Get Mystery Box with random crypto!

Shaxsiy Blog1

Telegram kanalining logotibi shaxsiyblog1 — Shaxsiy Blog1 S
Telegram kanalining logotibi shaxsiyblog1 — Shaxsiy Blog1
Kanal manzili: @shaxsiyblog1
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 28
Kanalning ta’rifi

Qiziqishlar natijasida ochilgan kanal. Juda faol emas. Iqtiboslar, aqlli, ma'noli gaplar bo'lishi mumkin. Maqola ham yozib qolarman.
@shaxsiyblog_bot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-05-28 13:35:03 FAYLASUF
(latoif)
Faylasuflarning biridan soʻrashibdi:
- Xotinlikka qanaqa ayolni tanlagan boʻlar edingiz?
Faylasuf dedi:
- Chiroyli ayolni xohlamayman. Chunki unga boshqalarning ham havasi keladi. Xunik ayolni ham xohlamayman. Chunki nafsim uni xushlamaydi. Uzun ayolni xohlamayman. Chunki unga boshimni koʻtarib qarashga majbur boʻlaman. Pakana ayolni ham istamayman. Chunki unga boshimni pastga tushirishga majbur boʻlaman. Semiz xotinni ham xohlamayman. Chunki u mendan shabadani man qiladi. Ozgʻin ayolni ham istamayman. Chunki uni xayol deb tasuvvur qilishim mumkin. Shamga oʻxshash oq ayolni ham istamayman. Arvoh singari qora ayolni ham xohlamayman. Meni tushunmaydigan johila ayolni ham istamayman. Men bilan gap talashadigan ilmli ayolni ham xohlamayman...

Faylasufni Alloh rahmat qilsin, boʻydoq oʻtib ketgan ekan!

Abdulqodir Samarqandiy

https://t.me/joinchat/V9rOjjc2w___l0Xf
47 views10:35
Ochish/sharhlash
2022-05-24 20:08:13 Kimdan ibrat olay?

Moʻysafid bobolar nos chekib tursa,
Qadamda behayo soʻkinib yursa,
Haqni koʻra turib yuzlarin bursa,
Kimdan ibrat olay yolgʻon dunyoda?

Momolar duosi qargʻishdan battar,
Shlyapa kiyishda ruslardan oʻtar,
Iffatsiz libosi shaytoniy xatar,
Kimdan ibrat olay yolgʻon dunyoda?

Odatga aylandi behayo soʻzlar,
Qadamda uchraydi beibo qizlar,
Qarib quyulmagan zinokor koʻzlar,
Kimdan ibrat olay yolgʻon dunyoda?

Ogʻzida sigaret yosh-u qarini,
Gerdayib taqarlar dunyo zarini,
Iblis oʻz yoʻliga solsa barini,
Kimdan ibrat olay yolgʻon dunyoda?

Kattalar kichikni izzat qilmasa,
Kichiklar kattani hurmat qilmasa,
Yashashning qadrini hech kim bilmasa,
Kimdan ibrat olay yolgʻon dunyoda?

Yovlarim qoningni ichaman deydi,
Toshbaqa bulutni quchaman deydi,
Qanoti yoʻqlar ham uchaman deydi,
Kimdan ibrat olay yolgʻon dunyoda?

Shahvoniy soʻzlasa nuroniy inson,
Nahotki dillarda qolmadi iymon,
Muhitning xoliga qalbimda isyon,
Kimdan ibrat olay yolgʻon dunyoda?

Tillarda ilm bor dilda amal yoʻq,
Beamal umrdan aslo samar yoʻq,
Hazrati "Mahdiy"dan biror xabar yoʻq,
Kimdan ibrat olay yolgʻon dunyoda?

Vohlar boʻlsin bizga nodonmiz ey voh,
Bandalar yoʻlida iblislar hamroh,
Ibrat boʻlguvchilar oʻzlari gumroh,
Kimdan ibrat olay yolgʻon dunyoda?

