Get Mystery Box with random crypto!

Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida 5 mingdan ortiq oʻqituvchi | Ta'lim tizimi

Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida 5 mingdan ortiq oʻqituvchi faoliyat yuritmoqda
 
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/23-oʻquv yili boshiga faoliyat yuritayotgan 194 ta nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida jami 5 014 nafar oʻqituvchi faoliyat yuritmoqda.
 
Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarning umumiy soni 2018/2019 oʻquv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 3 381 nafarga yoki 3,1 barobarga koʻpaygan
  
Yillar kesimida nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarning umumiy soni:   
    
2018/2019-oʻquv yili boshiga – 1 633 kishi
2019/2020-oʻquv yili boshiga – 2 353 kishi   
2020/2021-oʻquv yili boshiga – 2 859 kishi   
2021/2022-oʻquv yili boshiga – 3 578 kishi  
2022/2023-oʻquv yili boshiga – 5 014 kishi

@Talabalar_Talim