Get Mystery Box with random crypto!

Internet olamida turli yo'nalishlarda ekspert va tahlilchilar | Shaxsiy Blog1

Internet olamida turli yo'nalishlarda ekspert va tahlilchilar ko'p.

Ba'zan yosh yoki tajribasiz auditoriyaning o'sha mutaxassislarning fikrini 100% to'g'ri deb qabul qilayotganlarni ko'raman.

Ayniqsa, iqtisod va siyosat yo'nalishlarida.

Shu o'rinda bir narsani esdan chiqarmaslik kerak: har qanday sohada bo'lgani kabi, iqtisodiyot va siyosatda ham nazariyotchi va amaliyotchi mutaxassislar bo'ladi.

Ijtimoiy soha aniq fan bo'lmagani uchun unda formulalar ishlamaydi, balki qarashlar bo'ladi.

Kuchli nazariy iqtisodiyotchi, chetdan turib, aslida qanday bo'lishi kerakligi xaqida fikr bildirishi, shuningdek, bo'layotgan hodisalarni tahlil qilib berishga urinishi mumkin. Ammo uning tahlili taxmin va ommaga e'lon qilingan ma'lumotlargagina tayangan bo'ladi. U to'laqonli tahlil qila olishi uchun barcha raqamlarga ega bo'lishi kerak.

Nazariy siyosatchi ham, risolada qanday bo'lishi kerakligi, yoki qabul qilingan qarorlar nimaga olib kelishi mumkinligi haqida fikr bildirishi mumkin. Ammo, amaliyotchi siyosatchilar nima sababdan shu qarorga kelganligini aytolmaydi.

Amaliyotchilar nazariy jihatdan kuchli bo'lmasligi mumkin, ammo ularning qo'lida, nazariyotchi mutaxassislarda bo'lmagan ma'lumotlar bo'ladi. Shuni unutmang.

Shundan kelib chiqib, har qanday tahlilchining so'ziga to'g'ridan-to'g'ri ishonib ketavermang, balki uni muqobil fikr sifatidagina qabul qiling.

SaidKomil MuhammadKarim

https://t.me/joinchat/V9rOjjc2w___l0Xf