Riyokor amali dunyoga oshkor,
Munofiq moʻminga bermoqda ozor,
Doʻstlarim aytinglar kimda ibrat bor?
Kimdan ibrat olay yolgʻon dunyoda?

Abdulloh Yusuf
Vodiydan gapiramiz

https://t.me/joinchat/V9rOjjc2w___l0Xf
46 views17:08
Ochish/sharhlash
2022-05-23 08:22:08 Uhud kamonchilari kim edi?

Turkiyalik Islom olimi Mehmet Fotih Chitlak xoʻjamiz Umra ziyorati vaqtida Uhud togʻiga uzoq boqib, yonidagi talabalaridan soʻraydi:
- Uhud gʻazotida kamonchilar tepaligini (oʻlja toʻplash uchun) tark etgan sahobalar kimlar edi?
Hamma jim. Javob yoʻq. Ustoz savolini takrorlaydi:
- Kamonchilar tepaligini tark etgan sahobalar kimlar edi?
Talabalarning xijolatdan boshlari egik.
- Bilmaymiz, ustoz... - deyishadi sekingina.
- Ishoning, aslida men xam buni bilmayman, - deydi ustoz koʻzlari yoshlanib. - Buni hech kim bilmaydi. Ularning nomlari hech qachon hech yerda aytilmagan, hech bir manbada yozib qoldirilmagan. Tepalikni tashlab ketib, musulmonlarning koʻp talafot koʻrishiga sababchi boʻlgan oʻsha kamonchilarning kim boʻlganini hatto ularning rafiqalari xam, farzandlari xam bilmaganlar. Chunki, boshqa sahobalar buni aslo oshkor etishmagan, yashirishgan. Yillar oʻtib, Jamal va Siffin hodisalarida bir-birlariga qarama-qarshi turganlarida xam, "Siz Uhuddagi tepalikni tashlab ketgandingiz", deya oʻzaro malomat qilganlari yoʻq. Bir-birlariga qarama-qarshi xollarida ham bir-birlarining xatolarini yuziga solishmadi. Chin moʻmin-musulmon - mana shunday goʻzal axloq egasidir! Endi anglab turibmanki, Uhud aslida magʻlubiyat emas, gʻalaba boʻlgan ekan - insoniylik, musulmonlik gʻalabasi boʻlgan ekan...

Bir-birining xatosini koʻrib qolsa, ayblash "imkoniyati"ni qoʻldan boy bermay, darhol ommaga oshkor qilishga kirishadigan; bir-birini obroʻsizlantirishdan, masxaralashdan zavq oladigan "muslim"larni, "muslima"larni koʻrganimda ustozimizning shu gaplari esimga tushadi.

..."Men bor gapni aytyapman, xolis odamman" deya boshqalarniyu oʻzini aldaydiganlar ikki yelkalaridagi malaklarni alday olmaydilar-ku baribir! Bu ishlari uchun malaklar ularning nomai aʼmoliga: "Bu banda - xolislardandir" deb yozishmaydi, "Bu banda birodarining goʻshtini yedi" deb yozishadi.

Bir-birining aybu xatosini ommaga oshkor qilmagan, bir-birining kamchiligini elga doston qilishdan hazar etgan asʼhobi kirom qatori Jannatga kirmoqni istaydigan "gapdon"lar dindoshlarining goʻshtini chaynashga ixtisoslashgan ogʻizlarini tavba suvi bilan poklab olsinlar. Chunki, Jannat - yuvuqsizlar kiradigan joy emas.

Rustamjon domla

https://t.me/joinchat/V9rOjjc2w___l0Xf
24 views05:22
Ochish/sharhlash
2022-05-09 08:22:41 Koinotda 200,000,000,000,000,000,000,000 ta yulduz bor.

Agar har bir yulduzning hajmi, tarkibi, joylashuvi, orbitasi, sayyoralar soni, umri va boshqa barcha o'lchov-mezonlarini hisoblab, koinotdagi o'z o'rniga joylashtirishga 1 sekund sarflansa, koinotni shu holga keltirish uchun 6,000,000,000,000,000 yil talab etilardi.

