Get Mystery Box with random crypto!

Saida Mirziyoyeva

Telegram kanalining logotibi sshmirziyoyeva — Saida Mirziyoyeva S
Telegram kanalining logotibi sshmirziyoyeva — Saida Mirziyoyeva
Kanal manzili: @sshmirziyoyeva
Toifalar: Bloglar , Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 28.82K
Kanalning ta’rifi

Президент Администрацияси Ижро этувчи аппаратининг Коммуникациялар ва ахборот сиёсати бўйича шўъба мудири
https://instagram.com/saida_mirziyoyeva
https://www.fb.com/saida.mirziyoyeva/
https://twitter.com/SMirziyoyeva

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2024-01-24 08:40:24
Pekinda mashhur "Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi" balet spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu premyera Xitoy milliy opera teatri sahnasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida tashkil etildi.

Uch yillik gastrol safarlari davomida "Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi" spektakli Dubay, Istanbul, Bursa, Dortmund, Moskva, Parij va Sankt-Peterburgda tomoshabinlar olqishlariga sazovor bo‘lgan. Xoreograf Raimondo Rebekning yuksak mahorati hamda O‘zbekiston Milliy baleti truppasining hissiyotlarga boy ijrosi sababli qadimgi raqs yangi talqinda yog‘du sochdi.

Xorazm zaminida ming yillar davomida qadr topgan lazgi raqsi xalq ijodkorligining cheksiz imkoniyatidan hikoya qiluvchi o‘ziga xos dostondir. Lazgi – ijrochining har bir harakati, har bir imo-ishorasi, o‘tli nigohi o‘zbek madaniyatining boy tarixi va bemisl go‘zalligiga, qolaversa, ajdodlarga ehtirom timsoli sifatida namoyon bo‘ladigan lahzalardir.

Pekinda namoyish etilgan spektakl Xitoy Xalq Respublikasida O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida taqdim etildi. Yuqori darajada tashkil etilgan ushbu badiiy bayram uchun chuqur minnatdorligimni bildiraman.
43.6K viewsedited  05:40
Ochish/sharhlash
2024-01-14 10:57:52
Oftob tafti, tandirdan yangi uzilgan issiqqina kulcha, oila davrasida fayzli oqshomlar, boshimiz uzra musaffo osmon... Vatan deganda birinchi bo‘lib shular ko‘z oldimizga keladi.

Vaqt o‘tgan sayin mamlakat rivoji va xalq farovonligining asosi TINCHLIK ekanini yanada chuqurroq anglab yetyapman. Xavfsizlik va osoyishtalikni ta'minlashda yurtimiz himoyachilarining o‘rni beqiyosdir. Ular orasida jasur ayollarimizning borligi alohida tahsinga loyiq.

Ushbu shukuhli kunda mardonavor mehnatingiz hamda Vatanga bo‘lgan sadoqatingiz uchun sizga o‘z ehtiromimni, minnatdorligimni izhor etishni istardim.

Bugun sizga, haqiqiy qahramonlarga qarab, qalblarimiz o‘zgacha g‘urur-iftixorga to‘ladi. Zero, siz zimmangizga yuklatilgan davlat mustaqilligi va daxlsizligini ta'minlashdek sharafli burchni munosib ado etmoqdasiz.

Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin! Siz tufayli orzu-niyatlar qilish, mehr ulashish va shunchaki baxtli hayot kechirish imkonimiz borligi uchun katta rahmat!

——-
Тёплое солнце, горячие лепёшки из тандыра, добрые вечера в кругу семьи и мирное небо над головой — это то, что вспоминаем, когда говорим о нашей Родине.
 
Смотря в калейдоскоп времени, я понимаю, что именно мир — это основа для процветания страны и благополучия всего народа. Огромный вклад в поддержание безопасности и спокойствия вносят защитники отечества, в рядах которых есть и наши отважные женщины.
 
В этот особенный день я хочу выразить благодарность и почтение за ваш незыблемый труд и преданность Родине. Этот день наполнен гордостью за вас — настоящих героев — которые несут на своих плечах ответственность за неприкосновенность нашей страны.
 
