Get Mystery Box with random crypto!

Bugun nikoh valiymasiga bordik. Bir qiziq, eski ikki voqea esi | Shaxsiy Blog1

Bugun nikoh valiymasiga bordik. Bir qiziq, eski ikki voqea esimga tushdi.

Tanishlarimdan biri to'yga boribdi. U vaqtda to'ylar hovlilarda bo'lardi. Kutib oluvchilardan biriga sovg'aga olingan gilamni berib, uyga kiribdi. Mezbonlar orasida uy egasi ko'rinmabdi. O'tirib, o'tirib, axiyri birovdan "Falonchi ko'rinmayabdilar-a!?" deb, so'rabdi. So'raluvchi "Bugun u kishinikida ham to'y edi, shunga chiqa olmadilar, uylari bizdan sal keyinroqda" debdi. Bu gapni eshitib, mehmonning nafasi ichiga tushib ketibdi. Biroz turib, darvoza oldiga chiqibdi, sekin birovni chaqirib, zo'rg'a "Shu desangiz, biz boshqa to'yga kirishimiz kerak ekan, gilamimizni qaytarib bersangiz" debdi. U odam ham yaxshi tushungan odam ekan, "Bo'lib turadi, aka" deb, darrov olib chiqib, narigi to'yga yo'llab qo'yibdi)))...

-----

Ikkinchi voqea.
Qishloqdan shaharga uch-to'rt kishi to'yga boribdi. Mehmonlar o'ltirgan uyga birov qandaydir taom olib kirib "Kamchiliklar yo'qmi?" debdi. "Yo'q" deyishibdi. Yana kimdir nimadir olib kirib "Kamchiliklar yo'qmi?" debdi. Yana "Yo'q" deyishibdi. Yana kirishibdi, yana, yana...

Keyin mehmonlardan biri "Kel, bu shaharlikni bir boplamaymizmi?" debdi. "Qanday qilib?" debdi ikkinchisi. "Kamchiliklar bormi desa, bor deymiz" debdi. "Hamma narsa bo'lsa, nimani aytamiz?" debdi. "Qo'y go'shtining qovurg'asidan kabob bormi, deymiz" debdi. Shu payt yoshi katta otaxon kirib, "Mehmonlar, kamchiliklar bormi?" debdi. Payt poylab turgan odam shoshilib, "Bor kamchilik" debdi. Shunda otaxon "Ukaginam, bu to'yxona, keldi-ketdi ko'p, uncha -muncha kamchilikka ko'z yumasiz" debdi))...

https://t.me/joinchat/V9rOjjc2w___l0Xf