Avvalgi dahriylar, bugungi kundagi dahriylardan ancha aqlli bo'lib, oxirat va qayta tirilish haqida ilmiy-mantiqiy savollarni berishgan.

O'sha o'rta asr qoloq arab diyoridagi dahriylardan biri "agar suyagimiz chirib, yer bilan bitta bo'lib ketsak ham qayta tirilamizmi?" deb e'tiroz bildirgan.

Faraz qiling, siz o'ldingiz, sizning suyagingiz chirib, sizning tarkibingiz qumursqaga yem bo'ldi va qumursqaning tarkibiga aylandi. Sizning vujudingizdagi moddalar endi qumursqani, o't-o'lanni, sigirni, sutni yoki sigirni yegan boshqa odamning vujudiga aylanib ketaveradi. Shu tariqa bir modda qiyomatga qadar minglab mahluqotlarning vujudi bo'lib beradi.

Xo'sh, Alloh taolo bizni qayta yaratganda, qaysi atomlardan tashkil topamiz? Barmoq izlarimizgacha qayta tiklanamizmi? Hammamiz o'zimizning tashqi qiyofamizda-a? Ham ruhan, ham jismonanmi?

Yana bir degandami?
Shuni qilish uchun qancha hisob-kitobni qilish kerak?! Unga qancha vaqt kerak?! O'ylayapsizmi? Qo'ysangizchi, bo'lmagan gapni...

Mana shunaqa aqlni charxlaydigan savollar berilganda Alloh taolo (kalom usulida) go'zal javob bergan:

ءَأَنتُمْ أَشَدُّ خَلْقًا أَمِ ٱلسَّمَآءُۚ بَنَىٰهَا

Sizlarni yaratish qiyinmi yoki U zot bino qilgan osmonnimi?

Nazi'at surasi, 27.

Darhaqiqat, "Bo'l!" deyish bilan birinchi qavat osmonning o'zidagi taxminan
200,000,000,000,000,000,000,000 ta yulduzni uning barcha sayyoralariyu, atomlarigacha o'lchov bilan, bekamu-ko'st yaratib, o'z o'rnida ustunsiz ko'tarib qo'ygan Allohga, birgina yerdagi insonlarni qayta yaratish qiyin bo'larmidi?

SaidKomil MuhammadKarim

https://t.me/joinchat/V9rOjjc2w___l0Xf
30 views05:22
Ochish/sharhlash
2022-05-08 00:52:26 Bu xalq siyosatdan uzoq tutilgani va doimo kun o'tkazish qorin to'yg'azish g'ami bilan band etib qo'yilgani uchun yurtiga bostirib kelganlarni ham indamay qabul qilaveradigan, hattoki ularga «najotkor» sifatida qaraydigan darajaga yetib kelgan ekan”

1873- yil Xiva ishg'olida rus chor askarlari safida qatnashgan amerikalik harbiy muxbir Yanvariy Aleiziy Maggaxen shunday yozadi:
«Amudaryo kechuvidan o'tib xorib charchagan edik. Agar qatiq qarshilik bo'lsa bu ahvolda nima qilamiz ekan degan tashvish ham bor edi. Ammo biz Xozaraspdan Xivagacha biror qarshiliksiz, hattoki mahalliy aholidan oziq ovqat olib qiynalmay yetib bordik. Askarlarimiz aholidan yangi uzulgan olma, o'rik, shaftoli non choy sotib olishar edi. «Jazirama issiqda otlarimizni nima bilan ozuqlantiramiz» deb xavotirda edik. Bog'ot va Xozaraspliklar bizga otlarimiz uchun jo'g'ori va beda ham sotishdi»

Yurtiga bostirib kirgan bosqinchilar bilan bemolol savdo qiluvchi bu xalq amerikalik harbiy muxbirni avvaliga tajjublantirdi. Xiva ishg'olidan so'ng qochib ketgan xon, Chor Rossiyasi vassali bo'lishga rozi bo'lib, yana saroyga qaytgach, muxbir u bilan ko'rishdi va suhbat qurdi. Va shu suhbat jarayonida tushundiki bu xalq siyosatdan uzoq tutilgani va doimo kun o'tkazish qorin to'yg'azish g'ami bilan band etib qo'yilgani uchun yurtiga bostirib kelganlarni ham indamay qabul qilaveradigan, xattoki ularga «najotkor» sifatida qaraydigan darajaga yetib kelgan ekan.

