Get Mystery Box with random crypto!

Talaba | official 🎓

Telegram kanalining logotibi talaba_talabalar_grantlar — Talaba | official 🎓 T
Telegram kanalining logotibi talaba_talabalar_grantlar — Talaba | official 🎓
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 30.44K
Kanalning ta’rifi

Ⓜ️Самый большой канал для студентов и абитуриентов.
▪️ Новости образования | Гранты | Актуальная информация
Если цель точна, то победа за нами!
Саволлар учун➡️ @abituriyent_aloqabot
Реклама жойлаш учун ➡️ @jahonuz

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar

2023-08-25 10:49:48
2023-yilgi o’tish ballarini qayerdan ko’rsa bo’ladi?
#abituriyent

JAVOB: agar siz OTMlar kesimida yoki imtiyozlilar kesimida joriy yilgi o’tish ballari kerak bo’lsa, unda https://mandat.uzbmb.uz saytining “Qo’shimcha” bo’limidagi “OTMlar bo’yicha o’tish ballari” hamda “Imtiyozga ega bo’lganlar uchun o’tish ballari” sahifasidan ko’rib olishingiz mumkin.

To’g’ridan-to’g’ri kirish uchun:

OTMlar bo’yicha o’tish ballari
https://mandat.uzbmb.uz/BallVuz23/Index

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
25.4K views07:49
Ochish/sharhlash
2023-08-24 07:43:12 13,5 ming nafarga yaqin abituriyent qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etildi

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning:

180 ming nafarga yaqini — umumiy qabul parametrlari doirasida;
13,5 ming nafarga yaqini — imtiyozga ega abituriyentlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida tavsiya etilgan.

Jumladan:

nogironligi bo‘lgan shaxslar3,5 ming nafar;
“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar — 261 nafar;
muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar — 4,2 ming nafar;
harbiy xizmatchilarning farzandlari2,1 ming nafar;
Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari — 720 nafar;
ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar1,9 ming nafar;
kamida 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar351 nafar.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
24.3K views04:43
Ochish/sharhlash
2023-08-22 15:37:33 Akademik litsey pedagoglari oʻquv yuklamasi, oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-pedagogik ishlarini belgilash qoidalari yangilanadi

Muhokamalar portaliga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining “Akademik litsey pedagog xodimlari ish faoliyatining vaqt meʼyorlari: oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-pedagogik ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash tоʼgʻrisida”gi buyrugʻi loyihasi joylashtirildi.

Unga koʻra pedagog xodimlarning oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-pedagogik ishlariga oid yillik ish rejada belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan pedagog xodimlardan hisobot talab qilinmaydi hamda tadbirlarni amalga oshirishning vaqt bоʼyicha hisobi yuritilmaydi.

Mazkur Qoidalardan “Temurbeklar maktabi”, “Yosh chegarachilar” va Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litseylar hamda Ichki ishlar vazirligi tizimidagi akademik litseylar ham foydalanishlari mumkin.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
23.7K views12:37
Ochish/sharhlash
2023-08-21 06:29:31
Maktab bitiruvchilarining 36 foizi joriy yilgi test sinovlarida 56,7 ball ham toʻplay olmagan. Bundan ortiq fojia bormi?

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
26.1K views03:29
Ochish/sharhlash
2023-08-19 09:10:45 Yaxshi xabar: talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ishga tushdi

Talabalarni turar joy bilan ta’minlashda navbatlarning oldini olish, o‘quv yili boshlanishi arafasida talabalarning turar joysiz qolishlari ehtimolini bartaraf etish maqsadida barcha davlat oliy ta’lim muassasalari hududiga kirish joylarida maxsus markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yilibdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi talabalar shaharchasining eng gavjum yo‘laklarida – vazirlik binosi yonida joylashgan bo‘lib, u shtab sifatida faoliyat yuritadi. Shtabda barcha oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan ma’lumotlar markaziga kelib tushgan so‘rovlar va amalga oshirilgan ishlar monitoringi yuritilib, talabalarning turar joy bilan ta’minlanishi uchun amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
25.3K views06:10
Ochish/sharhlash
2023-08-19 09:09:52 #Qabul2023
Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlariga joylashtirildi

2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etildi.

OTMlar tomonidan taqdim etilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari test sinovi natijalari bilan birga hisoblanib, my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlariga joylashtirildi.

Oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
25.0K views06:09
Ochish/sharhlash
2023-08-17 09:36:07
Imtiyozlar

Hukumat qarori bo‘yicha yotoqxonalarga joylashtirishda ushbu ro‘yxatdagi talabalarga ustuvorlik berilib, birinchi navbatda shular yotoqxona olar ekan.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
25.1K views06:36
Ochish/sharhlash
2023-08-15 11:14:54 Men maktabda fizika va matematika fanlaridan dars beraman. Hozirda faqat fizika fani uchun Direktor jamg‘armasidan ustama olaman. Eshitishimcha, tarifikatsiyadan o‘tgan barcha fanlarga ustama olish mumkin ekan.
Men ushbu jamg‘armadan matematika fani uchun ham ustama olishim mumkinmi?

Javob: Umumta’lim muassasasi o’qituvchilarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarorida batafsil ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan tegishli nizom talablariga ko‘ra pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumta‘lim muassasa xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish, umumta‘lim muassasalarida tashkil etiladigan ustamalar belgilash, moddiy rag‘batlantirish va moddiy yordam berish bo‘yicha ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.

Ikki va undan ortiq fandan dars beruvchi pedagoglarga direktor jamg‘armasidan har oylik ustama olishda mazkur ishchi guruh xulosasiga tayaniladi.

Nizomga asosan pedagog xodimlarga belgilangan ustamalar ularning tarifikatsiya ro‘yxatida ajratilgan dars soatlariga mutanosib ravishda to‘lanadi.

Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlarida o‘qituvchi bir nechta fandan dars bergan taqdirda uning faoliyati har bir fan bo‘yicha alohida tartibda baholanishi qayd etilgan.

Savolga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot kotibi javob bergan

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
26.7K views08:14
Ochish/sharhlash
2023-08-14 16:37:03 Rasman: O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni o‘tkaziladi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
24.2K views13:37
Ochish/sharhlash
2023-08-11 10:47:37 Kollej va texnikumlarga qabul boshlandi

2023-yil 10-avgust kuni professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

Ro‘yxatga olish 10-sentabrga qadar (10-sentabr kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 10-sentabrga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari mumkin bo‘ladi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
28.1K views07:47
Ochish/sharhlash