Get Mystery Box with random crypto!

Talaba | official 🎓

Telegram kanalining logotibi talaba_talabalar_grantlar — Talaba | official 🎓 T
Telegram kanalining logotibi talaba_talabalar_grantlar — Talaba | official 🎓
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 29.04K
Kanalning ta’rifi

Ⓜ️Самый большой канал для студентов и абитуриентов.
▪️ Новости образования | Гранты | Актуальная информация
Если цель точна, то победа за нами!
Саволлар учун➡️ @abituriyent_aloqabot
Реклама жойлаш учун ➡️ @jahonuz

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 3

2023-06-13 05:38:30 Testlarni to‘g‘ri ishlashni 7 usul orqali o‘rganing!

Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

Avvaliga oson savollarga javob bering.
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

Har bir javob variantini o‘qing.
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

Chiqarib tashlashusulidan foydalaning.
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

“Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

Har bir savolga javob bering.
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.

Maslahatlarimiz sizga ma'qul bo'lgan bo'lsa, do'stlaringiz va yaqinlarizga ham ulashing.

Safimizga qoʻshiling

https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
99 views02:38
Ochish/sharhlash
2023-06-09 14:06:37
Mandat imtihon kunidan keyin 1 haftada chiqadimi?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

Abituriyentlar test sinovida ishtirok etgan kunining ertasigayoq o‘z natijasini bilib oladilar.

Bunda abituriyentning javoblar varaqasi rangli skaner qilinib, shaxsiy kabinetiga joylashtiriladi va u yerda nechanchi savolga qaysi javob belgilangani, bu javob to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi ko‘rsatiladi.

Test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta ichida abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e’lon qilinadi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
257 views11:06
Ochish/sharhlash
2023-06-06 11:14:03 Rasman: Yuridik universitetlarga birinchi blok huquqshunoslik boʻladi

Savollar yangi Konstitutsiyadan tuziladi.

Bu yil yuridik universitetlarga kirish imtihonlarida birinchi fan huquqshunoslik bo‘ladi. Yaʼni “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar test sinovlariga amaldagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida tayyorgarlik ko‘rishlari lozim. Bundan tashqari, Mehnat kodeksi ham yangilangan.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
72 views08:14
Ochish/sharhlash
2023-06-06 11:14:02Qabul-2023: Qanday yangiliklari e'lon qilindi? Yana nimalar o'zgardi?

Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbari Majid Karimov bu yilgi qabul jarayonlari haqida quyidagi ma'lumotlarni berdi:

Bu yilgi test sinovlariga 30 mingga yaqin testlar tayyorlandi.

Sertifikatlar masalasi ilgari 10 minga yaqin edi bu yil bu ko'rsatkich 70 mingga yaqin ko'rsatkichni ko'rsatmoqda. (7 barobar oshgan)

Bu yil test sinovlari 92 ta yopiq binoda o'tkaziladi. Binolar mahalliy hokimliklar tomonidan sovutgichlar bilan ta'minlanadi.

1-smenada 45 mingga yaqin, 1 kunda 90 mingdan ortiq abituriyent imtihon topshiradi.

Har bir abituriyentning natijasi 24 soatda e'lon qilinadi. Abituriyent shaxsiy kabineti orqali bilib olishi mumkin.

Bugungi kunda 48 ta Imtiyoz turlari mavjud. Sayt orqali imtiyozlar turlari haqida ma'lumotga ega bo'lishi mumkin.

Yangilik: Ilgari abituriyent 5 ta yo'nalishni tanlar edi, bu yil esa ta'lim shakli va ta'lim yo'nalishini tanlashi mumkin bo'ladi. Sirtqi, kechki, kunduzgi va masofaviy ta'lim.

Kasbiy ijodiy imtihon topshiruvchi abituriyentlar 10-iyulgacha hujjatini topshirib bo'lishi kerak.

1-fani xorijiy til ijodiy imtihoni bo'lgan ta'lim yo'nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkaziladigan 4 ta ko'nikma bo'yicha imtihon topshiradi.

Fanlar majmuasi 2022 - yil 6 oy oldin e'lon qilingan.

Bu yilgi imtihon savollarida murakkab testlar 50%ga kamaytirilgan. (Ilgari 4 ta edi hozir murakkab savollar 50% ga kamaytirilgan).

Matematika, fizika va kimyo fanlaridagi murakkab masala testlar olib tashlangan.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
180 views08:14
Ochish/sharhlash
2023-03-15 17:21:59 ​​ 2 yil Toshkentda + 2 yil Turkiyada: O‘zbekistonda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga ko‘ra, o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Turkiyaning Sog‘lik bilimlari universiteti bilan hamkorlikda Toshkentda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligida universitet rektori Javdat Erdol bilan o‘tgan muloqot chog‘ida bu bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Yangi o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlaydigan akademiyada hamshiralarni tayyorlash 4 yillik o‘quv dasturi asosida Sog‘lik bilimlari universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan xalqaro ta’lim standartlari asosida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, ta’limning ikki yili O‘zbekistonda va ikki yili Turkiyada olib boriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Turkiya Sog‘lik bilimlari universiteti rahbariyati o‘rtasidagi muloqotda yurtimiz tibbiyot tizimi uchun rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida bakalavriat bosqichida “Tibbiyot menejmenti” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 4 yillik qo‘shma dastur yo‘lga qo‘yiladi. Bu loyihada ham talabalar ikki yil Turkiyada tahsil oladi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
10.0K views14:21
Ochish/sharhlash
2023-03-14 17:59:07 ​​​BO‘SH KELMA, ABITURIYENT!

