Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar Kanali Live | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi talabalar_kanali_live — Talabalar Kanali Live | Rasmiy T
Telegram kanalining logotibi talabalar_kanali_live — Talabalar Kanali Live | Rasmiy
Kanal manzili: @talabalar_kanali_live
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 60.65K
Kanalning ta’rifi

🎓 Siz Talaba va Abituriyentlarni o'zida jamlagan rasmiy kanaldasiz.
Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!
Reklama uchun: @Advertisingmarket
Savol, Murojaatlar:👉 @Talabalarmurojat_bot

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-12-21 16:08:45 Rasman: qishki "perevod" uchun arizalar qayerda olinishi ma'lum qilindi

Davlat oliy taʼlim muassasalariaro o‘qishni koʻchirish haqidagi arizalarni qabul qilish uchun 13 ta OTMda hududiy Ishchi guruhlar tashkil etildi.

Ishchi guruhlar 2024-yilning 20-yanvar kuniga qadar har kuni soat 9:00dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat koʻrsatadi.

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar arizachi ishtirokida (oflayn) taqdim etiladi:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
pasport nusxasi;
PQ-279-son qaror 7(v)-bandida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
15.7K views13:08
Ochish/sharhlash
2023-12-20 16:19:31
Бу 2 та Саволга 98% Инсон Жавоб Топа Олмаган.

1-Савол:
Л.Н. Толстой, Маиший турмуштга бағишланган барча асарлар, роман, филм,қисса ва афсона бўладими воқиялар ривожланиб бориб у билан тугайди. Реал хаётда эса аксинча хамма воқиялар ундан кегин бошланади деган.
Мантиқий ўйлаб айтингчи?
Л.Н. Толстой нимани назарда тутган

2-Савол:
Қадимги римликларнинг фикрича, энг шавқатсиз хўжайинлар - улар.
Савол Улар кимлар
16.0K views13:19
Ochish/sharhlash
2023-12-20 14:17:13 2024/2025-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

2024/2025-o‘quv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
14.1K views11:17
Ochish/sharhlash
2023-12-20 10:52:49 Bugundan qishki perevod uchun arizlar qabul qilish boshlandi

Qishda ham o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi?
Ha, davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan bo‘ladi.

Ruxsat kimlarga beriladi?

talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;

davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Qachon hujjat topshirsa bo’ladi?
20-dekabrdan 20-yanvargacha.

Qanday hujjatlar talab etiladi?
Hududiy ishchi guruhlarga 20-dekabrdan boshlab quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
pasport nusxasi;
yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
13.1K viewsedited  07:52
Ochish/sharhlash
2023-12-19 15:05:19 4800 AQSH dollari pora olgan OTM mansabdori 4 yilga qamaldi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘quv-uslubiy bo‘lim mudiri Abdurasul O‘rozov fuqaroni o‘zi ishlayotgan OTMga to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 800 AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Sud hukmi bilan unga 2 yil muddatga ta’lim sohasida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
14.2K viewsedited  12:05
Ochish/sharhlash
2023-12-19 15:02:58 Hurmatli talabalar yuqoridagi so'rovnomada birinchidagi Abdurasulov Avazbek talabamizga ovoz berib yuboringlar.

Sizning ovozingiz biz uchun muhim.
14.0K views12:02
Ochish/sharhlash
2023-12-18 08:59:17 Qishki ta'tilga oid nimalar ma'lum?

Barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanib, 2024-yilning 7-yanvarigacha davom etadi.

Darslar 8-yanvar, dushanbadan boshlanadi.

Aviabiletlarga talabalar uchun 50 foizlik chegirma berildi. Chegirma 25-dekabrdan 7-yanvargacha amal qiladi.

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
17.2K viewsedited  05:59
Ochish/sharhlash
2023-12-17 19:33:01
#qiziqarli_yangilik

Endi Google shifokorlarning tushunarsiz husnixatini tarjima qilib beradi

Google',ning yangi tizimi tovarlarni belgilaydi, matnlarni tarjima qiladi va kerakli ma’lumotni izlashga yordam beradi. Shuningdek, doktorlarniki kabi tushunarsiz yozuvlarni ham tarjima qilib bera oladi.

Sun’iy intellekt tizimi shifokor retseptini rasmga tushirish va kamera orqali yozilgan dorini topish bilan vazifasini bajaradi. Bunga erishish uchun jahon farmatsevtlari bilan hamkorlik oʻrnatilgan.
Hozirda funksiya hind tilida ishlamoqda. Kelasi yildan rus, ingliz va Yevropa tillarida paydo boʻla boshlashi aytib oʻtilgan.


Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
13.4K views16:33
Ochish/sharhlash
2023-12-17 12:00:23 Qishki "perevod"ga oz qoldi! Kimlarga ruxsat beriladi?

Xuddi yoz oyidagi kabi qishda ham o‘qishni ko‘chirish mumkin. Faqat bir davlat OTMidan boshqasiga.

Kimlarga ruxsat bor

talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun;
davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga 20-dekabrdan boshlab quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

• o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
• talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
• pasport nusxasi;
• yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Qishki "perevod" uchun arizalar dekabr-yanvar oylarida olinadi.

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/addlist/oYNzvoI5Xxo2MjUy
14.5K viewsedited  09:00
Ochish/sharhlash
2023-12-16 11:55:06 Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

a)
o‘z xohishiga binoan;
b) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
g) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
e) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
z) vafot etganligi sababli.

Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.

Belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo‘lgan) talaba oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.

Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini quyi kursdagi o‘quv semestri boshidan boshlashi mumkin.

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/addlist/oYNzvoI5Xxo2MjUy
17.1K viewsedited  08:55
Ochish/sharhlash