Get Mystery Box with random crypto!

Rasman: qishki 'perevod' uchun arizalar qayerda olinishi ma'lu | Talabalar Kanali Live | Rasmiy

Rasman: qishki "perevod" uchun arizalar qayerda olinishi ma'lum qilindi

Davlat oliy taʼlim muassasalariaro o‘qishni koʻchirish haqidagi arizalarni qabul qilish uchun 13 ta OTMda hududiy Ishchi guruhlar tashkil etildi.

Ishchi guruhlar 2024-yilning 20-yanvar kuniga qadar har kuni soat 9:00dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat koʻrsatadi.

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar arizachi ishtirokida (oflayn) taqdim etiladi:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
pasport nusxasi;
PQ-279-son qaror 7(v)-bandida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy