Get Mystery Box with random crypto!

Koinotda 200,000,000,000,000,000,000,000 ta yulduz bor. Agar | Shaxsiy Blog1

Koinotda 200,000,000,000,000,000,000,000 ta yulduz bor.

Agar har bir yulduzning hajmi, tarkibi, joylashuvi, orbitasi, sayyoralar soni, umri va boshqa barcha o'lchov-mezonlarini hisoblab, koinotdagi o'z o'rniga joylashtirishga 1 sekund sarflansa, koinotni shu holga keltirish uchun 6,000,000,000,000,000 yil talab etilardi.

Avvalgi dahriylar, bugungi kundagi dahriylardan ancha aqlli bo'lib, oxirat va qayta tirilish haqida ilmiy-mantiqiy savollarni berishgan.

O'sha o'rta asr qoloq arab diyoridagi dahriylardan biri "agar suyagimiz chirib, yer bilan bitta bo'lib ketsak ham qayta tirilamizmi?" deb e'tiroz bildirgan.

Faraz qiling, siz o'ldingiz, sizning suyagingiz chirib, sizning tarkibingiz qumursqaga yem bo'ldi va qumursqaning tarkibiga aylandi. Sizning vujudingizdagi moddalar endi qumursqani, o't-o'lanni, sigirni, sutni yoki sigirni yegan boshqa odamning vujudiga aylanib ketaveradi. Shu tariqa bir modda qiyomatga qadar minglab mahluqotlarning vujudi bo'lib beradi.

Xo'sh, Alloh taolo bizni qayta yaratganda, qaysi atomlardan tashkil topamiz? Barmoq izlarimizgacha qayta tiklanamizmi? Hammamiz o'zimizning tashqi qiyofamizda-a? Ham ruhan, ham jismonanmi?

Yana bir degandami?
Shuni qilish uchun qancha hisob-kitobni qilish kerak?! Unga qancha vaqt kerak?! O'ylayapsizmi? Qo'ysangizchi, bo'lmagan gapni...

Mana shunaqa aqlni charxlaydigan savollar berilganda Alloh taolo (kalom usulida) go'zal javob bergan:

ءَأَنتُمْ أَشَدُّ خَلْقًا أَمِ ٱلسَّمَآءُۚ بَنَىٰهَا

Sizlarni yaratish qiyinmi yoki U zot bino qilgan osmonnimi?

Nazi'at surasi, 27.

Darhaqiqat, "Bo'l!" deyish bilan birinchi qavat osmonning o'zidagi taxminan
200,000,000,000,000,000,000,000 ta yulduzni uning barcha sayyoralariyu, atomlarigacha o'lchov bilan, bekamu-ko'st yaratib, o'z o'rnida ustunsiz ko'tarib qo'ygan Allohga, birgina yerdagi insonlarni qayta yaratish qiyin bo'larmidi?

SaidKomil MuhammadKarim

https://t.me/joinchat/V9rOjjc2w___l0Xf