O'z Xalqiga past nazar bilan qarovchi hukumdorlarni, aholisini aksariyat qismini ishsiz va kambag'al xolatida o'zlari kayfu safo bilan band amaldorlarni mabodo chetdan dushman bostirib kirsa shu xalqdan yordam kutishga qanchalik haqqi bor ekan?

3 ta xonlik ishg'ol etilgach uni boshqargan birorta xon yoki saroy amaldorlari mardlarcha yurtda qolib uni himoyasi uchun turib bermagan. Hammasi chetga qochgan o'z jonini o'ylab. Shu tarixiy voqealar bizga o'rnak bo'lishi lozim.

Qo'qonning so'ngi xoni Xudoyorxon -- 1882-yil. Afg'onistonda yo'lda, vafot etadi.

Xivaning so'ngi xoni Said Abdullaxon -- Ukrainda 1930-yili, 63 yoshida otboqarlik qilib, ocharchilikdan vafot etadi va konchilar qabristoniga dafn etilgan. Qabri hozirgacha topilmagan.

Buxoroning so'ngi amiri Said Muhammad Olimxon — Mamlakatdan qochib ketganidan keyin qorako'l teri sotib tirikchilik qilgan. Umrini so'ngi kunlari ko'zi butunlay ko'rmay qolgan.
1944-yilda, 64 yoshida vafot etgan. U Afg'onistonga dafn etilgan.
Qabr toshiga shu misralar yozilgan ekan:
"Bevatan amir xoru faqirdir,
Gado gar o'z Vatanida bo'lsa Amirdir..

Mirjalol Saidov

https://t.me/joinchat/V9rOjjc2w___l0Xf
24 views21:52
Ochish/sharhlash
2022-05-07 04:13:43 "Musofir bo'lmaguncha musulmon bo'lmas"

Ilgari bu so'zlarni eshitganimda, biroz boshqacha fikrlar kelardi xayolimga.

Inson musofirlikda bo'lsa, qiyinchilik ko'rsa, yaqinlarining qadriga yetadi, qanchalar ne'matlar ichida bo'lganini anglaydi, deb o'ylardim. Bu ham juda xato fikr emasdir asli. Biroq qanday qilib bularni anglagan inson musulmon bo'lib qoladi?

Keyinroq esa menga bu so'zlarning chinakam haqiqati ko'rindi.

Xo'sh, musofir inson qanday bo'ladi? Albatta, musofir qaysidir joyga qandaydir maqsad bilan borgan odamdir.

O'qish, ish, sayohat, davolanish...

Inson qay maqsad bilan uyidan uzoq manzilga chiqmasin, o'sha maqsad hosil bo'lgunicha kerak bo'ladigan narsalargagina vaqt, mablag' va kuch sarflaydi. Undan ortig'iga emas.

Axir kim ham ijara uyini eng so'nggi urfdagi pardayu gilamlar bilan bezagisi kelardi?

Kim ham bugun-erta tark etishi aniq bo'lgan joyga chiroyli mebellar o'rnatib, eng antiqa dekor elementlari bilan bezatib o'tirardi?

Musofir inson uchun tashqaridagi asosiy vazifalarini bajargach, tunni o'tkazish uchun bir qulay o'rin, issiq va sovuqdan asray oladigan kichikkina bir boshpana, eng elementar gigienik ehtiyojlariga yetarli suv, ochqaganida yeb olishi uchun biroz taom, taomga kerak bo'ladigan zaruriy idish-tovoqlar bo'lsa bo'ldi. Boshqasi kerakmas.