1. Ertaga imtihon deb o‘qi;

2. 15 kundan keyin javob chiqadi deb o‘qi;

3. Yana bir yiling bekor o‘tishini o‘ylab o‘qi;

4. Otajoning, onajoning va boshqa senga umid bog‘laganlarni ishonchini oqlab, ertaga byudjetga o‘qishga kirishni o‘ylab o‘qi.

5. "Men o‘qishga kirdimiiiiim", deb baqirishni o‘ylab o‘qi;

6. Quvonch ko‘z yoshlari uchun o‘qi;

7. Ustozlarni shuncha vaqti bekorga ketmaganini isbotlash uchun o‘qi;

8. "Nima bo‘ldi o‘qish" deb so‘rashsa, "Allohga shukr, grantga kirdim" deb kulib turish uchun o‘qi;

9. Eng asosiysi, ertangi kelajaginga zamin yaratish uchun o‘qi!

Ana o‘shanda InshaAlloh grantga o‘qishga kirasan! Muhimi, o'qishdan, izlanishdan aslo to'xtama!

Manba: Edu - ta'lim yangiliklari

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
10.1K views14:59
Ochish/sharhlash
2023-03-13 17:18:19
Yaponiyada maktab darsligi muqovasiga Sherdor madrasasi surati joylashtirildi

Samarqand shahridagi dunyoga mashhur Registon majmuasida joylashgan Sherdor madrasasi surati Yaponiya umumtaʼlim maktablarining “Jahon tarixi” darsligi (9-12-sinflar) muqovasiga joylashtirildi.

Darslik Yaponiyaning eng yirik “Yamakawa Shuppansha Ltd.” nashriyoti tomonidan tayyorlangan.

Qoʻllanma aprel oyidan boshlab yangi oʻquv yilida tarix fanidan darslik sifatida foydalanish rejalashtirilgan.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
10.0K views14:18
Ochish/sharhlash
2023-03-11 12:02:21
#Motivation
Har tong, uyqidan turib, fikrla: «Bugun mening omadim keldi, - men uyg‘ondim. Men hayotman, menda mana bu bebaho inson hayoti bor va men uni behuda sarflamayman».
Dalay Lama

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
10.6K views09:02
Ochish/sharhlash
2023-03-07 08:51:04 #bu_qiziq

Siz bu faktlar haqida bilmas edingiz


Ko'pchilik o'z tirsagini yalay olmaydi (Urunib ko'ring:)
Timsoh tilini og'zidan tashqariga chiqara olmaydi;

Qisqichbaqaning yuragi uning boshida joylashgan bo'ladi;

Agar siz o'ta qattiq aksirsangiz, qovurg'angizni sindirib olishingiz mumkin;

O'rtacha umringiz davomida siz uxlayotganingizda o'zingiz bilmagan holda 70 ga yaqin turli xil hasharotlar va 10 ta o'rgimchak yoki undan ko'proq "narsalarni" yeb qo'yasiz;

Barmoq izlari kabi har kimning til izi ham har xil;

O'rtacha odamning chap qo'li matn terishning 56 foizini bajaradi;

Bodom shaftoli oilasiga kiradi;

Los-Anjelesning to'liq nomi "El Pueblo de Nuestra Senora la Reina de los Angeles de Porciuncula";

Mushukning har bir qulog'ida 32 ta mushak bor;

Tuyaqushning ko'zi miyasidan kattaroqdir;

Yo'lbarslar faqat chiziqli mo'yna emas, balki chiziqli teriga ham ega;

Ko'p odamlar yetti daqiqada uxlab qolishadi;

Ana shunaqa gaplar! Siz bu faktlarning qanchasini bilarkansiz? Do'stlaringiz-chi?

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
10.5K views05:51
Ochish/sharhlash
2023-03-06 16:22:03 Endilikda 11-sinfda o‘qib, universitetga ham hujjat topshirsa boʻladi

IDU Xalqaro IT universiteti bu imkoniyatni barcha 11-sinf o‘quvchilariga va litseyda, texnikumda oʻqiyotganlarga taklif qiladi.

Yaʼni maktabni tugatmay turib TALABAsiz, aqlbovar qilmaydi.

Maʼlumot uchun, hujjatlar 9-mart kuniga qadar qabul qilinadi. Qabul imtihonlari esa 11-mart kuni boʻlib oʻtadi.

Shoshiling, juda oz vaqt qoldi!

Batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi
havola ustiga bosing!

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
10.1K views13:22
Ochish/sharhlash