Get Mystery Box with random crypto!

Talaba | official 🎓

Telegram kanalining logotibi talaba_talabalar_grantlar — Talaba | official 🎓 T
Telegram kanalining logotibi talaba_talabalar_grantlar — Talaba | official 🎓
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 29.04K
Kanalning ta’rifi

Ⓜ️Самый большой канал для студентов и абитуриентов.
▪️ Новости образования | Гранты | Актуальная информация
Если цель точна, то победа за нами!
Саволлар учун➡️ @abituriyent_aloqabot
Реклама жойлаш учун ➡️ @jahonuz

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2023-08-11 04:57:23 Xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim kredit ajratish tartibi.

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

Kredit kimlarga beriladi?

Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

Kunduzgi;
Sirtqi;
Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi.

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

Toʻlash qachondan boshlanadi?

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

Qanday hujjatlar kerak?

bankka ariza;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
26.5K views01:57
Ochish/sharhlash
2023-08-09 16:14:45 Yettinchi kun natijalari e’lon qilindi

2023-yil 7-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

7-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
26.7K views13:14
Ochish/sharhlash
2023-08-05 09:40:58
Yana OTM mansabdori va oʻqituvchisi pora bilan qoʻlga tushdi

DXXning ma’lum qilishicha:

Andijon davlat universiteti xodimi yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroni mazkur oliy o‘quv yurtining “Biologiya” yo‘nalishining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti bo‘lim boshlig‘i ikki nafar fuqaroning Rossiya oliy o‘quv yurtidagi o‘qishini o‘zi faoliyat yuritayotgan universitetga ko‘chirib berish va ikki nafar fuqaroga ingliz tilini bilish bo‘yicha xalqaro sertifikat olib berish evaziga 10 100 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Boshqa holatda esa Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi fuqaroni ushbu oliy o‘quv yurtining maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
29.8K views06:40
Ochish/sharhlash
2023-07-18 11:13:02 #perevod_2023

Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza berganlar soni — 3 760 nafar. Shundan:

1 929 nafari — erkak;
1 831 nafari — ayol.

Talabgorlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Andijon viloyati — 496 nafar (13 %)
Farg‘ona viloyati — 379 nafar (10 %)
Toshkent viloyati — 354 nafar (9 %)
Namangan viloyati — 330 nafar (9 %)
Qashqadaryo viloyati — 326 nafar (9 %)
Xorazm viloyati — 299 nafar (8 %)
Toshkent shahri — 298 nafar (8 %)
Samarqand viloyati — 296 nafar (8 %)
Surxondaryo viloyati — 269 nafar (7 %)
Buxoro viloyati — 175 nafar (5 %)
Jizzax viloyati — 168 nafar (4 %)
Sirdaryo viloyati — 130 nafar (3 %)
Navoiy viloyati — 127 nafar (3 %)
Qoraqalpog‘iston Res. — 113 nafar (3 %)

Talabgorlarning qayerdan o‘qishni ko‘chirayotgani bo‘yicha taqsimot:

O‘zbekiston1 961 nafar (52,15 %)
Qirg‘iziston945 nafar (25,13 %)
Rossiya376 nafar (10 %)
Tojikiston246 nafar (6,54 %)
Qozog‘iston164 nafar (4,36 %)
Qoldan davlatlar — 68 nafar (1,81 %)

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
15.7K views08:13
Ochish/sharhlash
2023-06-17 13:23:24 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari MAGISTRATURASIga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish bo’yicha kvota

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
14.3K views10:23
Ochish/sharhlash
2023-06-17 13:23:24 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga BAKALAVRIYATNING KUNDUZGI TA’LIM SHAKLI davlat bo‘yicha buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish bo’yicha kvota

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
14.2K views10:23
Ochish/sharhlash
2023-06-17 13:23:24 Davlat granti bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi

“2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoyishi (F-31-son, 15.06.2023-y.) qabul qilindi.

Farmoyishga muvofiq, 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat OTMlariga davlat granti kvotalari:

bakalavriat bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga – 34 860 nafar;

magistratura bo‘yicha – 8 923 nafar etib tasdiqlandi.

Tizimida OTM bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar kontrakt asosidagi qabul parametrlarini 2023-yil 20-iyungacha tasdiqlaydi..

Safimizga qoʻshiling

https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
14.1K views10:23
Ochish/sharhlash
2023-06-17 07:45:27
2023-yildan maktab bitiruvchilariga shahodatnomalar elektron beriladi

9- va 11-sinfni bitirayotgan o‘quvchilarga shahodatnomalar qog‘oz shaklda emas, elektron shaklda beriladi.

Bunda bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga kiritiladi va ushbu ma’lumotlar ta’lim tashkiloti direktori tomonidan elektron platforma orqali tasdiqlanadi. Bitiruvchi haqidagi ma’lumotlar ta’lim tashkiloti direktori tomonidan elektron platforma orqali tasdiqlangandan so‘ng shahodatnoma avtomatik tarzda shakllantiriladi va unga QR-kod tasviri tushiriladi.

Shahodatnomalarni bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi. Bitiruvchi “Elektron shahodatnoma” platformasiga ID-karta, pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma seriyasi va raqamini kiritib shahodatnomasini bepul yuklab oladi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
14.4K views04:45
Ochish/sharhlash
2023-06-17 07:45:26
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Safimizga qoʻshiling

https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
13.5K views04:45
Ochish/sharhlash
2023-06-17 07:45:22 #abituriyent
Qabul boshlanishiga 4 kun qoldi, kvotalar hali e’lon qilinmadi

OTMlarga hujjat topshirish 20-iyundan boshlanishi kerak. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlangani yo‘q.

Ma’lumot uchun: Prezident qarori bilan davlat byudjeti parametrlari tasdiqlangandan keyin Davlat qabul komissiyasi tillar kesimida kvotani qayta taqsimlashi kerak bo’ladi. Bunga ham kamida 2-3 kun vaqt ketadi. 20-iyungacha ulgurilarmikin, ko’ramiz.


Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGU
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGU
13.5K views04:45
Ochish/sharhlash