Get Mystery Box with random crypto!

Hayit ayyomi arafasida men liboslar boʻyicha bo‘lajak dizayner | Saida Mirziyoyeva

Hayit ayyomi arafasida men liboslar boʻyicha bo‘lajak dizayner, surxondaryolik Zuhra Hasanova bilan tanishdim. Bu qiz hammamiz uchun haqiqiy ilhom manbai boʻla oladi.

Uning betakror eskizlari tabiat jilolari, Surxondaryo quyoshining tafti, milliy anʼana va zamonaviy trendlarni oʻzida mujassam etgan.

Bir oy oldin men ilk bor Zuhra haqida eshitib qoldim, uning boshqalarga oʻxshamaydigan qismati, orzularidan xabar topdim. Bugun esa bu yosh dizayner eskizi asosida tikilgan koʻylak liboslarim orasidan joy oldi.

Inson gʻayratli va mehnatsevar boʻlsa, albatta maqsadiga yeta oladi. Zuhraning hayoti buning yaqqol isbotidir.
-

В преддверии Хаита, я познакомилась с Зухрой Хасановой, будущим дизайнером одежды из Сурхандарьи. Эта молодая девушка — настоящее вдохновение для всех нас.

Её эскизы — это истории, в которых переплетаются краски природы, солнце Сурхандарьи, национальные традиции и современные тенденции.

Месяц назад я впервые узнала о необычной судьбе Зухры и её мечтах, а сегодня в моём гардеробе платье, сшитое по её эскизу. 

Ее пример доказывает, что благодаря усердию и трудолюбию можно достичь любой поставленной цели.