Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar Kanali Live | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi talabalar_kanali_live — Talabalar Kanali Live | Rasmiy T
Telegram kanalining logotibi talabalar_kanali_live — Talabalar Kanali Live | Rasmiy
Kanal manzili: @talabalar_kanali_live
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 60.65K
Kanalning ta’rifi

🎓 Siz Talaba va Abituriyentlarni o'zida jamlagan rasmiy kanaldasiz.
Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!
Reklama uchun: @Advertisingmarket
Savol, Murojaatlar:👉 @Talabalarmurojat_bot

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2024-01-16 07:43:00
ИККИТАСИ БИРДА ( VITEK VA EMS massajor)

VITEK Энди Ўзбекистонда Жуда Арзон Нархда

Қиш ва Ёз мавсуми учун кондиционер


Деворга ўрнатилади, Хона ҳавосини тозалаб беради

● Тўрт хил режимда ишлайди
● Пулт орқали бошқарилади
● 25-30 квадратни иситади
● 1-2 КВ (Экономний)
● Иситиши +36, Совутиши зор


Хозирда чегирма нарх
217 мннг сум

ЕТКАЗИБ БЕРИШ ХИЗМАТИ БОР!

БУЮРТМА БЕРИНГ
https://100k.uz/oqim/348960
https://100k.uz/oqim/348960

Бошка сифатли ва керакли махсулотлар
https://t.me/+zYkW1ddsI00yNmUy
12.9K views04:43
Ochish/sharhlash
2024-01-15 16:29:10 #yangilik

2024/2025-o‘quv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasining Chirchiq filialida “sport shifokori”, “sport diyetologi”, “sport farmakologi” bilan birga “sport psixologi” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Bu “Futbol-taʼlim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–355-son, 03.11.2023 y.)da belgilandi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-iyungacha futbol uchrashuvlarini namoyish qilish, futbolni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida futbol bo‘yicha maxsus telekanal tashkil qilinadi.

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
13.1K views13:29
Ochish/sharhlash
2024-01-15 10:04:21 ​#qiziq
​​Nima uchun studentlar sessiyadan o’tisha olmaydi?

Keling bunga matematik yondashamiz. Bir yilda 365 kun bor. Ulardan 52 kuni yakshanba. 313 kun ilm olish uchun. Yozgi tatil o'rtacha 85 kun. Bizda 228 kun dars tayyorlashga qoldi. Har kunlik 8 soatlik uyqu 122 kun degani. Bizda 106 kun qoldi. Har bir kishi 1 kunda kamida 1 soat dam olishi kerak va bu 15 kunni anglatadi. 91 kun qoldi. 2 soat ovqatlanish uchun ajratishga majbursiz va bu bir yilning 30 kunini egallaydi. Bizda 61 kun qoldi. Gaplashish insonga xos tushuncha va bu bir kunda bir kishidan kamida 1 soatni talab qilsa, 1 yilda 15 kun demak. Atiga 46 kun ilm uchun. Bayramlar, kutilmagan xursandchiliklar va ko’ngilsizliklar 40 kunni har bir kishidan band qilar ekan. 6 kun qoldi. Issiq jonni istimasi bor deyishganidek, hammamiz bir yilda kamida 3 kun kasal bo'lsak. Nahotki kinoga tushish, instagramda o’tirish, uchrashuvlarga bir yilda 2 kun ajratmasak qanaqa odammiz. Ha atiga 1 kun qoldi. O’sha bir kun meni tug'ilgan kunim-ku.
Tug`ilgan kunimda dars qilishga balo bormi !!!

Grupadoshlar guruhiga tashlab qo'yamiz!

@Talabalar_kanali_live
Barchaga tarqating
 
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
13.9K views07:04
Ochish/sharhlash
2024-01-13 08:27:04 #Bilasizmi

Texnikumlarni aʼlo va yaxshi baholarga tamomlagan bitiruvchilar oliy taʼlimga suhbat asosida 2-bosqichdan qabul qilinadi.

2022-yil 11-yanvar kuni Hukumatning 17-sonli qaroriga ko‘ra.

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OʻZ SOHASIGA MOS bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlarisiz, suhbat orqali OTMlarning 2-bosqichidan oʻqishini davom ettirish uchun qabul qilish tartibi belgilangan.

Bitiruvchi suhbatga tavsiya etilishi uchun texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari “5 (a’lo)” va “4 (yaxshi)”, biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) “5 (a’lo)” bo‘lishi talab etiladi.

Oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Asos: https://lex.uz/docs/-5818575

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
13.4K viewsedited  05:27
Ochish/sharhlash
2024-01-12 19:43:23 #xulosa

“Telegramga juda o'rganib qolgan ekanman, butun vaqtimni do'stlar bilan chat yozishib o'tkazyapman. Dars qilish yo'q. Abituriyentlik davridagi o'qishga harakat qayga ketgan hayronman. Uyga qo'ng'iroq qilish hayolimga ham kelmaydi. Shu payt birdan onamdan xabar keldi: “Abonent sizdan qo'ng'iroq qilishingizni iltimos qilyapti, deb, Onam bilan erinibgina bogʻlandim, salomlashdik. Onam gap boshladilar.
— Bolam, shahar mazza boʻlsa kerak aa?
— Ha oyi nega so'rayapsiz?
— Bizda hozir chiroq o'chgan, gaz ham pastlab ketgan.
— Pechka yoqyapsizlarmi?
— Ha bolam onda-sonda. Kontraktingni toʻlagandan keyin pulga sal zoriqib qoldik. Dadang qo'shninikida ishlayaptilar hozir
— Kechqurunda-ya?
— Ha bolam, o'tin sotib olish kerak axir qishlik uchun. Tezak yoqyapmiz hozir. Shunaqa gaplar bolam ukang maktabga chiqmayapti, etigining tagidan suv o'tyapti, lekin yaqinda chiqadi, Dadang shunga va'da berdilar. Ovqatlandingmi?
— Yo'q, hali (koʻz jiqqa yosh)
— Unda ovqatlanib ol. Keyin gaplashamiz bolam. E ha aytgancha yaqinda yuborgan pulimiz yetyaptimi? Puling bormi, bolaginam?
— Ha bor oyijon.
— Mayli bolam unda.
— Xo'p oyijon
. Xiq-xiq

Shu kunlarda nimalarga vaqt
sarflayapmiz, yaqinlarimiz bizga butun borini berayotgan bir sharoitda?


Facebookdan olindi.

Sessiya uchun bot: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Davomi bu yerda
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
15.3K viewsedited  16:43
Ochish/sharhlash
2024-01-11 16:15:53
Endilikda talabalarga amaliyot o‘tagani uchun haq to‘lanadi!

Avval bunaqasi bo'lmagan.

Haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalar o‘rtasida har yili kamida bir marotaba tanlov o‘tkaziladi.

Bunda amaliyot o‘tash uchun Respublika bo'yicha 500 ta o‘rin ajratiladi. Amaliyot 1 oydan 3 oygacha bo‘lgan davr mobaynida o‘quv rejasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.

Amaliyot uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobari, ya'ni 680 ming so‘m ish haqi to‘lanadi. Bu pul Oliy ta’lim vazirligidan amaliyot tashkil etilgan tashkilotga o‘tkazib beriladi.

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
16.7K views13:15
Ochish/sharhlash
2024-01-09 19:49:01 ​​Sessiya bu - ...

Sessiya bu - internet bilan yuksak hamkorlik va undagi ma'lumotlarga "mening fikrimcha", "xulosam shuki" kabi qolipdagi so'zlarni qo'shib, shu orqali "ijod etgani"ni ko'rsatish...

Sessiya bu - a'lochi talaba bo'lsang, kursdoshlaring tomonidan ismingga "jon" qo'shimchasi qo'shib murojaat qilinishi

Sessiya bu - "baribir domla o'qimaydi-ku" deb daftarni savollarga aloqasi yo'q javoblar bilan to'ldirish...

Sessiya bu - daftar to'lishi qiyin bo'lganida o'rtasidan 2 varoqni yirtvolib, go'yoki daftarning o'rtasiga tezroq kelganini bildirish...

Sessiya bu - ayrim joylarda o'qituvchilar uchun yiliga 2 marta hosil oladigan hosil bayrami...

Sessiya bu - qo'llaringni maqtashing, qo'llaring esa seni qarg'ashi...

Sessiya bu - 12 varoqli daftar sotuvchilarining kuni tug'ishi...

Sessiya bu - domlalar tanimagan talabalarini "tanib olishi" yoki aksi...

Sessiya bu - abituriyentlikdagi bilimlarni yana esga olishing...

Sessiya bu - ayrimlarning "hushidan ketib qolishi-yu", ayrimlarning esa 1-avgustda yordamlashgan tankasini yana ishga solishi...

