Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim tizimi

Telegram kanalining logotibi talabalar_talim — Ta'lim tizimi T
Telegram kanalining logotibi talabalar_talim — Ta'lim tizimi
Kanal manzili: @talabalar_talim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.45K
Kanalning ta’rifi

Ўзбекистон Таълим тизимидаги янгиликлар.
Тизимдаги камчиликлар. Талабалар муаммолари.
Мурожаат учун: @ummatirijol

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-03-30 14:54:39
Oʻzbekiston dunyo mamlakatlari orasidagi yillik reytingda 20-oʻrinni egalladi. Nima boʻyicha deysizmi?

Batafsil videoda bilib olishingiz mumkin!

M

@Talabalar_Talim
55 viewsedited  11:54
Ochish/sharhlash
2023-03-30 13:50:29 @Talabalar_Talim
Talim Tizimi
Kanalimizda Faqat Foydali, Huquqga doir, Yangi qonunlar, O'zgarishlar, Ta'lim Tizimimizning yutuqli tomonlari va kamchiliklari to'g'risida POST yozishga harakat qilamiz.

Har qanday Bachkana, Oldi-qochdi gaplardan yiroqmiz.

P.s.: O'zbekiston Ta'lim tizimi rivojlantirish.
Ta'lim tizimi
59 views10:50
Ochish/sharhlash
2023-03-30 13:29:19 Multilevel baholash mezoni o‘zgardi. Endi xar bir bo‘limda maksimal 75 balldan to‘plash mumkin.

Bilimni baholash agentligi (eski DTM) tomonidan o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini baholash imtihonining ko‘p darajali tizimi uchun baholash mezonlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Qanday o‘zgarish kiritildi?

Endilikda test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball har bir bo‘lim bo‘yicha 75 ballni tashkil etmoqda. Ushbu o‘zgarishlar faqat eng yuqori ballarni qamrab oladi hamda aksariyat talabgorlarning natijalariga ta’sir qilmaydi.

Yangi tartib 2023-yil mart oyidan boshlab amaliyotga joriy etilishi belgilangan.

@Talabalar_Talim
64 views10:29
Ochish/sharhlash
2023-03-30 13:23:23 #2023_йил_1_апрелдан

Мактабгача таълим қамровини кенгайтириш мақсадида:

янги мактабгача таълим ташкилотлари фаолиятини кўп квартирали уйларнинг нотурар қаватларида ёки якка тартибда қурилган уй-жойларни сотиб олиш ва кейинчалик уларни таъмирлаш ҳамда жиҳозлаш орқали ташкил этишга рухсат этилади;

давлат-хусусий шериклик лойиҳаси доирасида ижарага берилган ер участкасида нодавлат мактабгача таълим ташкилоти биносини қурган хусусий шерик томонидан ушбу бинонинг мазкур лойиҳа учун банк кредитлари бўйича гаровга қўйилишига оид чекловлар бекор қилинади.

@Talabalar_Talim
61 views10:23
Ochish/sharhlash
2023-03-30 13:17:47 Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan maktab taʼlimi tizimida yuqori natijalarga erishayotgan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan yana bir xayrli tashabbus muvaffaqiyatli amalga oshdi. Aniqroq aytganda, yurtimizdagi 1697 nafar o‘qituvchi Vazir jamg‘armasidan to‘lanadigan ustama sohiblariga aylanishdi. 

Ular joriy yilning aprel oyidan dekabr oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (5 mln so‘m) har oylik ustama olishadi.

O‘ylaymanki, boshlangan mazkur ezgu harakat nafaqat ustamaga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning kelgusidagi faoliyatlariga, balki boshqa pedagoglarga ham katta motivatsiya berishi, ularning ham o‘z ustilarida ishlashlari orqali ijobiy natijalarga erishishlariga turtki bo‘ladi.

Vazir jamg‘armasidan ustama olishga munosib nomzodlarni tanlab olish jarayonlaridan barchangiz xabardorsiz. 5000 mingdan ortiq nomzodlari berilgan usozlardan 2 bosqichda sinov jarayonlari o’tkazildi.

