Bugundan qishki perevod uchun arizlar qabul qilish boshlandi | Talabalar Kanali Live | Rasmiy
Bugundan qishki perevod uchun arizlar qabul qilish boshlandi
Qishda ham o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi? Ha, davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan bo‘ladi.
Ruxsat kimlarga beriladi?
talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
Qachon hujjat topshirsa bo’ladi? 20-dekabrdan 20-yanvargacha.
Qanday hujjatlar talab etiladi? Hududiy ishchi guruhlarga 20-dekabrdan boshlab quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi); talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli); pasport nusxasi; yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.
Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot
Bizni kuzatib boring @Talabalar_kanali_live
Qo'shimcha ma'lumotlar https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
🎓 Siz Talaba va Abituriyentlarni o'zida jamlagan rasmiy kanaldasiz. Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!. Reklama uchun: @Advertisingmarket. Savol, Murojaatlar:👉 @Talabalarmuroja...