Get Mystery Box with random crypto!

Rasman: huquqshunoslik fanidan ham milliy sertifikat olish mum | Talabalar Kanali Live | Rasmiy

Rasman: huquqshunoslik fanidan ham milliy sertifikat olish mumkin bo'ladi

Bu haqida Bilimlarni baholash agentligi ma'lum qildi.

Agentlik tomonidan huquqshunoslik fanlaridan ham milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etish ustida ish olib borilayotgan bo‘lib, joriy yilning 3-may kuni aprobatsiya test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bunda huquqshunoslik fanlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan va huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali aprobatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari Toshkent (200 nafar), Buxoro (600 nafar), Namangan (600 nafar) va Urganch (600 nafar) shaharlarida tashkil etiladi.

Aprobatsiya sinovlarida ishtirok etish bepul bo‘lib, talabgorlarni ro‘yxatga olish 28-aprelgacha davom etadi.

Aprobatsiyada ishtirok etuvchilar soni cheklangan bo‘lib, ma’lum bir hududda o‘rinlar soni to‘lganda, ro‘yxatga olish muddatidan oldin yakunlanishi mumkin.

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy