Get Mystery Box with random crypto!

Saida Mirziyoyeva

Telegram kanalining logotibi sshmirziyoyeva — Saida Mirziyoyeva S
Telegram kanalining logotibi sshmirziyoyeva — Saida Mirziyoyeva
Kanal manzili: @sshmirziyoyeva
Toifalar: Bloglar , Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 28.82K
Kanalning ta’rifi

Президент Администрацияси Ижро этувчи аппаратининг Коммуникациялар ва ахборот сиёсати бўйича шўъба мудири
https://instagram.com/saida_mirziyoyeva
https://www.fb.com/saida.mirziyoyeva/
https://twitter.com/SMirziyoyeva

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2024-03-18 15:31:21
Ozarbayjonning birinchi vitse-prezidenti, birinchi xonimi Mehribon Aliyeva va Ozarbayjon prezidenti yordamchisi Anar Alekperovga koʻrgazmaning ochilish marosimida ishtirok etganliklari uchun minnatdorlik bildiraman.


Благодарю первого вице-президента, первую леди Азербайджана Мехрибан Алиеву и помощника Президента Азербайджана Анара Алекперова за участие в открытии выставки.
41.8K views12:31
Ochish/sharhlash
2024-03-18 09:29:11
Kecha Ozarbayjon poytaxtidagi Haydar Aliyev markazida “Choklardagi meros: O‘zbekistonning kashtachilik va tikuvchilik anʼanalari bo‘ylab sayohat” ko‘rgazmasi ochildi. Unda 140 dan ortiq bezakli amaliy san’at namunalari taqdim etilgan.

So‘zanalar kashtachi ustalar tomonidan oylar davomida tikiladi. Ulardagi har bir gul va naqshlar chuqur ma’noga ega.

An’anaviy zar choponlarimiz, rang-barang so‘zanalar va qimmatbaho toshlar bilan bezalgan kumush taqinchoqlar ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarda unutilmas taassurot qoldiradi, degan umiddaman.
Muzey mutaxassislari va ushbu ko‘rgazmani tashkil etishda qatnashgan barchaga chin yurakdan minnatdorlik izhor etaman.
-
Вчера в Центре Гейдара Алиева в столице Азербайджана открылась выставка «Наследие в стежках: Путешествие по вышивкам и швейным традициям Узбекистана», на которой представлено более 140 экспонатов декоративно-прикладного искусства.

Сюзане мастерицы вышивают месяцами. В каждом вышитом цветке и орнаменте заключены особые смыслы и послания.

Надеюсь, что наши традиционные золотошвейные чапаны, колоритные сюзане и серебряные украшения с драгоценными камнями произведут неизгладимое впечатление на посетителей.

От всего сердца хочу поблагодарить музейных специалистов и всех, кто принимал участие в организации этой выставки.
18.4K views06:29
Ochish/sharhlash
2024-03-17 10:16:48
Bugun Boku shahrida “Choklardagi meros: O‘zbekistonning kashtachilik va tikuvchilik anʼanalari bo‘ylab sayohat” ko‘rgazmasi ochiladi.
Lekin O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishuv kecha, Ozarbayjonda birinchi marta namoyish etilayotgan “Lazgi – Muhabbat va qalb raqsi” spektaklidan boshlangan edi.

San’at insonlarni yanada yaqinlashtirish, ularni hamfikr qilish hamda go‘zallikning yangi qirralarini kashf etish qudratiga ega va bu meni doim hayratga soladi. Lazgi raqsi insonlarni birlashtiruvchi, ilhom bag‘ishlovchi, vaqt va makon chegaralarini tan olmaydigan ana shunday kuchga yaqqol misoldir.

_

Сегодня в Баку откроется выставка «Наследие в стежках: Путешествие по вышивкам и швейным традициям».

Но знакомство с богатым культурным наследием Узбекистана началось уже вчера с волнующего спектакля «Лазги — танец Души и Любви», который был представлен в Азербайджане впервые.

Я не перестаю удивляться силе искусства, которая способна сближать нас и открывать новые горизонты понимания и красоты. Танец «Лазги» — отличный пример этой объединяющей, вдохновляющей, преодолевающей границы времени и пространства силы.
19.7K viewsedited  07:16
Ochish/sharhlash
2024-03-15 09:00:22
Saodat
Roppa-rosa 13 yil avval oilamizda qalblarimizni mehrga to‘ldirgan mo‘jiza paydo bo‘ldi - sen dunyoga kelding.

Irodali, kuchli shaxs bo‘lib shakllanayotganingni ko‘rib, kun sayin sen bilan faxrlanib boryapman.

Tug‘ilgan kuning muborak bo‘lsin, jonim qizim!

_

Саодат
Ровно 13 лет назад ты родилась в нашей семье, и тогда мы познали совсем другую любовь — любовь к дочери.

Я горжусь тобой каждый день, наблюдая, как ты становишься отдельной и сильной личностью.

С днём рождения, наша доченька!
15.4K views06:00
Ochish/sharhlash
2024-03-11 09:57:45
Sizni kirib kelgan muqaddas Ramazon oyi bilan chin dildan tabriklayman!

O‘ziga xos ruhiy poklanish oyi qalbingiz, ongu shuuringizni quvvatlantirib, mashaqqatlarni yengish hamda orzu-maqsadlarga yetish uchun kuch bersin.

Muqaddas oy ko'ngillarga ilhom, halovat-xotirjamlik bag'ishlasin, hayotning har bir lahzasini qadrlash imkonini bersin.
______

Сердечно поздравляю вас со священным месяцем Рамазан.

Желаю, чтобы в этот особый период духовного созерцания и возрождения вы обрели внутреннюю силу и мудрость, которые помогут вам преодолевать трудности и стремиться к достижению ваших целей.

Пусть благословенный месяц станет источником вдохновения, личностного роста и принесёт в вашу жизнь спокойствие и осознание ценности каждого момента.
19.3K viewsedited  06:57
Ochish/sharhlash
2024-03-08 10:35:00
Aziz xotin-qizlar, opa-singillarim. Bayramingiz muborak boʻlsin! Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak bo‘lsin!

Agar 8-mart kuni bizga hadya qilinadigan barcha guldasta, maqtov va tabriklarni teng imkoniyatlarga alishtira olganimizda edi, yurtimiz dunyodagi eng ilg‘or davlatga aylangan bo‘lardi.

Bu yil Oʻzbekiston gender tengligi boʻyicha eng samarali rivojlanayotgan davlatlar 5 taligiga kirgani bilan faxrlansak arziydi.
Doim oʻzingizni bugungi kabi baxtli his qiling, hurmat, eʼtibor va mehr qurshovida boʻling.

___

С праздником, дорогие женщины, девушки, девочки! С Международным женским днём!

Если бы все цветы и комплименты, которые мы получаем на 8 Марта, обменять на равные возможности, то мы стали бы самой прогрессивной страной мира.

Я горда тем, что в этом году Узбекистан вошёл в топ-5 стран мира с лучшим прогрессом в области гендерного равенства!

Будьте всегда такими же счастливыми, окруженными вниманием и любовью, как сегодня.
17.3K views07:35
Ochish/sharhlash
2024-03-08 08:52:55
8-mart arafasida oʻzini kuchli shaxs sifatida namoyon etgan bir guruh ayollar bilan koʻrishdik.

Bunday uchrashuvlar odamga ragʻbat beradi, ilhomlantiradi, oldinda bizni yorugʻ kunlar kutayotganiga umid bagʻishlaydi.

Barcha ayollar matonati va oqilaligi bilan har qanday toʻsiqlarni yengib, muvaffaqiyatga yetishlariga tilakdoshman.

_____

В преддверии 8 Марта я встретилась с женщинами, которые состоялись как сильные личности.

Такие встречи всегда поддерживают и вдохновляют, укрепляют веру, что у нас впереди лучшее будущее.

Я желаю, чтобы каждая женщина могла найти в себе силы и мудрость преодолеть любые преграды и добиться успехов.
14.7K views05:52
Ochish/sharhlash
2024-03-07 10:38:18
Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida turli jabhalarda faoliyat olib borayotgan, oʻzi yuksak marralarni egallabgina qolmay, boshqalarni ham maqsad va orzular sari  ilhomlantirayotgan ajoyib ayollar bilan koʻrishdik.

