Get Mystery Box with random crypto!

Yangi yil – oila davrasida nishonlanadigan eng muhim bayramlar | Saida Mirziyoyeva

Yangi yil – oila davrasida nishonlanadigan eng muhim bayramlardan biri. Bu ayyom bizga bolalik davrimizni, yangi yil mo‘jizasini intizorlik bilan kutganimizni, qor o‘ynaganlarimizni, o‘sha paytlardagi sehrli lahzalarni eslatadi. Biz Qorboboga ishongan, qor xatlar yozgan, bir-birimizga yangi yil omadli kelishini tilagan damlarimiz…

Mening sizlarga tilagim – oilangiz barcha tashvishlardan himoya qiluvchi ishonchli qo‘rg‘oningiz bo‘lsin. Yangi yilning har kuni o‘zaro anglashuv, mehr-muhabbat, hayotimizdagi eng oliy ne’mat - oilaga tayanch bo‘lish naqadar muhimligini eslatib tursin.
Farzandlar kulgisi xonadoningiz fayzi bo‘lsin, o‘ylagan barcha niyatlaringiz esa ro‘yobga chiqsin.

Yangi yil muborak!
-
Новый год — это самый семейный праздник, это наши тёплые воспоминания о детстве. О том, как мы ждали новогоднего чуда, снежинок за окном и волшебной сказки. Мы верили в Кор-бобо, писали Снежные письма и желали друг другу счастья в Новом году…

Я желаю вам, чтобы семейный уют стал вашим надёжным убежищем от забот, и каждый день нового года напоминал о том, как важны взаимопонимание, любовь и поддержка самого дорогого, что у нас есть, — нашей семьи.

Пусть вас всегда обнимает смех ваших детей, а все желания сбываются.

С Новым годом!