Get Mystery Box with random crypto!

1,5 stavka dars soati olgan, oliy yoki birinchi toifali CEFRga | Sherzod Shermatov

1,5 stavka dars soati olgan, oliy yoki birinchi toifali CEFRga ega ingliz tili o’qituvchisi olis hududdagi qizil maktabda ta’lim bersa oyligi 10 millionga yetishi bilan birga, yillar davomida ingliz tili o’qituvchisi bo’lmagan shunday maktablardagi o’quvchilarning kelajagiga juda katta yordam bo’lishi aniq.

Nurobod tumanining olis hududida yillar davomida ingliz tili darsi o’tilmagan qizil maktabga buxorolik er-xotin ingliz tili o’qituvchilari kelgani ushbu maktab o’quvchilari uchun ta’lim sifatini oshirishga ko’mak berishni boshlaganini guvohi bo’lib, ularga minnatdorchilik sifatida “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishonini topshirib keldik. Shunday fidoiy o’qituvchilarimiz ko’paysa, albatta, ta’lim sifati past maktablarda ham ijobiy o’zgarishlar tezroq bo’ladi.

Shuningdek, Nurobod tumanining olis hududlariga borib ishlayotgan boshqa qator, asosan yosh o’qituvchilar bilan ham uchrashdik. Ular ham o’zlari tug’ilib o’sgan mahallalarini tashlab kelib dars o’tishmoqda. Batafsil: https://bit.ly/32vnG5W