Get Mystery Box with random crypto!

«Qo'lingni qo'limga bergin sen ey yor» «Dunyoning tashvishin | Sevgi She'rlari

«Qo'lingni qo'limga bergin sen ey yor»

«Dunyoning tashvishin tashlab orqaga»
Sevgi-la qaraymiz butun olamga
Orzular aylanar bir kun ro'yobga
Qo'lingni qo'limga bergin sen ey yor

Savoblar yig'ib biz yorug' jahonda
Gunoh-u yomondan bo'lib omonda
Boramiz abadiy jannat tomonga
Qo'lingni qo'limga bergin sen ey yor

Sen solih ota-yu, men soliha yor
Besh mahal namozga bo'lamiz xushyor
Allohning biz uchun saodati bor
Qo'lingni qo'limga bergin sen ey yor

Kutaman sabr-la seni ey yorim
Xaromga boqmagin, saqlagin oring
Kun kelib bilarsan yoringning borin
Qo'lingni qo'limga berarsan ey yor

Bomdodga azondek uyg'otarman, men
Hayoting oy bo'lib yoritarman, men
Bir kuni sen bilan uchrasharmiz men
Qo'lingni qo'limga bergin sen ey yor

Ikki dunyo sevgim atalur senga
Suyanchim, halolim bo'lursan menga
Iymonni insofni singdir o'zingga
Qo'lingni qo'limga bergin sen ey yor

Layliga havas yo'q, bo'lay Fotima
Alining yo'lin tut, bo'lgin pokiza
Jannatda ikkimiz— bo'lar xotima
Qo'lingni qo'limga bergin sen ey yor...




Nishonova Iroda

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj