Get Mystery Box with random crypto!

Talaba | official 🎓

Telegram kanalining logotibi talaba_talabalar_grantlar — Talaba | official 🎓 T
Telegram kanalining logotibi talaba_talabalar_grantlar — Talaba | official 🎓
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 29.04K
Kanalning ta’rifi

Ⓜ️Самый большой канал для студентов и абитуриентов.
▪️ Новости образования | Гранты | Актуальная информация
Если цель точна, то победа за нами!
Саволлар учун➡️ @abituriyent_aloqabot
Реклама жойлаш учун ➡️ @jahonuz

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 6

2022-09-25 13:02:36 ​​#Qabul2022 #Statistika
Chet tili sertifikatiga ega abituriyentlarning 87,5 foizi talabalikka tavsiya etilgan

Ma’lumki, chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va chet tili sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlarning 87,5 foizi talabalikka tavsiya etildi.

Bunda chet tili sertifikatiga ega bo‘lgan holda fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga topshirgan abituriyentlar soni 15 305 nafarni tashkil etib, ularning 13 397 nafari talabalik baxtiga musharraf bo‘ldi.

Mazkur abituriyentlarning 4 446 nafari chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan 6 ta OTMdan biriga topshirgan bo‘lib, ularning 4 138 nafari (93,1 %) talabalikka tavsiya etildi.

2019-yil bilan solishtirganda chet tili sertifikatiga ega abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari anchagina ortgan.

2019-yilda chet tili sertifikatiga ega 10 920 nafar abituriyentning 6 169 nafari (56,5 %) talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, bu 2022-yildagi ko‘rsatkichdan 32 foizga kam.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
13.7K views10:02
Ochish/sharhlash
2022-09-25 12:01:45
O’qishka Kira olmadingizmi? Bundan hovotir olmang!

Alpha Education bilan O’zbekistonda joylashgan
FINLANDIYA davlat universitetida
ALFRAGANUS Universiteti
Toshkent Pedogogika va Iqtisodiyot universitet
larida imtixonlarsiz talaba bo’ling.

Universitetlar Toshkentda joylashgan!

Universitetlar afzalliklari:
Kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim
Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan kampus.
O’zbekistonda 100% diplom tan olinishi va lisenziyaga egaligi.
Yotoqxona beriladi.
O'qishni ko'chirish imkoni bor.
Xizmatlar 100% kafolatlanadi.
Barcha yo’nalishlar mavjud.


Kvotalar soni -300 ta

50 dan ortiq yo’nalishlar!

Ta’lim turi :
Sirtqi - 3 yil (ha rostan ham 3 yil)
Kunduzgi - 4 yil


Firma tolovi chegirma narxlarda - 2,7 mln so’m dan boshlanadi!
Joylar soni cheklangan

Hoziroq biz bilan bog’laning :
+998997684045 | @alpha_roma
+998900463004 | @alpha_maftun
+998997864045 | @alpha_Sayyora
+998903567767 | @alpha_otkir
+998996165996 | @alpha_safar
+998954994939 | @alpha_bonu
15.1K views09:01
Ochish/sharhlash
2022-09-18 15:00:50 #Qabul2022 #Statistika
15 mingga yaqin abituriyent davlat granti ustuvorligidan foydalangan holda davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan

Abituriyentlarga yaratilgan eng yaxshi qulayliklardan yana biri ularga tanlov ustuvorligini tanlash imkoniyati berilgani bilan bog‘liq.

Joriy yilda 39 962 nafar abituriyent davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning 30 253 nafari umumiy qabul parametrlari doirasida o‘qishga qabul qilingan.

Shundan 14 746 nafar (48,7 %) abituriyent “Davlat granti” ustuvorligini tanlagan holda ikkinchi-beshinchi ta’lim yo‘nalishiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan.

Agar davlat granti ustuvorligi bo‘lmaganida mazkur abituriyentlarning aksariyat qismi birinchi ta’lim yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lar edi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
15.9K views12:00
Ochish/sharhlash
2022-09-18 14:02:09
O’qishka Kira olmadingizmi? Bundan hovotir olmang!

Alpha Education bilan O’zbekistonda joylashgan
FINLANDIYA davlat universitetida
TMC Xalqaro Instituti
ALFRAGANUS Universiteti
Toshkent Pedogogika va Iqtisodiyot
universitet larida imtixonlarsiz talaba bo’ling.

Universitetlar Toshkentda joylashgan!

Universitetlar afzalliklari:
Kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim
Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan kampus.
O’zbekistonda 100% diplom tan olinishi va lisenziyaga egaligi.
Yotoqxona beriladi.
O'qishni ko'chirish imkoni bor.
Xizmatlar 100% kafolatlanadi.
Barcha yo’nalishlar mavjud.

Kvotalar soni -300 ta

50 dan ortiq yo’nalishlar!

Ta’lim turi :
Sirtqi - 3 yil (ha rostan ham 3 yil)
Kunduzgi - 4 yil


Firma tolovi chegirma narxlarda - 2,7 mln so’m dan boshlanadi!

