Get Mystery Box with random crypto!

Talaba | official 🎓

Telegram kanalining logotibi talaba_talabalar_grantlar — Talaba | official 🎓 T
Telegram kanalining logotibi talaba_talabalar_grantlar — Talaba | official 🎓
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 29.04K
Kanalning ta’rifi

Ⓜ️Самый большой канал для студентов и абитуриентов.
▪️ Новости образования | Гранты | Актуальная информация
Если цель точна, то победа за нами!
Саволлар учун➡️ @abituriyent_aloqabot
Реклама жойлаш учун ➡️ @jahonuz

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 9

2022-08-28 13:52:36 #Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Xotin-qizlar uchun ajratilgan qabul ko‘rsatkichlarining hududlar va sohalar kesimidagi taqsimoti

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, xotin-qizlar uchun davlat granti asosida respublika bo‘yicha jami 2 000 ta qabul ko‘rsatkichlari ajratilgan.

Mazkur qabul ko‘rsatkichlari hududlar va sohalar kesimida taqsimlangan bo‘lib, turli hududlarda yashovchi yoki bir hududda yashasada turli sohalarga topshirgan xotin-qizlar uchun mazkur imtiyoz doirasidagi o‘tish ballari farq qiladi.

Xotin qizlar uchun ajratilgan 2 000 ta qabul ko‘rsatkichlarining hududlar va sohalar kesimidagi taqsimoti hamda sohalar bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
15.6K views10:52
Ochish/sharhlash
2022-08-28 11:03:02 #Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
5 yil pedagoglik stajiga ega o‘qituvchilar diqqatiga!

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida alohida maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan.

Unga ko‘ra kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun 14 ta pedagogika oliy ta’lim muassasasida jami 1000 ta maqsadli qabul parametrlari ajratilgan.

Mazkur qabul parametrlari test sinovi natijalariga ko‘ra 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun qo‘llanadi.

Bunda tanlov Xalq ta’limi vazirligi tomonidan kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar ro‘yxati Davlat test markaziga taqdim etilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
15.7K views08:03
Ochish/sharhlash
2022-08-27 13:12:58
Barcha abituriyentlarga "MEN TALABA BOʻLDIM" deb bor ovozida baqirish nasib qilsin

Videoni boʻlajak talabalarga yuboring


P.S) MANDAT BUGUN HAM CHIQMASA ВООБЩЕ YO‘QOTMA O‘ZINGNI!!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
16.6K views10:12
Ochish/sharhlash
2022-08-27 09:00:53
Oʻqishni koʻchirish boʻyicha oʻtish ballari - 2022-yil
70 balldan 140 ballgacha


Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining tegishli buyrugʻi bilan 2022-2023-oʻquv yilida xorijiy davlatlardagi oliy taʼlim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy taʼlim muassasalaridan davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishni koʻchirish uchun oʻtish ballari.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
16.5K views06:00
Ochish/sharhlash
2022-08-24 13:40:30 #Qabul2022
Barcha talabgorlar diqqatiga!

Hozirda Davlat test markazi tomonidan barcha hududlarda o‘qishni ko‘chirish va boshqa turdagi ko‘plab test sinovlari o‘tkazilmoqda.

Test sinovlari har kuni 2 smenada tashkil etilayotgan bo‘lib, test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomada talabgor qaysi kuni, qayerda test sinovida ishtirok etishi va test sinoviga kelish vaqti ko‘rsatilgan.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmagan holda pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan talabgorlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Test sinovlariga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilmaydi.

Shu sababli barcha talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda pasport va ruxsatnoma bilan kelishlarini so‘raymiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
16.2K views10:40
Ochish/sharhlash
2022-08-23 15:10:38 #Qabul2022
Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari

2022-2023-o‘quv yili uchun Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari 2022-yil 25-avgust kuni bo‘lib o‘tadi va 2 smenada o‘tkaziladi.

Bunda test sinovlari:

-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
-smenada 17:00 dan 20:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani (tarix, chet tili) va 3 ta majburiy fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, tarix fanida har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 93 ball), chet tili fanida 2,1 balldan (jami 63 ball), majburiy fanlarda 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
16.1K views12:10
Ochish/sharhlash
2022-08-23 09:31:00 23-avgust kuni magistratura mandati e’lon qilinishi kutilmoqda

2022/2023-o‘quv yili davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha hujjat topshirgan talabgorlarning qabul natijalari magistr.edu.uz platformasi orqali e’lon qilinadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
15.7K views06:31
Ochish/sharhlash
2022-08-23 04:07:18 #Qabul2022 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini tanlov natijalari e’lon qilingandan so‘ng qabul qilinadi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar yakuniy tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida apellatsiya shikoyati berishlari mumkin bo‘ladi.

Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali abituriyentning shaxsiy kabinetida onlayn tarzda qabul qilinadi.

Bunda abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentlarga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
15.7K views01:07
Ochish/sharhlash
2022-08-22 11:38:48 mandat.dtm.uz saytida o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan va test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar 80 182 nafarni tashkil etdi.

Mazkur 80 182 nafar talabgorning ma’lumotlari Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga joylashtirildi.

Endilikda mandat.dtm.uz sayti orqali qaysi yo‘nalishga qancha talabgor o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza bilan murojaat etganligini va har bir ta’lim yo‘nalishi uchun o‘tish bali qanchani tashkil etishini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, talabgorlar test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng mazkur sayt orqali o‘z natijalarini ham bilishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
16.1K views08:38
Ochish/sharhlash
2022-08-21 11:19:19 #Qabul2022
Barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi

Ma’lumki, 2022-yil 8-avgust kuni 2022-2023-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlangan edi.

Bugun barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi. Bunda jarayonlar:

12-avgust kuni — Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida;
17-avgust kuni — Samarqand viloyatida;
19-avgust kuni — Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida;
20-avgust kuni — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida o‘z yakuniga yetdi.

Davlat test markazi test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etgan barcha tashkilotlarga va xodimlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
16.3K views08:19
Ochish/sharhlash