Get Mystery Box with random crypto!

Siz dasturlashni noto’g’ri o’rganyapsiz Yaqinda bir nechta bo | Sariq Dev

Siz dasturlashni noto’g’ri o’rganyapsiz

Yaqinda bir nechta bo’lajak dasturchilar bilan gaplashganimda o’rganish rejalari haqida so’radim. Ular tahminan quyidagicha javob berishdi:

1. Beginner kitob/kurs tugataman.
2. Intermediate kitob/kurs tugataman.
3. Advanced kitob/kurs tugataman.
4. Biror loyiha qilaman yoki ishga kiraman.

Muammo shundaki, siz ming advanced kitob o’qiganingiz bilan darajangiz advanced bo’lib qolmaydi. Huddi kachok bratlarning zalda trenirovka qilayotganini tamosha qilish orqali o’zingiz kachok bo’la olmaganingiz kabi.

O’zingiz amaliyot qilmagingizgacha o’zgarish juda juda sekin bo’ladi.

Reja tahminan quyidagicha bo’lishi kerak:

1. Beginner kitob/kurs tugataman.
2. Kichik loyiha qilaman.
3. Intermediate kitob/kurs tugataman.
4. Kattaroq loyiha qilaman.
5. Qiyinroq loyiha qilaman.
6. Yanada qiyinroq loyiha qilaman.
7. Undanda qiyinroq loyiha qilaman.
8. Va hokazo.

Advanced levelga faqat shunday qilib chiqasiz.

@jakhonrakhmonov