С Днём защитников Родины! Спасибо за всё, что вы делаете, чтобы мы могли мечтать, любить и просто быть счастливыми.
36.2K views07:57
Ochish/sharhlash
2024-01-13 16:46:52
Bugun 22:30 da futbol bo‘yicha Osiyo kubogining birinchi uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi Suriya jamoasiga qarshi maydonga tushar ekan, ushbu hayajonli daqiqalarda bir-birimizga hamnafas bo‘lamiz. Hammamiz bir bo‘lib, yuksak marralar sari intilayotgan futbolchilarimizni qo‘llaymiz.

Keling, jamoamizni g‘alabaga ruhlantiraylik — olg‘a, O‘zbekiston!
-
Сегодня, в 22:30, наши сердца будут биться в унисон, ведь сборная Узбекистана выходит на поле, чтобы встретиться с командой Сирии в первом матче Кубка Азии по футболу.

Это момент, когда все мы снова объединяемся, чтобы поддержать наших игроков в их стремлении достичь великих высот.

Давайте создадим победный дух и поддержим нашу команду — Узбекистан, вперёд!
35.5K views13:46
Ochish/sharhlash
2023-12-31 13:02:49
Yangi yil – oila davrasida nishonlanadigan eng muhim bayramlardan biri. Bu ayyom bizga bolalik davrimizni, yangi yil mo‘jizasini intizorlik bilan kutganimizni, qor o‘ynaganlarimizni, o‘sha paytlardagi sehrli lahzalarni eslatadi. Biz Qorboboga ishongan, qor xatlar yozgan, bir-birimizga yangi yil omadli kelishini tilagan damlarimiz…

Mening sizlarga tilagim – oilangiz barcha tashvishlardan himoya qiluvchi ishonchli qo‘rg‘oningiz bo‘lsin. Yangi yilning har kuni o‘zaro anglashuv, mehr-muhabbat, hayotimizdagi eng oliy ne’mat - oilaga tayanch bo‘lish naqadar muhimligini eslatib tursin.
Farzandlar kulgisi xonadoningiz fayzi bo‘lsin, o‘ylagan barcha niyatlaringiz esa ro‘yobga chiqsin.

Yangi yil muborak!
-
Новый год — это самый семейный праздник, это наши тёплые воспоминания о детстве. О том, как мы ждали новогоднего чуда, снежинок за окном и волшебной сказки. Мы верили в Кор-бобо, писали Снежные письма и желали друг другу счастья в Новом году…

Я желаю вам, чтобы семейный уют стал вашим надёжным убежищем от забот, и каждый день нового года напоминал о том, как важны взаимопонимание, любовь и поддержка самого дорогого, что у нас есть, — нашей семьи.

Пусть вас всегда обнимает смех ваших детей, а все желания сбываются.

С Новым годом!
14.9K views10:02
Ochish/sharhlash
2023-12-29 18:13:50
26–27-dekabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida yurtimizdagi ijtimoiy muassasalar, mehribonlik uylari va maktab-internatlarida tarbiyalanayotgan bolalar va oʻsmirlar uchun yangi “Qarsildoq” baletining maxsus namoyishlari boʻlib oʻtdi.

Shu kunlarda yosh tomoshabinlar sehr va mehrga toʻla olamga sayr qilib, oʻzlarini haqiqiy Yangi yil mo'jizasiga tushib qolgandek his qildilar degan umiddaman.

Har bir bolajon, ayniqsa bayram kunlarida, sevinishi, xursand bo’lishi va hayratda qolishi muhimligiga qat'iy ishonaman. “Qarsildoq” esa bolalarda mo'jizalarga ishonch uygʻotishga, koʻnglini gʻaroyib lahzalar bilan toʻldirishga yordam beradi.
-
26 и 27 декабря в Государственном Академическом Большом театре имени Алишера Навои прошли специальные показы нового балета «Щелкунчик» для детей и подростков из социальных учреждений, детских домов и интернатов республики.