Sessiya bu - sen boshqacha o'ylagan domla "o'ylamaganing"ni qilishi-yu, aksincha o'ylamaganing "o'ylagani"ni qilishi...


Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
20.7K views16:49
Ochish/sharhlash
2024-01-09 18:49:16
Russtilini organish endi yanada onson
Siz uchun ajoyib taklif russtilini tinglab tez o'rganing audiodaslik maksimal effectiv hisoblanadi undan tashqari siz
15.000$ yutib olish imkoningiz bor!

Shoshiling russtilini organing va 15.000$ g'olibi bo'ling!


Tez va qulay o'rganish

Tez va qulay so'zlashish

Effective audiodarslik

Shoshiling russtilida so'zlashish prestij va ko'plab ishingizni yengillashtiradi!

Darsligimizni dunyoning istalgan joyidan harid qilsangiz bo'ladi!

Shoshiling 15.000$ sohibiga aylaning!

Batafsil malumot telegram orqali:
+998938888633

Telegram Instagram
Youtube
13.7K views15:49
Ochish/sharhlash
2024-01-08 09:50:04 Hurmatli talabalar eshiting: ​​​​​​​Talaba kim?

Talabalar – Asosan bilim yurti hududlarida vaqt o‘tkazadi. Kabinetdan - kabinetga guruh-guruh bo‘lib harakatlanishadi. Vaziyatga tez moslashuvchan, kezi kelganda ayyor va asosan dangasa bo‘lishadi. Tunda uxlashni, tongda uyg‘onishni yomon ko‘radi. Kunning birinchi yarmida asosan uyqusirab, ko‘zlari qizarib yuradi. Kech kirishi bilan yana aktivlashadi.

Tashqi ko‘rinishi – Topganini kiyadi (lekin did bilan). Bizning muhitda asosan oq-qora tusli liboslarda bo‘lishadi. Qo‘lida papka yoki hamma fan uchun tutilgan bir donagina daftari bo‘ladi (ba’zan shuyam bo‘lmaydi).

Yashash tarzi – Deyarli hamma qatori. Stipendiya chiqsa 3 kun mazza qilib yashaydi, so‘ng, yana keyingi stipendiyani kuta boshlaydi. Talabalik davrini surib yuradi. Ba’zida esa talabalik davri o‘zini suriiib-survoradi.

Ijtimoiy tabaqalanishi – Asosan 3 tabaqaga bo‘linadi:
1. Oddiy tabaqa – grantda o‘qiydi.
2. Sal mindeyeyeroq tabaqa – kontraktda o‘qiydi.
3. Krutoy tabaqa – “super-muper” kontraktda o‘qiydi (bu tabaqadagilarni ko‘rganda hamma O‘-o‘-o‘ deydi).

Uxlash tarzi – Shaxsiy yoki ijara uyi. Yotoqxona. Leksiyalar zali...

Oziqlanish tarzi – Oy boshida kafema-kafe yurib, keyin gumma, rollton va topgan-tutgani bilan oziqlanadi

Shiori – Talabalik oltin davrim! (ayrim manbalarda keltirilishicha, ushbu davr otning kallasidek kontrakti sababli oltinga tenglashtiriladi).

Yomon ko‘radi – Hech “kelishib bo‘lmaydigan” domlalarni.

Yoqtiradi – Darsda uxlashni.

Qo‘rqadi – Sessiyadan.

Ustunlik tomoni – 3 oy yallo qilib yurib, imtihonga uch kun qolganda o‘sha fanni “qalpoq” qilib tashlaydi.

Zaif tomoni – Dars tugashi bilan mavzuni esdan chiqarvoradi.

Orzusi – O‘qishni bitirgach o‘z mutaxassisligi bo‘yicha katta oylikli ishga joylashish. (tuya hommomni... e nimalar deyapman o‘zimdan-o‘zim?!). Orzuga ayb yo‘q.

Kelajagi – Agar yaxshi o‘qisa, qobiliyatli bo‘lsa, fanlarni yaxshi o‘zlashtirsa, bilimi kuchli bo‘lsa - kelajakda yo taksist yoki sotuvchi bo‘ladi. Mabodo mindeyeyeroq joyda ishlaydigan tanishi bo‘lsa – unda boshqa gap. Masalan-da...

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
15.5K views06:50
Ochish/sharhlash
2024-01-07 11:30:52
#Diqqat #talabalar

Ertadan talabalar uchun dars jarayonlari boshlanadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga ko‘ra, barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida dars jarayonlari 2024-yil 8-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy
14.8K views08:30
Ochish/sharhlash