Dastlabki bosqichda Davlat test markazi tomonidan “Boshlangʼich taʼlim”, “Аniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Аmaliy fanlar” yoʼnalishlarida nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani boʼyicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari boʼlib oʼtdi. Ikkinchi bosqichda esa kasbiy mahoratni baholash uchun suhbat jarayonlari bo'lib o'tdi.

Quvonarlisi, ilk bosqichda 100 foizlik natijani qayd etgan ustozlarimiz kasbiy mahoratni baholash uchun o‘tkazilgan suhbat jarayonlarida ham yuqori ballarni qo‘lga kiritishdi. Demak, bu ustozlar faqat o‘zlarining fanlarini yuqori darajada bilibgina qolmay, ularni o‘z o‘quvchilariga yetkazib berishda ham yuksak kasbiy mahoratga egalar.

To‘g‘ri, tanlov jarayonlariga bir yo'la tizimdagi barcha malakali pedagoglarni qamrab olish imkonsiz. Ammo ahamiyatlisi shuki, o‘qituvchilar har yili Vazir jamg‘armasidan to‘lanadigan ustamaga nomzod bo‘la olishadi. Har yili Hududiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan nomzodlar orasidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning saralash jarayonlari o‘tkaziladi.

Fursatdan foydalanib, ushbu ustamaga ega bo‘lgan barcha ustozlarimizni muborakbod etaman hamda ularning kelgusi faoliyatlarida yana-da yuksak zafarlar tilab qolaman. Va o‘quvchilarimizning kelgusida Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishga munosib insonlar bo‘lib kamolga yetishida yana-da ko‘proq hissa qo‘shishiga umid bildiramiz.

Tanlovda qatnashgan, ammo g‘olib bo‘la olmagan qolgan ustozlarimiz ham ko‘ngilni cho‘ktirmay, keyingi sinov jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rishlarini so'rab qolaman.

O‘z kasbining munosib vakillari, fidoyi o‘qituvchilarning mehnati, albatta inobatga olinadi va rag‘batlantirib boriladi.
64 views10:17
Ochish/sharhlash
2023-03-29 02:52:30 #Қонунчиликдаги_янгиликлар

Иш ҳақи, пенсиялар ва нафақалар миқдори ошади

“Иш ҳақи, пенсиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида”ги Президент Фармони қабул қилинди

Фармонга кўра:

2023 йил 1 апрелдан пенсиялар ва нафақалар миқдори 7 фоизга оширилади.

2023 йил 1 апрелдан Ўзбекистон ҳудудида:

пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори – ойига 347 000 сўм;

ёшга доир энг кам пенсия миқдори – ойига 677 000 сўм;

ногиронлик пенсиялари, жумладан иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги ногиронлик пенсиясининг энг кам миқдори – ойига 747 000 сўм;

меҳнатга лаёқатсиз фуқароларга бериладиган ногиронлик нафақаси ва болаликдан ногиронлиги бўлган шахсларга бериладиган нафақа миқдори – ойига 747 000 сўм;

1941–1945 йиллардаги уруш оқибатида ногирон бўлган шахслар ва унинг қатнашчилари, шунингдек, фашистлар концлагерларининг вояга етмаган собиқ маҳбуслари ва Ленинград шаҳри қамал қилинган даврда ишлаган шахсларнинг энг кам пенсия миқдори устамаларни инобатга олган ҳолда – ойига 3 296 000 сўм;

белгиланган ёшга доир энг кам пенсия миқдоридан (677 000 сўмдан) 747 000 сўмгача пенсия олувчиларнинг ёшга доир пенсиялари миқдори – ойига 747 000 сўм;

зарур иш стажига эга бўлмаган кекса ёшдаги фуқароларга бериладиган нафақа миқдори – ойига 535 000 сўм;

иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги ёшга доир пенсиянинг энг кам миқдори қўшимча тўловни ҳисобга олган ҳолда – ойига 535 000 сўм;

ўзгалар парваришига муҳтож ногиронлиги бўлган 18 ёшгача болаларнинг парвариши билан банд бўлган боланинг қонуний вакилига бериладиган нафақа миқдори – ойига 535 000 сўм;

боқувчисини йўқотганлик нафақаси олувчиларнинг бир нафар меҳнатга қобилиятсиз оила аъзоси учун нафақа миқдори – ойига 535 000 сўм этиб белгиланади ва кейинги ҳар бир меҳнатга қобилиятсиз оила аъзоси учун – 198 000 сўмдан қўшилади;

боқувчисини йўқотганлик пенсияси олувчиларнинг бир нафар меҳнатга қобилиятсиз оила аъзоси учун пенсиянинг энг кам миқдори – ойига 535 000 сўм этиб белгиланади ва кейинги ҳар бир меҳнатга қобилиятсиз оила аъзоси учун амалдаги тартибга мувофиқ пенсия тўланади.

