Get Mystery Box with random crypto!

Onangizni holini so‘rang. Yosh bolasiz kungil bog‘ida, Ipak | Sevgi She'rlari

Onangizni holini so‘rang.

Yosh bolasiz kungil bog‘ida,
Ipak rumol boshiga o‘rang.
Kech qolmasdan tirik chog‘ida,
Onangizni holini so‘rang.

Yuravermay har yerda sayoq.
Zulmat tunda bo‘ling siz mayoq .
Boshingizga tegmasdan tayoq.
Onangizni holini so‘rang.

Uchqur saman otda yurmasdan.
Dabdabali qasr qurmasdan.
Yo‘q narsalar hayol surmasdan.
Onangizni holini so‘rang.

Kutib sizni ko‘zlari tolgan.
Yodingizda so‘zlari qolgan.
Supasidan sizga joy solgan.
Onangizni holini so‘rang.

Har kun o‘pib jannat poyini.
Misli makka turgan joyini.
Bir piyola ichib choyini.
Onangizni holini so‘rang.

Ezgu amal, savob qilsangiz.
Oyoq qo‘lin tavof qilsangiz.
Jannatlarga chipta bilsangiz.
Onangizni holini so‘rang.

Kelsangizda ishdan kech tolib.
Ayolingiz, bolangiz olib.
Qaytar dunyo ketmagay qolib.
Onangizni holini so‘rang.

Duolari yuling ochibdi.
Quyosh kabi nurin sochibdi.
Kuni kecha tobi qochibdi.
Onangizni holini so‘rang.

Ulchanmagay qadri pul bilan.
Kunglin oling yaxshi yul bilan.
Sovg‘a-salom, dasta gul bilan.
Onangizni holini so‘rang.

Hayot shunday o‘tib ketadi.
Qulga tayoq tutib ketadi.
Bir kun tuproq yutib ketadi.
Onangizni holini so‘rang.

Qadriga kech yetmadan turib.
Bu dunyodan ketmasdan turib.
Kuksingizga bitta musht urib.
Onangizni holini so‘rang.

Ruhi tandan ketmasdan kuchib
Samolarga yetmasdan uchib.
Yig‘lamasdan qabrini quchib.
Onangizni holini so‘rang.

Sobitjon Eshtemirov.

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj