Get Mystery Box with random crypto!

Samarqandda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, ohak ishlab ch | Taftish.uz | Rasmiy kanal

Samarqandda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, ohak ishlab chiqargan xususiy korxona aniqlandi
 
DXX tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Paxtachi tumanidagi xususiy korxona rahbari texnik shartda koʻrsatilgan loyihadan tashqari oʻzboshimchalik bilan alohida gaz quvuri oʻtkazib, tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzgan holda ohak ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelayotgani aniqlandi.

“Oʻzenergoinspeksiya”ning Samarqand viloyat boʻlimi tomonidan berilgan xulosaga koʻra, mazkur korxona 387245 m3 tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, kelgani natijasida davlat manfaatlariga 580 mln soʻmlik zarar yetkazgani maʼlum boʻldi.

@taftish_uz