Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2022 Barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi M | Talaba | official 🎓

#Qabul2022
Barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi

Ma’lumki, 2022-yil 8-avgust kuni 2022-2023-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlangan edi.

Bugun barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi. Bunda jarayonlar:

12-avgust kuni — Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida;
17-avgust kuni — Samarqand viloyatida;
19-avgust kuni — Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida;
20-avgust kuni — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida o‘z yakuniga yetdi.

Davlat test markazi test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etgan barcha tashkilotlarga va xodimlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H