Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar Kanali Live | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi talabalar_kanali_live — Talabalar Kanali Live | Rasmiy T
Telegram kanalining logotibi talabalar_kanali_live — Talabalar Kanali Live | Rasmiy
Kanal manzili: @talabalar_kanali_live
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 59.73K
Kanalning ta’rifi

🎓 Siz Talaba va Abituriyentlarni o'zida jamlagan rasmiy kanaldasiz.
Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!
Reklama uchun: @Advertisingmarket
Savol, Murojaatlar:👉 @Talabalarmurojat_bot

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2023-12-09 10:00:26 Promoterlar kerak!
Yotoqxonada yashaydigan yoki gapga usta talabalar kerak! Promouterlik ishi, soatiga 200k so‘mdan topsa bo‘ladi!

Vazifalar;

Loyihamiz haqida aytib, targ‘ibot qilish, flayer va nakleykalar tarqatish kiradi. Bu ish masofaviy! Turgan joyingizda, oliygohda yoki yotoqxonada amalga oshirsa bo‘ladi! Muhimi ko‘proq odamlar loyihamiz haqida bilsa bo‘ldi!

Batafsil: @anvarnabi
14.0K views07:00
Ochish/sharhlash
2023-12-06 17:33:37
2024-2025-o‘quv yilida yangilik bo‘ladi!

Endi Oily ta’limda o‘qish uchun ikki bosqichli imtixondan o‘tish kerak bo‘ladi (test va mahsus tanlov asosida)

Xalqaro va Respublika Olimpiadalarida o‘rin olgan o‘quvchilarga qo‘shimcha imtiyoz beriladi

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
20.1K views14:33
Ochish/sharhlash
2023-12-06 17:01:09
Siz ingliz tili yoki nemis tilini o‘rganmoqchisiz lekin o‘quv markazlariga borib kelishga vaqtingiz yo‘qmi? Imtihon topshirib xalqaro yoki milliy sertifikat egasi bo‘lishni istaysizmi?

Vector_LC da siz uchun ajoyib yechim bor!

Online nemis tili va ingliz tili darslari siz uchun.
Darsga yozilish: @EngVector

Darslarimizda siz uydan chiqmagan holatda, professional tarzda tillarni 0 dan boshlab o‘rganishingiz mumkin!

Professional Teacherlar bilan haftada 3 kun darslar. O‘qituvchilar guruhlarda har bir o‘quvchiga individual yondashadi.

Siz darslarni darajalar bo‘yicha o‘rganasiz. Har daraja oxirida imtihon bo‘lib o‘tadi!

Darslarimiz sifatli va vaqti ham qulay bo‘lganligi uchun ko‘pchilikka ma‘qul kelmoqda!


"Probniy" darsga yozilish uchun ism-familiyangiz va telefon raqamingizni @EngVector ga yozib qoldiring. (To‘lov oldindan emas!)


Yaqinda bepul darslar tashkil etilishi kutilayotgan kanalimizga qo‘shilib oling. Bu yerda siz kerakli materiallar bepul taqdim etilyapti.
17.7K views14:01
Ochish/sharhlash
2023-12-06 14:42:15 Qishki ta'tilga oid nimalar ma'lum?

Barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanib, 2024-yilning 7-yanvarigacha davom etadi.

Darslar 8-yanvar, dushanbadan boshlanadi.

Aviabiletlarga talabalar uchun 50 foizlik chegirma berildi. Chegirma 25-dekabrdan 7-yanvargacha amal qiladi.

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
15.0K views11:42
Ochish/sharhlash
2023-12-06 08:10:20 Uzbekistan Airways talabalar uchun chegirma eʼlon qildi

Qishki taʼtil arafasida o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun mahaliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma eʼlon qilindi. 

Chegirma 2023-yil 23-dekabrdan boshlab 2024-yil 7-yanvarga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

Temir yo’l uchun hozircha biletlarga chegirma e’lon qilingani yo’q.

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
14.1K views05:10
Ochish/sharhlash
2023-12-04 19:36:22
#talabaga_yengillik #kontrakt

1-kurs va o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilganlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 25-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 25-dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi.

Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
16.7K views16:36
Ochish/sharhlash
2023-12-04 17:12:14 Mavsumiy kasalliklar sabab o‘quv muassasalarida taʼlim jarayonini to‘xtatishga asos yo‘q — Nurmat Atabekov

Hozirda aksariyat mamlakatlar qatori yurtimizda ham mavsumiy kasalliklar tarqalishi ko‘paygan. Ayniqsa, bolalarda bu jarayon biroz og‘ir kechmoqda.

Nurmat Atabekovning aytishicha, aholi orasida gripp mavsumi haqida “bu — yangi pandemiya” degan mish-mishlar mutlaqo asossiz. Aytish kerakki, bu hatto epidemiya ham emas

Shu sababdan ham o‘quv muassasalarida taʼlim jarayonini to‘xtatishga yetarli asos ko‘rmayapmiz, — degan mutaxassis.

Hozir eng to’g’ri yo’l bemorlarni alohidalash, ularni jamoat joylaridan uzoqda tutish.

Shuning uchun ham ota-onalarga kasallik belgilari bo‘lgan farzandlarini bog‘cha va maktablarga, oliy taʼlim muassasalariga yubormaslik maslahat berildi. Bunday paytda shifokor ko‘rsatmasiga asosan, uy sharoitida zarur muolajalarni olib borish 
maqsadga muvofiq.

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
15.4K viewsedited  14:12
Ochish/sharhlash
2023-12-04 09:52:50
#abituriyentlar
Keyingi oʻquv yilidan avval test topshirib, keyin yo'nalish tanlanadi

Yangi qarorga ko'ra, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:

1) OTMlarga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.

2) Umumta’lim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.

Bunda tan olingan xalqaro sertifikatlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi.

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
15.8K viewsedited  06:52
Ochish/sharhlash
2023-12-04 09:50:43 Promoterlar kerak!

Yotoqxonada yashaydigan yoki gapga usta talabalar kerak! Promouterlik ishi, soatiga 200k so‘mdan topsa bo‘ladi!

Vazifalar;

Loyihamiz haqida aytib, targ‘ibot qilish, flayer va nakleykalar tarqatish kiradi. Bu ish masofaviy! Turgan joyingizda, oliygohda yoki yotoqxonada amalga oshirsa bo‘ladi! Muhimi ko‘proq odamlar loyihamiz haqida bilsa bo‘ldi!

Batafsil: @anvarnabi
13.7K views06:50
Ochish/sharhlash
2023-12-04 07:47:04 Endi o‘qituvchilar bir yo‘nalishda o‘qib, ikkita fandan dars berishi mumkin

Prezidentning “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilidan o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan 4 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:

Matematika va informatika (qo‘shimcha informatika fani o‘qituvchisi),
Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi),
Biologiya (qo‘shimcha tabiiy fanlar o‘qituvchisi),
Maxsus pedagogika: surdopedagogika (qo‘shimcha surdotarjimon)
bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tartibi joriy qilingan.

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
15.5K views04:47
Ochish/sharhlash