Mabodo, biroz pul orttirguday bo'lsa ham, bu mablag'ni tezdan o'z uyiga, yaqinlariga yuborish payidan bo'ladi. Chunki u qaytgunicha yaqinlari uyiga biror sharoit qiladi. Qaytgach o'zi ham bundan bemalol bahramand bo'lishini yaxshi his qiladi.

Ana endi musofir musulmonga qanchalar o'xshashligi ayon bo'ldi.

Musofir o'z yurtidan yiroqda bo'lgani uchun musofir hisoblansa, musulmon Jannatidan yiroqda bo'lgani uchun ham musofir kabidir.

Yer yuzi musulmon uchun go'yo o'zga bir yurtdek.

Shunday ekan, biz ham biroz mablag' orttirgudek bo'lsak, uni vaqtinchalik ijara uyimizning ortiqcha va hashamdor bezaklariga emas, o'z uyimizning obod bo'lishiga sarf etish payida bo'lishimiz lozim ekan.

Qaytganimizda bizni qanday sharoit kutib turishini xohlasak, shunga ko'ra harakat qilmog'imiz kerak.

Darhaqiqat, musofir bo'lmaguncha, musulmon bo'lmas inson...

P/S: anchadan buyon miyamda aylanib, aylanib, tunov kuni Toshkentda xarid qilingan bir qancha kitoblarni o'z uyimga olib ketish harakatida yana takror xayoldan kechgan o'ylar)

Gavhar Nasrulloh

https://t.me/joinchat/V9rOjjc2w___l0Xf
19 views01:13
Ochish/sharhlash
2022-05-06 22:04:58 ​​Ayni vaqtda bir joyda toʻxtab turibman deb oʻylaysizmi?

Hozirda siz ustida turgan Sayyora Yulduzni uning orbitasi boʻylab taxminan 30km/sekund tezlikda aylanmoqda.

U yulduz esa oʻzi tegishli Galaktika orbitasida 250km/s tezlikda aylanmoqda.

Galaktika esa Koinotda taxminan 600km/s tezlikda harakatlanmoqda.

Agar biz ushbu xabarni o'qish uchun sizga 20 soniya kerak bo'ladi, deb hisoblasak, siz buni o'qishni boshlaganingizdan beri siz Koinot bo'ylab deyarli 12000 km yo'l bosib o'tgansiz.

Gap oʻrtacha tezliklar haqida ketmoqda.

Somon yoʻli galaktikasi tezligiga kelsak, olimlar uning atrofidagi Galaktikalar tomonidan berilgan maʼlumotga nisbatan 600 km/s tezlikda harakat qilishiga ishonishadi, Yer esa kuniga 51,84 million km tezlikda harakatlanadi.

Muhammad Dovud Asadov

https://t.me/joinchat/V9rOjjc2w___l0Xf
21 views19:04
Ochish/sharhlash
2022-05-06 21:05:46 Mening maqsadim sunnati nabaviyyani unga dog' tushiradigan narsalardan tozalashdir. Ayni paytda yana mening maqsadim quyidagi sifatga ega insonlardan Islom madaniyatini himoya qilish hamdir.

U insonlar shanba kuni ilm talabini boshlaydilar, yakshanba kuni dars berishga o'tadilar, dushanba kuni ilmda ustoz bo'lib olgan bo'ladilarda, seshanbaga kelib buyuk imomlarga til uzata: «Ular ham oddiy odamlar, biz ham oddiy odamlarmiz», deydilar.

SHayx Muhammad G'azzoliy rohimahulloh

Facebook

https://t.me/joinchat/V9rOjjc2w___l0Xf
18 views18:05
Ochish/sharhlash
2022-05-05 05:03:48 Internet olamida turli yo'nalishlarda ekspert va tahlilchilar ko'p.

Ba'zan yosh yoki tajribasiz auditoriyaning o'sha mutaxassislarning fikrini 100% to'g'ri deb qabul qilayotganlarni ko'raman.

Ayniqsa, iqtisod va siyosat yo'nalishlarida.

Shu o'rinda bir narsani esdan chiqarmaslik kerak: har qanday sohada bo'lgani kabi, iqtisodiyot va siyosatda ham nazariyotchi va amaliyotchi mutaxassislar bo'ladi.