Joylar soni cheklangan

Hoziroq biz bilan bog’laning :
+998954994939 - @alpha_bonu
+998997684045 - @alpha_roma
+998997864045 - @alpha_maftuna
+998903567767 - @alpha_otkir
+998996165996 - @alpha_safar
15.8K views11:02
Ochish/sharhlash
2022-09-17 11:49:49 #Qabul2022 #Statistika
Abituriyentlarning 53 foizi beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyatidan foydalangan holda talabalikka tavsiya etilgan

Abituriyentlarga yaratilgan eng yaxshi qulayliklardan biri ro‘yxatdan o‘tishda beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati berilganidir.

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

Shundan 176 mingdan ziyodi umumiy qabul parametrlari doirasida o‘qishga qabul qilingan bo‘lib, ularning:

83 006 nafari (47 %)birinchi ta’lim yo‘nalishiga
93 341 nafari (53 %)ikkinchi-beshinchi ta’lim yo‘nalishiga talabalikka tavsiya etilgan.

Bundan ma’lum bo‘ladiki, agar abituriyentlar oldingidek faqatgina bitta ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirganida ularning teng yarmidan ko‘pi talabalikka tavsiya etilmagan bo‘lar edi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
15.4K views08:49
Ochish/sharhlash
2022-09-17 08:42:31 ​​ #Diqqat, hurmatli abituriyentlar!
ISFT Institutida xushxabar!

Bizda to’rtta yangi fakultetlarga qabul boshlandi!
Kunduzgi va sirtqi ta’lim asosida qabul qilinadi!!!

Boshlang‘ich ta'lim;
Maktabgacha ta'lim;
Pedagogika va psixologiya;
Xorijiy til va adabiyot.


ISFT instituti talabasi bo‘ling!
Sizlarni qulay sharoitlar va xalqaro dasturlar asosida o‘qish kutmoqda!

Shuningdek, bizning xalqaro dasturlarimizga ham qabul davom etmoqda!

Xalqaro amaliy buxgalteriya va moliya;
Xalqaro biznes boshqaruvi;
Menejment va boshqaruv hisobi.

Ta'lim tillari: Rus/O‘zbek/Ingliz

Qabul
tanlov asosida amalga oshiriladi.

Kirish shartlari:
Ichki imtihon yoki DTM - 60+ natijalariga orqali.

250 ta byudjet asosida joy ajratilgan.

Shoshiling joylar cheklangan!

Murojaat uchun tel: +998-55-506-37-37
Online murojaat: @isft3737


Batafsil ma'lumotlar saytimizda: isft.uz

Online ro'yxatdan o'tishish: admission.isft.uz

Markaziy qabul ofisimiz manzili:
Toshkent shahar, Mirobod tumani, 2 Shaxrisabz ko`chasi 6 uy
Mo’ljal: Westminster Universiteti 2 kirish joyi

Telegram | Instagram | Facebook
15.4K views05:42
Ochish/sharhlash
2022-09-16 08:07:13
Prezident qarori bilan moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat OTM roʻyxati (35 ta) tasdiqlangan.

Mazkur davlat OTMlari quyidagilar boʻyicha mustaqil qaror qabul qilishi mumkin:

kontrakt qiymatini, toʻlash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
mahalliy va xorijiy professor-oʻqituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
oʻz hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;
xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalarni toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilish;
boʻsh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilash;
avtotransport vositalarining yoʻl bosish yillik limiti va ularga xizmat koʻrsatish talablarini belgilash.

@huquqiyaxborot

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
15.8K views05:07
Ochish/sharhlash
2022-09-15 09:38:42 Super-kontraktda o‘qiganlardan odam chiqmaydimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda doim super-kontrakt mavzusi muhokama markazida bo‘ladi. O‘qishga kira olmaganlar, ko‘proq pul evaziga talaba bo‘lishadi, bu esa kelajakda taʼlim sifatini tushiradi, malakasiz kadrlarni ko‘paytiradi, degan fikrlar aytiladi.

Bu fikrlarning ayrimlari to‘g‘ri, ammo ko‘pchiligiga qo‘shilmayman. Asoslashga harakat qilaman:

Birinchidan, aslida biz orzu qilayotgan oliy taʼlim tizimida o‘qishga kirish oson bo‘lishi kerak. Yaʼni kim hujjat topshirsa o‘qishga kira olishi kerak, maktabni tugatgan bo'lsa bo'ldi, bilimi bor yoki yo‘qligi kirish jarayonida muhimmas. Uyog‘ini eplasa — diplom oladi, eplay olmasa — o‘qishni tugatolmaydi. O‘zimiz doim shunaqa bo'lishini, kvotalar oshishini talab qilamizu, lekin yana o‘zimizga qarshi borib, bugun o‘qishga kirayotganlarni "nega bu talaba bo‘ldi, bilimi yo‘qku" deymiz. Aytmoqchimanki, bilimsizlarning o‘qishga kirishi xavfli yoki qo‘rqinchli emas, ularning bilimsiz bo‘lib 4 yildan keyin diplom olishi qo‘rqinchli;

Ikkinchidan, o‘qishga kirganlarning hammasi ham bilimli degani emas. Masalan, O‘zbekistonda har yili kirish ballari past bo‘ladi. 56,7 ball bilan kontraktga, 68 ball bilan grantga kirganlar juda ko‘p. Bu yil ham shunaqa bo'ldi, masalan. Ammo 150 ball bilan super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsa, darrov ularni tupoyga, bilimsizga chiqaramiz. Yoki ana boring 70 ball bilan super-kontrakt qilishyapti deylik. Ha, to‘g‘ri, bu ball juda past. Ammo bundan ham past olganlar grantda o‘qiyapti, nega ularni emas, doim super-kontraktchilarga ta'na qilamiz? Ikki xil standart bu.

