Get Mystery Box with random crypto!

Oftob tafti, tandirdan yangi uzilgan issiqqina kulcha, oila da | Saida Mirziyoyeva

Oftob tafti, tandirdan yangi uzilgan issiqqina kulcha, oila davrasida fayzli oqshomlar, boshimiz uzra musaffo osmon... Vatan deganda birinchi bo‘lib shular ko‘z oldimizga keladi.

Vaqt o‘tgan sayin mamlakat rivoji va xalq farovonligining asosi TINCHLIK ekanini yanada chuqurroq anglab yetyapman. Xavfsizlik va osoyishtalikni ta'minlashda yurtimiz himoyachilarining o‘rni beqiyosdir. Ular orasida jasur ayollarimizning borligi alohida tahsinga loyiq.

Ushbu shukuhli kunda mardonavor mehnatingiz hamda Vatanga bo‘lgan sadoqatingiz uchun sizga o‘z ehtiromimni, minnatdorligimni izhor etishni istardim.

Bugun sizga, haqiqiy qahramonlarga qarab, qalblarimiz o‘zgacha g‘urur-iftixorga to‘ladi. Zero, siz zimmangizga yuklatilgan davlat mustaqilligi va daxlsizligini ta'minlashdek sharafli burchni munosib ado etmoqdasiz.

Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin! Siz tufayli orzu-niyatlar qilish, mehr ulashish va shunchaki baxtli hayot kechirish imkonimiz borligi uchun katta rahmat!

——-
Тёплое солнце, горячие лепёшки из тандыра, добрые вечера в кругу семьи и мирное небо над головой — это то, что вспоминаем, когда говорим о нашей Родине.
 
Смотря в калейдоскоп времени, я понимаю, что именно мир — это основа для процветания страны и благополучия всего народа. Огромный вклад в поддержание безопасности и спокойствия вносят защитники отечества, в рядах которых есть и наши отважные женщины.
 
В этот особенный день я хочу выразить благодарность и почтение за ваш незыблемый труд и преданность Родине. Этот день наполнен гордостью за вас — настоящих героев — которые несут на своих плечах ответственность за неприкосновенность нашей страны.
 
С Днём защитников Родины! Спасибо за всё, что вы делаете, чтобы мы могли мечтать, любить и просто быть счастливыми.