Шунингдек, 2023 йил 1 майдан бюджет ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи миқдори 7 фоизга оширилади.

2023 йил 1 майдан Ўзбекистон ҳудудида:

меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори – ойига 980 000 сўм;

базавий ҳисоблаш миқдори – ойига 330 000 сўм этиб белгиланади.

@Talabalar_Talim
106 views23:52
Ochish/sharhlash
2023-03-28 03:05:38 Tashabbusli byudjet muvaffaqiyatsizligi uchun emas, muvaffaqiyati uchun tanqidga uchrayapti

Telegramdagi “Iqtisod4i” kanali “Tashabbusli byudjet” haqida post qoldirdi. Jumladan, shunday deyiladi:

“Xabaringiz bor, hozir O‘zbekistonda Tashabbusli byudjet jarayoni ketyapti.

Turli tomondan tanqidlar ham yog‘ilyapti bu loyihaga. Qizig‘i, shu jarayonni «nima uchun davlat maktabni yoki kasalxonani o‘zi joyiga qo‘yib qo‘ymay, ularni ham Tashabbusli byudjetga qo‘shyapti», deb tanqid qilishyapti.

Mana shuning o‘ziyoq loyiha eng muhim vazifasini bajaryapti degani. Maktablarning, shifoxonalarning ahvolini ko‘rib, ularni shundoq ham joyiga qo‘yish kerakligi aytilyapti. Buning uchun xalq ovoz berishi shart emas. Bu to‘g‘ri. Ana shu muhokamalarga esa Tashabbusli byudjet sababchi.

Mohiyatan xalq o‘z ovozini o‘z vakillariga saylovlarda berib bo‘lgan. O‘sha ovozlar bugun maktablarda, shifoxonalarda muammo bo‘lmasligi uchun yetarli bo‘lishi kerak.

Eng muhimi, pullar qayerga sarflanayotgani haqidagi muhokama, parlamentning asosiy vazifasi bo‘lgan kimdan qancha soliq olish va qayerga qancha sarflash kerakligi haqidagi muhokama ham qachondir boshlanishiga umid beradi.

Bugun “maktabni Tashabbusli byudjetga aralashtirmaslik kerak” deyayotgan odamlar, ertaga aslida maktabga qayerdan pul kelishi kerakligi haqida ham savollar bera boshlar, balki.

Hozircha esa, Tashabbusli byudjet asosan muvaffaqiyatsizligi uchun emas, muvaffaqiyati uchun tanqidga uchrayapti”.

Post tugadi.

P/S: bu haqida avval ham ko’p yozganman, “Tashabbusli byudjet” xalqning ongini oshirishda juda katta foyda beryapti. Eng avvalo:

1) davlat byudjeti amaldorlarning emas, xalqning puli ekanligini tushunyapti;

2) to’layotgan soliqlari qayerga qanday sarflanayotganiga qiziqishyapti;

3) davlat buyurtmasi asosida bajarilayotgan qurilishlar va ishlarni jamoatchilik nazorat qilishni boshlayapti;

4) shaxsiy manfaatlar uchun emas, mahalla va jamoat manfaatlari uchun ko’pchilik o’zaro birlashish, harakat qilish, fidoyilik va jonbozlik ko’rsatishni o’rganyapti;

5) Yuta olmay qolganlar hokim va boshqa mas’ullarga “biz shunday yomon sharoitda qachongacha yashaymiz, nega davlat qilib bermayapti?” deb savol va talab qo’yishni boshlayapti.

Eng asosiysi bularning barchasi juda qisqa vaqt — atigi 2-3 yilda bo’lyapti. Mana bunisi haqiqatda juda ajoyib.