Uchinchidan, yaqin yillargacha o‘qishga kirishda juda katta korrupsiya bor edi. Yaʼni 20 yillar davomida O‘zbekistonda pora bilan bilimsizlar o‘qishga kirishgan. Buni hamma bilardi, barcha shu tizimning bir bo‘lagiga aylanib ketgandi. Lekin o‘sha pora bilan kirganlarning hammasi bir tiyinga qimmat kadr bo‘lib qolgani yo‘q. Ularning ko‘pchiligi 4 yil davomida yaxshi o'qidi, keyinchalik amaliyotda yetarli malaka va tajriba to‘play oldi. Hozir mehnat bozorida ishlayotgan juda ko‘p yaxshi kadrlarning tagini surishtirsangiz pora yoki tanish-bilishchilik bilan o‘qishga kirgan. Yaʼni bu odamning o‘ziga ko‘proq bog‘liq.

Bugun endi o‘qishga kirishda pora juda kam. Davlat buni har tomonlama oldini ololdi. Super-kontrakt ham porani kamaytirishga katta yordam berdi. O‘sha ko‘chadagi firibgaru, poraxo‘rlarning cho‘ntagini qappaytirib, dang'illama hovliyu dacha qurishga pul bergandan ko'ra, rasman davlatga to'lab, professor-o‘qituvchilar oyligi uchun pul bergan ming marta yaxshi. Birinchidan, bu jinoyatmas. Ikkinchidan, bu gunohmas.

Xulosa.

Super-kontrakt tizimini men ham yoqtirmayman. Bu vaqtinchalik chora. Ishonaman, bu tizim yaqin yillarda butunlay yo‘qolib ketadi. Menga qolsa, yuqorida aytganimdek, o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan hamma bemalol talaba bo‘la olishi kerak. Ya'ni puli bor yoki yo'qligidan qat'i nazar barchada teng imkoniyat bo'lsin.

Ammo o‘qishni tugatish juda qiyin bo‘lishi shart va lozim. Afsuski mana shu joyi bizda hozircha ishlamayotgani uchun, yaʼni bilgan ham, bilmagan ham diplom olayotgani sababli, haqiqatdan super-kontrakt ta'lim sifatiga taʼsir qildi.

Lekin bir narsa — super-kontrakt bilan o‘qishga kirganlar odam bo‘lmaydi, ular unaqa, ular bunaqa, degan gaplar mutlaqo noto‘g‘ri. Test va boshqa imtihonlar insonning barcha qobiliyatini aniqlab berolmaydi. U nimalarga qodirligi kelgusida maʼlum bo‘ladi.

Taqdir shunday narsaki, 189 ball olib, o‘qishga birinchi o‘rinda grantga kirganlar malakasiz kadr bo‘lishi, 60 ball bilan super-kontraktga kirganlar yakunda jamiyatga ko‘proq foydasi tegadigan mutaxassis bo‘lishi mumkin. Hammasi Allohdan.

Shuning uchun fikr bildirishda ehtiroslarga berilmagan ma'qul. Tanganing barcha tomoniga qarash kerak. Bularning barchasi shunchaki shaxsiy fikrlar.

@Xushnudbek

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
15.4K views06:38
Ochish/sharhlash
2022-09-12 15:01:00
Bolangizni ertaga oʻqib ketaolishiga ishonsangiz super kontrakt toʻlang!

Toshqulov tibbiyot oliygohlariga super-kontrakt bilan oʻqishga kirayotganlar haqida gapirdi.

Oliy taʼlim vazirining ishontirishicha, yetarli bilimi yoʻq bola super-kontrakt bilan oʻqishga kirishi mumkin, lekin bitirolmaydi.

U kredit-modul tizimi taʼlimdagi korrupsiyani yoʻqota olishini daʼvo qildi va jamoatchilikdan buning uchun unga 1-yil vaqt berishlarini soʻradi. “Bu yil faqat sifatga ishlanadi. Natijalar boʻladi. Eshitasiz hali, necha foiz talaba bitirolmadi, shundan necha foizi super-kontrakt”, – dedi vazir Abduqodir Toshqulov.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
15.7K views12:01
Ochish/sharhlash
2022-09-11 13:02:03 Kecha kollej va texnikumlarga qabul yakunlanadi

2022-yil 11-avgust kuni professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangan edi.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

Bugun (10-sentabr) professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

Shu sababli professional ta’lim muassasalarida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlar bugun 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
9.1K views10:02
Ochish/sharhlash