Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2022 Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish | Talaba | official 🎓

#Qabul2022
Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari

2022-2023-o‘quv yili uchun Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari 2022-yil 25-avgust kuni bo‘lib o‘tadi va 2 smenada o‘tkaziladi.

Bunda test sinovlari:

-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
-smenada 17:00 dan 20:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani (tarix, chet tili) va 3 ta majburiy fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, tarix fanida har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 93 ball), chet tili fanida 2,1 balldan (jami 63 ball), majburiy fanlarda 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H