В эти дни юные зрители перенеслись в красочный мир, полный волшебства и доброты, где каждый мог почувствовать себя частью настоящего новогоднего чуда.

Я убеждена, что каждому ребенку важно испытывать радость и удивление, особенно в праздничные дни. «Щелкунчик» помогает верить в чудеса и наполнить мир наших детей волшебными моментами.
16.7K views15:13
Ochish/sharhlash
2023-12-23 18:56:58
Yangi yilgacha oz qoldi.
Bolajonlarimizning mustaqil bo‘lishiga ham…

Vaqt shu qadar tez o‘tyaptiki, bo‘layotgan o‘zgarishlardan hayron qolasiz.

Mazkur kutubxona biz uchun birgalikda vaqt o‘tkazadigan mo‘jaz makonga aylangan.

Oyna ortida ishdan qaytayotgan shahar, ichkarida esa varaqlar shitirlashi va dunyodagi eng yaxshi ifor – kitob hidi. Bolalarim kitob o‘qiyotganini ko‘rish men uchun doim quvonarli. Chunki ular kitob orqali bilim va sarguzashtlar olamini – insoniyat tajribasi va tasavvurining bebaho xazinasini o‘zlari uchun qayta-qayta kashf etadi.
-
До нового года осталось не так много времени.
Немного  времени осталось до самостоятельности наших деток.

Времени всегда немного, оно летит быстро, удивляя нас переменами.

И библиотека — это наша маленькая станция, остановка, чтобы побыть вместе.

За окном город, идущий  с работы, а внутри шелест страниц и  самый лучший запах в мире — запах книг. И каждый раз, когда дети открывают книгу, я радуюсь, что они снова и снова открывают для себя мир знаний и приключений — бесценную сокровищницу всего человеческого опыта и фантазий.
15.0K views15:56
Ochish/sharhlash
2023-12-22 19:54:36
Проводимый по инициативе Президента конкурс «Лучшая школа по преподаванию иностранных языков» — это одна из наших первых ласточек образовательной реформы. А ещё это прекрасная возможность для школьников проявить себя и стимул усердно учиться.

В этом конкурсе участвовали 6885 школ и почти 35 тысяч учеников 7–9 классов. Команды-победители получили денежные призы, а 70 финалистов, которых сопровождали 14 учителей, съездили в Великобританию, где целую неделю были в качестве учеников престижных английских школ. Они смогли познакомиться с Лондоном, побывать в Оксфорде и Кембридже. А учителя получили возможность изучить самые передовые методики преподавания английского.

Сегодня мы встретились с победителями этого конкурса и предметных олимпиад в стенах Администрации Президента, и я с большим удовольствием провела для ребят экскурсию, показав её работу. Они умные и любознательные. Открытые и честные. Наше будущее.

Каждый из вас — сокровище нашего государства, мы готовы поддерживать и поощрять ваши стремления к знаниям. Потому что наши дети открывают двери к успеху не только для себя. Но и всем нам, всей стране!
43.5K views16:54
Ochish/sharhlash
2023-12-22 19:53:53
Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi — ta’lim islohotidagi qaldirg‘och loyihalarimizdan biridir. Bu, shuningdek, maktab o‘quvchilari o‘zini namoyon qilishi uchun ajoyib imkoniyat va astoydil o‘qib bilim olishi uchun rag‘bat hamdir.

Ushbu tanlovda 6885 ta maktab va 7–9-sinflarning 35 mingga yaqin o‘quvchilari ishtirok etdi. G‘olib jamoalar pul mukofotlariga ega bo‘ldi va 70 nafar finalchi 14 nafar o‘qituvchi hamrohligida Buyuk Britaniyada bo‘lib qaytdi, ular u yerda bir hafta mobaynida nufuzli ingliz maktablarining o‘quvchilari sifatida dars va mashg‘ulotlarda qatnashishdi. Shuningdek, ular London, Oksford va Kembrij shaharlari bilan ham tanishishdi. O‘qituvchilar esa ingliz tilini o‘qitishning eng ilg‘or metodikalarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bugun biz tanlov va fan olimpiadalari g‘oliblari bilan Prezident Administratsiyasida uchrashdik, men ularga mamnuniyat bilan Administratsiya ish faoliyati haqida tushuncha berib, ekskursiya uyushtirdim. Bolalar aqlli va qiziquvchan. Ko‘ngli ochiq va to‘g‘riso‘z. Ular bizning kelajagimiz.

