Get Mystery Box with random crypto!

Yoʻq, GPT-4 hozirgi koʻrinishida dasturchilarni ishsiz qoldirm | Sariq Dev

Yoʻq, GPT-4 hozirgi koʻrinishida dasturchilarni ishsiz qoldirmaydi. Oddiy bir script yozishni soʻradim, bergan kodini toʻgʻrilashga 2 kun vaqtim ketdi (toʻgʻrilash ham ChatGPT oʻzida boʻldi). Xit boʻlib ketdim, oxirida oʻzim qayta yozib qoʻya qoldim.

Xullas, hozircha tupikka kirganda bir narsalarni soʻrab olish yoki biror siz ishlatib koʻrmagan kutubxonadan foydalanish, soddaroq funksiya yozib berish, yangi APIga ulanish, code review, comment va testlar yozish va hokazolarni soʻrash mumkin. Lekin oz boʻlsa ham jiddiy dastur yozishga "aqli" yetmayapti.

Lekin bor imkoniyatlari bilan ham ancha samaradorlikni oshirish mumkin. Ha yana bir narsa, prompt engineering ya'ni ChatGPTga toʻgʻri savol bera olish juda muhim. Bu uchun hatto alohida kurslar ochilayapti.

Baʼzida ramkaga solish baʼzida esa aksincha, umumiy savol berish ham siz kutgandan yaxshiroq natija beradi.

Masalan, kecha bir muammoni Pythonda, xususan pandasda yechishni soʻradim, keyin esa hech qanday cheklov bermasdan yechim soʻradim. Google sheetsda bergan yechimi Pythonda bergan yechimdan tezroq va samaraliroq boʻlib chiqdi.

Xullas, yana oʻsha gap, hozircha AI raqobatchi emas, yordamchi.

@sariqdev