Ovoz berish jarayonidagi muammo va kamchiliklar esa, yil sayin takomillashib boraveradi, bundan katta fojia yasash shartmas.

@Talabalar_Talim
66 viewsedited  00:05
Ochish/sharhlash
2023-03-27 17:30:25
Педагогларни мажбурий меҳнатга жалб қилганлик учун алоҳида жиноий жавобгарлик белгиланди Бугун Шавкат Мирзиёев педагог ходимларнинг хизмат вазифаларини бажаришига тўсқинлик қилганлик учун жавобгарликни кучайтиришни кўзда тутувчи қонунни имзолади. Унга…
105 viewsedited  14:30
Ochish/sharhlash
2023-03-27 17:29:33 Педагогларни мажбурий меҳнатга жалб қилганлик учун алоҳида жиноий жавобгарлик белгиланди

Бугун Шавкат Мирзиёев педагог ходимларнинг хизмат вазифаларини бажаришига тўсқинлик қилганлик учун жавобгарликни кучайтиришни кўзда тутувчи қонунни имзолади.

Унга кўра, педагог ходимни меҳнатга бирон-бир шаклда маъмурий тарзда мажбурлаш учун маъмурий ва жиноий жавобгарликлар кучайтирилмоқда. Жумладан, умумий ҳолатда бирор шахсни мажбурий меҳнатга жалб этиш 30 млн сўмгача (100 баравар) жаримага сабаб бўлса, эндиликда педагогларни мажбурий меҳнатга жалб қилиш 45 млн сўмгача (150 баравар) жарима билан жазоланиши мумкин.

Жиноят кодексида ҳам педагогларга қарши ҳаракат учун алоҳида жиноий жавобгарлик белгиланди ва жазо кучайтирилди. Яъни педагог ходимни меҳнатга бирон-бир шаклда маъмурий тарзда мажбурлаш учун, агар худди шундай қилмиш учун маъмурий жазо қўлланилганидан кейин содир этилган бўлса, 45 млн сўмдан 60 млн сўмгача жарима ёки 3 йилгача муайян ҳуқуқдан маҳрум қилиш ёхуд 3 йилгача ахлоқ тузатиш ишлари жазоси белгиланди.

Шунингдек, таълим ташкилоти педагог ходимининг касбий фаолиятига қонунга хилоф равишда аралашиш ёки ўз хизмат вазифаларини бажаришига тўсқинлик қилиш учун ҳам маъмурий жавобгарлик кучайтирилди. Эндиликда бу қилмиш учун фуқароларга 2,1 млн сўмдан 4,5 млн сўмгача жарима, мансабдор шахсларга эса 3 млн сўмдан 6 млн сўмгача жарима белгиланмоқда.

Эътиборли жиҳати, илгари педагогнинг фаолиятига ноқонуний аралашиш учун фақат жарима жазоси белгиланганди. Эндиликда ушбу қилмишни такроран содир этган мансабдор шахсларга 15 суткагача маъмурий қамоқ белгиланиши мумкин.

Ушбу қонун жамиятда педагогларнинг нуфузи ва обрўсини ошириш йўлидаги навбатдаги мантиқий қадам бўлди.

P.S. фақат илм, таълимни ривожлантириш орқали биз буюк давлат қура оламиз. Фақат илмлиларгина буюк ишларга қодир. Барча устозларимизга ушбу янгилик муборак бўлсин. Энди сиз қонун ҳимоясидасиз.

@Talabalar_Talim
106 views14:29
Ochish/sharhlash
2023-03-25 12:57:25 Расман: 25 йиллик иш стажига эга педагог ходимлар мажбурий аттестацияга жалб этилмайди

"Таълим ташкилотлари педагог кадрларини аттестациядан ўтказиш тартибини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида"ги Ҳукумат қарори (120-сон, 23.03.2023 й.) қабул қилинди

Қарорга кўра, 2023 йил 1 апрелдан қуйидагилар мажбурий аттестацияга жалб этилмайди:

педагогик фаолият бўйича 25 йил ва ундан кўп иш стажига эга педагог ходимлар;

ёшга доир пенсияга чиқиши учун 5 йилдан кўп бўлмаган муддат қолган педагог ходимлар.

@Talabalar_Talim
123 viewsedited  09:57
Ochish/sharhlash