Uchrashuv davomida tajribamiz, yutuqlarimiz, motivatsiya va muvaffaqiyat sirlari bilan oʻrtoqlashdik. Shuningdek, madaniy, ijtimoiy va boshqa sohalarda tez-tez uchrayotgan, hali ham yechimini topmagan muammolarni koʻrib chiqdik.

Yurtimizda ana shunday samimiy, mehribon, matonatli, qatʼiyatli xotin-qizlar koʻpligidan xursandman. Ular oʻzlarini toʻlaqonli namoyon etib, maqsadlari yoʻlida dadil qadam qoʻymoqdalar. Muammolarni koʻtarishdan choʻchimaydigan, ularni hal etishga intilib, bugunimiz va kelajagimizni oʻzgartirishga hissa qoʻshayotgan har bir opa-singlimizga minnatdorlik bildiraman.

___

В преддверии Международного женского дня я встретилась с необыкновенными женщинами, теми, кто не только достиг больших высот в различных сферах деятельности, но и вдохновляет других женщин и девушек стремиться к своим целям и мечтам.

На встрече мы обменялись своим опытом, достижениями, мотивацией и секретами успеха. А также определили проблемы, которые возникают периодически или остаются нерешенными до сих пор в культурной, социальной и других сферах.
 
Я рада, что в нашей стране столько  искренних, добросердечнных, стойких и решительных женщин. Я благодарна каждой, за то, что  они не боятся быть теми, кто они есть, достигают целей, которые ставят перед собой, стремятся поднимать и решать те вопросы, которые меняют наше настоящее и будущее.
28.5K views07:38
Ochish/sharhlash
2024-03-06 09:54:44 Jahon banki eʼlon qilgan maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston dunyo boʻyicha gender tengligi sohasida eng samarali rivojlanayotgan davlatlar 5 taligiga kiribdi.

Bunday natijaga erishishimizga ayollarni zoʻravonlik va kamsitishdan himoya qilish borasida qabul qilingan qonunlar sabab boʻldi.

Albatta, biz birdaniga eng rivojlangan ongli jamiyatda yashay boshladik, zoʻravonlikni tag-tugi bilan yoʻq qildik, deya olmaymiz. Bu – qonunlarni hayotga doimiy tatbiq qilish, mehnat faoliyati uchun barchaga birdek sharoit yaratish, teng iqtisodiy imkoniyat berish ustida tinimsiz ishlashimiz zarur, degani.

Biz bugun shunday darajaga yetdikki, xotin-qizlarga faqat kvotalar va alohida imtiyozlar berishning oʻzi kamlik qiladi. Men jamiyatimizda amalda ayollarga mutlaqo teng imkoniyatlar beradigan tizimli oʻzgarishlar boʻlishini istardim.

Har kuni zoʻravonlik va eskicha qarashlarga qarshi kurashib, temir toʻsiqlarni sindirib, mashaqqatli islohotlarimizni amalga oshirishga hissa qoʻshayotganlar – haqiqiy qahramonlik koʻrsatmoqda. Bunday insonlarning har biriga rahmat deyman.

______


По данным Всемирного банка, Узбекистан вошёл в Топ-5 стран мира с наилучшим прогрессом в области гендерного равенства.

Это стало возможным благодаря принятым законам по защите женщин от насилия и дискриминации. Однако это не значит, что мы вдруг стали жить в самом прогрессивном обществе и искоренили насилие.

Это значит, что мы должны работать над применением этих законов каждый день, продолжать работу над созданием более равных условий труда и равных экономических возможностей.

Мы пришли к такому моменту, когда недостаточно просто дать женщинам квоты и отдельные привилегии. Я хочу, чтобы стали реальными системные изменения, которые дадут женщинам абсолютно равные возможности в обществе.

Спасибо всем, кто совершает подвиг ежедневно, борясь с притеснением и стереотипами, кто разбивает «стеклянные потолки» и делает возможными наши сложные реформы.
14.5K views06:54
Ochish/sharhlash
2024-03-04 14:26:59
Kim oladi-yo shuginani-yo
22.1K views11:26
Ochish/sharhlash