Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar Kanali Live | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi talabalar_kanali_live — Talabalar Kanali Live | Rasmiy T
Telegram kanalining logotibi talabalar_kanali_live — Talabalar Kanali Live | Rasmiy
Kanal manzili: @talabalar_kanali_live
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 60.65K
Kanalning ta’rifi

🎓 Siz Talaba va Abituriyentlarni o'zida jamlagan rasmiy kanaldasiz.
Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!
Reklama uchun: @Advertisingmarket
Savol, Murojaatlar:👉 @Talabalarmurojat_bot

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 311

2021-05-05 17:00:46
Men qushman
Men mevaman
Shu o'rinda inson ham

SAVOL : Men nimaman ?
7.6K views14:00
Ochish/sharhlash
2021-05-05 07:15:43 #Rasman
Andijon davlat universitetining asosiy binosidagi fakultet talabalari 6-maydan an'anaviy (offline) ta'limga o'tadi.

Ular 22-apreldan buyon o'quv jarayonlarini masofaviy tarzda davom ettirayotgan edi.

@Talabalar_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/lUj_w7YQDuozODgy
13.7K views04:15
Ochish/sharhlash
2021-05-04 18:01:01 #Rasman

Toshkent moliya institutining "Davlat byudjeti hisobi" fakulteti bugundan masofaviy (online) ta'lim shakliga o'tkazildi.

@Talabalar_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/lUj_w7YQDuozODgy
15.3K views15:01
Ochish/sharhlash
2021-05-04 18:00:30 Ta’lim tizimidagi korrupsiya holatlari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilmoqda

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan ta’lim tizimida korrupsiya holatlarini aniqlash va ushbu holatga fuqarolarning munosabatini aniqlash bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Ushbu so‘rovnomada qatnashib, savollarga ob’yektiv javob berishingiz tizimdagi muammolarni aniqlashga va o‘quv jarayonlarining shaffof tashkil etilishiga yordam beradi.

So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkaziladi, unda respondentning ism-sharifi ko‘rsatilmaydi.

So‘rovnomada faol ishtirok eting. Bu bilan ta’lim tizimi rivojiga o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz!

So‘rovnomaga o‘tish uchun havola: https://forms.gle/HW5z9ygRvZ7qbzxVA

@Talabalar_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/lUj_w7YQDuozODgy
13.2K views15:00
Ochish/sharhlash
2021-05-04 08:15:19
Abituriyent chetga o'qishga hujjat topshirayotganda aldanib qolmaslik uchun nimalarni tekshirishi kerak?

"Tanlangan OTM davlat ro‘yxatidan o‘tgani, litsenziyasi va akkreditatsiya guvohnomasi borligini tekshirish lozim. Bu hujjatlarga ega OTM bitiruvchisining diplomi O‘zbekistonda tan olinishi muammo bo‘lmaydi", – deydi Ta’lim inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Nizomjon Ishanqulov.

Konsatling firmasi orqali hujjat topshirganda bu firmaning ham hujjatlarini tekshirish kerak.

#Qabul_2021
Manba:
Xpress.uz

@Talabalar_kanali_live
Barchaga tarqating
 
https://t.me/joinchat/lUj_w7YQDuozODgy
14.2K views05:15
Ochish/sharhlash
2021-05-04 02:00:24 ​ Talaba lug’ati

Abituriyentlik davri – “Yolg’izlikning yuz yili”
1-avgust – “Asrga tatigulik kun”
Imtihon – “Dahshat”
Imtihonga kirish oldidan tekshiruv – “Alvido, qurol”
Talabalikka tavsiya etilmagan abituriyent – “Bemor”
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyent – “Alvido, bolalik” yohud “Qushdek yengil bo’ling”
Universitet – “Javohirlar sandig’i”
Talaba – “Odam bo’lish(i) qiyin”
Dars – “Suv ostida sakson ming kilometr”
Ma’ruza – “Tushda kechgan umrlar”
Konspekt – “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”
Amaliy mashg’ulot – “Jimjitlik”
Talabalar darsga tayyor emas – “Abadiyat qonuni”
Stipendiya – “Ulug’bek xazinasi”
Sessiya – “Bozor dunyo” yohud “Dunyoning ishlari”
Qayta topshirishga qolgan talaba – “Urushning so’nggi qurboni”
Amaliyot – “Gulliverning sayohatlari”
Talabalik yillari – “Bahor qaytmaydi”…

@Talabalar_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/lUj_w7YQDuozODgy
18.5K views23:00
Ochish/sharhlash
2021-05-03 19:03:43
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent shahar boshqarmasi ma’lum qilishicha, poytaxtda 132 ta maktab, 22 ta bog‘cha, 15 ta o‘rta maxsus ta’lim muassasasi, 35 ta oliy o‘quv yurti, uchta davolash-profilaktika muassasasi, ikkita xizmat ko‘rsatish ob’yekti 14 kunlik karantinga olingan..

@Talabalar_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/lUj_w7YQDuozODgy
14.3K viewsedited  16:03
Ochish/sharhlash
2021-05-03 18:01:19 Qoraqalpoq davlat universitetining asosiy binosi karantinga yopildi, talabalari esa masofaviy (online) ta'limga o'tkazildi.

@Talabalar_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/lUj_w7YQDuozODgy
13.3K views15:01
Ochish/sharhlash
2021-05-03 18:01:19 Oʻzbekistonda Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi ochiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-5100, 30.04.2021 y.)ga asosan Fransiya Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi (ENAC) bilan birgalikda Toshkent davlat transport universiteti tarkibida Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi tashkil etiladi.

Qarorga koʻra, maktabda taʼlim faoliyati 2021/2022-oʻquv yilidan boshlanadi hamda dastlab, qoʻshma taʼlim dasturlari (double degree) asosida “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” bakalavr taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.

Maktabda talabalar oʻqishi uchun toʻlov-kontrakt miqdori Fransiyaning Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi bilan kelishilgan holda Toshkent davlat transport universiteti tomonidan belgilanadi.

Maktab bitiruvchilariga Fransiyaning Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabining belgilangan namunadagi diplomi beriladi va u Oʻzbekistonda oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladi.

@Talabalar_kanali_live
Barchaga tarqating
 
https://t.me/joinchat/lUj_w7YQDuozODgy
13.4K views15:01
Ochish/sharhlash
2021-05-02 17:44:33
#Karantin_Time

Talabalar karantin qoidalariga rioya qiling!

@Talabalar_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/lUj_w7YQDuozODgy
28.7K views14:44
Ochish/sharhlash