Get Mystery Box with random crypto!

Bu xalq siyosatdan uzoq tutilgani va doimo kun o'tkazish qorin | Shaxsiy Blog1

Bu xalq siyosatdan uzoq tutilgani va doimo kun o'tkazish qorin to'yg'azish g'ami bilan band etib qo'yilgani uchun yurtiga bostirib kelganlarni ham indamay qabul qilaveradigan, hattoki ularga «najotkor» sifatida qaraydigan darajaga yetib kelgan ekan”

1873- yil Xiva ishg'olida rus chor askarlari safida qatnashgan amerikalik harbiy muxbir Yanvariy Aleiziy Maggaxen shunday yozadi:
«Amudaryo kechuvidan o'tib xorib charchagan edik. Agar qatiq qarshilik bo'lsa bu ahvolda nima qilamiz ekan degan tashvish ham bor edi. Ammo biz Xozaraspdan Xivagacha biror qarshiliksiz, hattoki mahalliy aholidan oziq ovqat olib qiynalmay yetib bordik. Askarlarimiz aholidan yangi uzulgan olma, o'rik, shaftoli non choy sotib olishar edi. «Jazirama issiqda otlarimizni nima bilan ozuqlantiramiz» deb xavotirda edik. Bog'ot va Xozaraspliklar bizga otlarimiz uchun jo'g'ori va beda ham sotishdi»

Yurtiga bostirib kirgan bosqinchilar bilan bemolol savdo qiluvchi bu xalq amerikalik harbiy muxbirni avvaliga tajjublantirdi. Xiva ishg'olidan so'ng qochib ketgan xon, Chor Rossiyasi vassali bo'lishga rozi bo'lib, yana saroyga qaytgach, muxbir u bilan ko'rishdi va suhbat qurdi. Va shu suhbat jarayonida tushundiki bu xalq siyosatdan uzoq tutilgani va doimo kun o'tkazish qorin to'yg'azish g'ami bilan band etib qo'yilgani uchun yurtiga bostirib kelganlarni ham indamay qabul qilaveradigan, xattoki ularga «najotkor» sifatida qaraydigan darajaga yetib kelgan ekan.

O'z Xalqiga past nazar bilan qarovchi hukumdorlarni, aholisini aksariyat qismini ishsiz va kambag'al xolatida o'zlari kayfu safo bilan band amaldorlarni mabodo chetdan dushman bostirib kirsa shu xalqdan yordam kutishga qanchalik haqqi bor ekan?

3 ta xonlik ishg'ol etilgach uni boshqargan birorta xon yoki saroy amaldorlari mardlarcha yurtda qolib uni himoyasi uchun turib bermagan. Hammasi chetga qochgan o'z jonini o'ylab. Shu tarixiy voqealar bizga o'rnak bo'lishi lozim.

Qo'qonning so'ngi xoni Xudoyorxon -- 1882-yil. Afg'onistonda yo'lda, vafot etadi.

Xivaning so'ngi xoni Said Abdullaxon -- Ukrainda 1930-yili, 63 yoshida otboqarlik qilib, ocharchilikdan vafot etadi va konchilar qabristoniga dafn etilgan. Qabri hozirgacha topilmagan.

Buxoroning so'ngi amiri Said Muhammad Olimxon — Mamlakatdan qochib ketganidan keyin qorako'l teri sotib tirikchilik qilgan. Umrini so'ngi kunlari ko'zi butunlay ko'rmay qolgan.
1944-yilda, 64 yoshida vafot etgan. U Afg'onistonga dafn etilgan.
Qabr toshiga shu misralar yozilgan ekan:
"Bevatan amir xoru faqirdir,
Gado gar o'z Vatanida bo'lsa Amirdir..

Mirjalol Saidov

https://t.me/joinchat/V9rOjjc2w___l0Xf