафот этган, вояга етмаган фарзандини ёлғиз тарбиялаётган ижтимоий ҳимояга муҳтож аёллар;

ногиронлиги бўлган фарзанди бор эҳтиёжманд оилалардаги хотин-қизлар;

2 ва ундан ортиқ фарзандини тарбиялаётган, қариндошларидан алоҳида (ижарада) яшаётган ёлғиз аёлларнинг қиз фарзандлари;

ота-оналаридан бири ёки ҳар иккиси ҳам I ёки II гуруҳ ногирони бўлган эҳтиёжманд оилалардаги хотин-қизлар.

Тавсиянома олиш учун туман (шаҳар) маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш бўлимларига электрон шаклда мурожаат қилинади.

@Talabalar_Talim
397 views10:05
Ochish/sharhlash
2023-04-12 07:01:38 Huquqni muhofaza qilish akademiyasining bakalavriatiga qabul

2023-yil 6-aprel kuni Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilish va o‘qitish tartibini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 143-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorda Akademiyaning “Tergov faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga nomzodlarni ro‘yxatga olish Bilimni baholash agentligi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Shu sababli Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida “O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi” bo‘limi ochilib, talabgorlarni ro‘yxatga olish imkoniyati yaratildi.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatga olish 2023-yil 3-may kuniga qadar onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Qabul bo‘yicha to‘liq ma’lumot bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin: https://lex.uz/pdfs/6425532.


@Talabalar_Talim
231 views04:01
Ochish/sharhlash
2023-04-11 15:21:59 Buni yangilik desa bo'ladi.
13 views12:21
Ochish/sharhlash
2023-04-11 15:06:19
1 июндан бошлаб “Ёшлар дафтари”га кирган талабалар учун давлат ташкилотларида иш ҳақи тўланадиган стажировка тизимини жорий қилиш топширилди.

Ёшлар ўртасида IT, реклама, кино, архитектура, дизайн, маркетинг, ҳунармандчилик, рассомчилик каби йўналишларга қизиқиш ортиб бораётганини ҳисобга олиб, вилоят ҳокимларига йил якунигача биттадан “Креатив парк” ташкил этиш топширилди. Уларда IT парк резидентларига берилган имтиёз ва енгилликлар қўлланади.

Бу мақсадлар учун “Янги Ўзбекистон ёшлари ташаббуслари” жамғармаси ва электрон платформаси ташкил қилинади. Жамғармага 100 миллион доллар йўналтирилади. Бу маблағлар иқтидорли ёшларнинг энг яхши ғоя, стартап ва лойиҳаларига қулай ва енгил шартларда, зарур бўлса, фоизсиз ва гаровсиз ажратилади.

@Talabalar_Talim
47 views12:06
Ochish/sharhlash