Har biringiz — davlatimizning boyligi, biz sizlarning bilimga intilishingizni qo‘llab-quvvatlashga va rag‘batlantirishga tayyormiz. Chunki farzandlarimiz muvaffaqiyat eshiklarini nafaqat o‘zlari uchun ochadilar. Balki hammamiz uchun, butun mamlakat uchun!
112.3K views16:53
Ochish/sharhlash
2023-12-20 20:02:53
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual olimpiadasining respublika bosqichi yakunlanib, g‘oliblar o‘z mukofotlarini qo‘lga kiritdi va rivojlanish uchun jiddiy rag‘batga – stipendiyalar, xorijda amaliyot o‘tash va grantlar olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Biz Prezidentimizning ilm-fan, ta’lim, intellektual salohiyat – mamlakatimiz taraqqiyotining zarur sharti ekani haqidagi siyosatiga xayrixoh bo‘lgan minglab insonlarni birlashtira oldik.

Mamlakatimizga “Zakovat” kabi tashabbuslar ko‘proq kerak. Biz kelajagimizga sarmoya kiritishimiz lozim!
-
Завершился республиканский этап Интеллектуальной олимпиады «Заковат» среди студентов вузов. Победители получили награды и серьёзные перспективы для своего роста: стипендии, возможность стажироваться за рубежом и получать гранты.
 
Мы смогли объединить тысячи людей, которые разделяют политику нашего Президента в том, что наука, просвещение и интеллектуальный потенциал — необходимые условия для развития нашей страны.
 
Нашей стране необходимо больше инициатив, подобных «Заковат». Нам нужно вкладывать в своё будущее!
74.2K views17:02
Ochish/sharhlash
2023-12-14 15:11:44
Ilgari achinarli ahvolga kelib qolgan va asrab qolinishi uchun zarur choralar ko‘rilishini talab qilgan 34 ta tasviriy san’at asari restavratsiyadan o‘tganini ma’lum qilishdan xursandman. Davlat san’at muzeyi to‘plamlaridagi Turkiston avangardiga mansub nodir suratlar O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magi bilan Patrisiya Verges-Libai boshchiligidagi fransiyalik yetakchi mutaxassislar tomonidan qayta tiklandi.

Yuksak mahorat bilan bajarilgan bunday ishlar nafaqat madaniy merosimizni asrab-avaylash, balki O‘zbekiston muzeylarining to‘plamlarida saqlanayotgan noyob san’at durdonalarini xalqaro jamoatchilikka namoyish etishga xizmat qiladi.

Xususan, restavratsiya qilingan asarlar 2024-yilning bahorida Florensiyadagi Uffitsi galereyasi va Venetsiyadagi Ka Foskari universitetiga qarashli ko‘rgazma zallarida namoyish etiladi.
-

Рада сообщить о реставрации 34 ценных картин, которые находились в плохом состоянии и требовали необходимых усилий для дальнейшего сохранения. Редкие картины туркестанского авангарда из коллекции Государственного музея искусств были отреставрированы при поддержке Фонда развития культуры и искусства Узбекистана специалистами из Франции во главе с Патрисией Вергес-Либаи.

Работы такого уровня позволяют не только сохранить наше культурное наследие, но и продемонстрировать международной публике редкие произведения искусства, хранящиеся в собраниях музеев Узбекистана.

В частности, отреставрированные работы будут показаны весной 2024 года на выставках в галерее Уффици во Флоренции и экспозиционном пространстве университета Ка Фоскари в Венеции.
12.6K views12:11
Ochish/sharhlash