Ijtimoiy soha aniq fan bo'lmagani uchun unda formulalar ishlamaydi, balki qarashlar bo'ladi.

Kuchli nazariy iqtisodiyotchi, chetdan turib, aslida qanday bo'lishi kerakligi xaqida fikr bildirishi, shuningdek, bo'layotgan hodisalarni tahlil qilib berishga urinishi mumkin. Ammo uning tahlili taxmin va ommaga e'lon qilingan ma'lumotlargagina tayangan bo'ladi. U to'laqonli tahlil qila olishi uchun barcha raqamlarga ega bo'lishi kerak.

Nazariy siyosatchi ham, risolada qanday bo'lishi kerakligi, yoki qabul qilingan qarorlar nimaga olib kelishi mumkinligi haqida fikr bildirishi mumkin. Ammo, amaliyotchi siyosatchilar nima sababdan shu qarorga kelganligini aytolmaydi.

Amaliyotchilar nazariy jihatdan kuchli bo'lmasligi mumkin, ammo ularning qo'lida, nazariyotchi mutaxassislarda bo'lmagan ma'lumotlar bo'ladi. Shuni unutmang.

Shundan kelib chiqib, har qanday tahlilchining so'ziga to'g'ridan-to'g'ri ishonib ketavermang, balki uni muqobil fikr sifatidagina qabul qiling.

SaidKomil MuhammadKarim

https://t.me/joinchat/V9rOjjc2w___l0Xf
22 views02:03
Ochish/sharhlash
2022-05-04 23:41:37 Bugun nikoh valiymasiga bordik. Bir qiziq, eski ikki voqea esimga tushdi.

Tanishlarimdan biri to'yga boribdi. U vaqtda to'ylar hovlilarda bo'lardi. Kutib oluvchilardan biriga sovg'aga olingan gilamni berib, uyga kiribdi. Mezbonlar orasida uy egasi ko'rinmabdi. O'tirib, o'tirib, axiyri birovdan "Falonchi ko'rinmayabdilar-a!?" deb, so'rabdi. So'raluvchi "Bugun u kishinikida ham to'y edi, shunga chiqa olmadilar, uylari bizdan sal keyinroqda" debdi. Bu gapni eshitib, mehmonning nafasi ichiga tushib ketibdi. Biroz turib, darvoza oldiga chiqibdi, sekin birovni chaqirib, zo'rg'a "Shu desangiz, biz boshqa to'yga kirishimiz kerak ekan, gilamimizni qaytarib bersangiz" debdi. U odam ham yaxshi tushungan odam ekan, "Bo'lib turadi, aka" deb, darrov olib chiqib, narigi to'yga yo'llab qo'yibdi)))...

-----

Ikkinchi voqea.
Qishloqdan shaharga uch-to'rt kishi to'yga boribdi. Mehmonlar o'ltirgan uyga birov qandaydir taom olib kirib "Kamchiliklar yo'qmi?" debdi. "Yo'q" deyishibdi. Yana kimdir nimadir olib kirib "Kamchiliklar yo'qmi?" debdi. Yana "Yo'q" deyishibdi. Yana kirishibdi, yana, yana...

Keyin mehmonlardan biri "Kel, bu shaharlikni bir boplamaymizmi?" debdi. "Qanday qilib?" debdi ikkinchisi. "Kamchiliklar bormi desa, bor deymiz" debdi. "Hamma narsa bo'lsa, nimani aytamiz?" debdi. "Qo'y go'shtining qovurg'asidan kabob bormi, deymiz" debdi. Shu payt yoshi katta otaxon kirib, "Mehmonlar, kamchiliklar bormi?" debdi. Payt poylab turgan odam shoshilib, "Bor kamchilik" debdi. Shunda otaxon "Ukaginam, bu to'yxona, keldi-ketdi ko'p, uncha -muncha kamchilikka ko'z yumasiz" debdi))...

https://t.me/joinchat/V9rOjjc2w___l0Xf
18 views20:41
Ochish/sharhlash