Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar Kanali Live | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi talabalar_kanali_live — Talabalar Kanali Live | Rasmiy T
Telegram kanalining logotibi talabalar_kanali_live — Talabalar Kanali Live | Rasmiy
Kanal manzili: @talabalar_kanali_live
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 60.65K
Kanalning ta’rifi

🎓 Siz Talaba va Abituriyentlarni o'zida jamlagan rasmiy kanaldasiz.
Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!
Reklama uchun: @Advertisingmarket
Savol, Murojaatlar:👉 @Talabalarmurojat_bot

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 312

2021-05-02 17:42:01
#UZUK

Er xotiniga uzuk berib:
– Men o'lsam, unda nima yozilganini o'qigin debdi.
U vafot etdi va xotini uzukdagi yozuvni o'qidi.
– Keyinchalik, u uzukdagi yozuvni o'qib, xursand bo‘lib yurganida g'amgin bo'lib qoladi, yana qayta yozuvni o'qiganida esa quvnoq bo'lib qoladi.

Savol: Uzukda nima yozilgan edi?
22.6K views14:42
Ochish/sharhlash
2021-05-02 17:30:19
Toshkenda ilk raqamli universitet "Japan digital university"ga qabul boshlandi.

Toshkent shahrida Yaponiya raqamli universiteti (Japan digital university JDU) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2020-yilda tashkil etilgan.

Ushbu universitetga 2021/2022 o'quv yili uchun abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi.

JDU yapon tili hamda IT muhandislik fanini oʻrganib, Yaponiya universiteti va Oʻzbekistonning davlat oliygohini bitirganlik haqida diplom olish imkoniyatini beradi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/2527

JDUda oʻqish yapon tilida boʻlganligi sababli, dastlabki 6 oyda yapon tilini oʻrganishga eʼtibor qaratiladi.


@Talabalar_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/lUj_w7YQDuozODgy
21.6K views14:30
Ochish/sharhlash
2021-05-02 16:13:48
#Yumor_Time

Talabalar tunda

@Talabalar_kanali_live
Barchaga tarqating
 
https://t.me/joinchat/lUj_w7YQDuozODgy
17.2K views13:13
Ochish/sharhlash
2021-05-01 18:12:47 #Rasman

Termiz davlat universitetining Tabiiy fanlar fakulteti bugundan masofaviy (onlayn) ta'limga o'tdi.

@Talabalar_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/lUj_w7YQDuozODgy
20.8K views15:12
Ochish/sharhlash
2021-05-01 17:32:01
Rasmdagi bu yigit bundan 28 yil oldin AQSHning Stenford universitetida o‘qish uchun grant yutadi. Biroq Hindistondan u yerga uchib borishga mablag‘i bo‘lmaydi. Shunda otasi o‘zining qariyb bir yillik maoshiga teng pulga unga chipta olib beradi. Yigit umrida birinchi marta samolyotga chiqib, AQSHga uchib ketadi.

O‘sha yigit - Sundar Pichay - 2015 yilda jahonning eng boy kompaniyalaridan biri hisoblangan Google shirkatining bosh direktori etib tayinlanadi. 2019-yilda uning yillik maoshi 281 mln dollarga teng bo‘lgan
.

Otaning bir paytlar qilgan katta jasorati kun kelib o‘z mevasini berdi!

Eng maqbul sarmoya - bu farzand kelajagiga sarflangan sarmoyadir!

@Talabalar_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/lUj_w7YQDuozODgy
16.1K views14:32
Ochish/sharhlash
2021-05-01 17:30:20 Oʻzbekistonda Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi ochiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-5100, 30.04.2021 y.)ga asosan Fransiya Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi (ENAC) bilan birgalikda Toshkent davlat transport universiteti tarkibida Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi tashkil etiladi.

Qarorga koʻra, maktabda taʼlim faoliyati 2021/2022-oʻquv yilidan boshlanadi hamda dastlab, qoʻshma taʼlim dasturlari (double degree) asosida “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” bakalavr taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.

Maktabda talabalar oʻqishi uchun toʻlov-kontrakt miqdori Fransiyaning Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi bilan kelishilgan holda Toshkent davlat transport universiteti tomonidan belgilanadi.

Maktab bitiruvchilariga Fransiyaning Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabining belgilangan namunadagi diplomi beriladi va u Oʻzbekistonda oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladi.

@Talabalar_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/lUj_w7YQDuozODgy
14.6K views14:30
Ochish/sharhlash