Get Mystery Box with random crypto!

Sanjar Xo‘ja

Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja S
Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja
Kanal manzili: @sanjar_xoja
Toifalar: Bloglar , Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 18.37K
Kanalning ta’rifi

HAYOT- MUSOBAQA MAYDONI EMAS...
Youtube: https://m.youtube.com/channel/UC4QRQxiGGAID-F5DjgvcX9A

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-04-14 02:48:31
Assalomu alaykum
Marhamat, siz uchun pozitiv video!

Siz bilan nimalarni qilganimiz haqida. Dunyoning har yerida turib, birlashganimiz haqida.

Havola:




@sanjar_xoja
4.8K views23:48
Ochish/sharhlash
2023-04-12 18:42:36
Qadimgi yunonda odamlar bir joyga yig‘ilgan. Turli mavzularni muhokama qilishgan.

Kunlarning birida minbarga yoshi ulug‘ inson chiqadi. Muhim masalada nutq qiladi. Lekin odamlar eshitmaydi. O‘zaro gaplashib o‘tiradi.

Shunda faylasuf:
-Odamlar, sizga bir hikoya aytaman. Keyin minbardan tushaman, debdi.

Hamma unga qarabdi. Eshak soyasi haqidagi hikoyani aytishni boshlabdi. Hikoyani o‘rtasiga kelganda, indamasdan minbardan tushib ketibdi.

Odamlar "keyin nima bo‘ldi, keyinchi", deb shovqin qilibdi. Shunda faylasuf:

-Shuncha muhim mavzuni aytdim, qaramadingiz. Kelajagimizdan ko‘ra sizga eshakni soyasi qiziqmi?, debdi.

Bugun "eshak qulog‘i" hikoyasiga qiziqqanlar uchun ibrat maqsadida yozdim.

Ramazon fayzli o‘tsin!

@sanjar_xoja
4.2K views15:42
Ochish/sharhlash
2023-04-11 13:22:10
Abdulla Qodiriyni taniymizmi?

Savodsiz Yo‘ldosh Oxunboboyevga yuqori mansab berildi. U O‘zbekistonga amaldor bo‘ldi.

Shu sababli 31 yoshli Abdulla "Eshakka papka berildi" nomli maqola yozdi. Keyin Oxunboboyev minbarga chiqib, jadidlarni "g‘alamis" deb aytdi.

Amaldorlar Yangi Sovet O‘zbekistoni derdi. Islohot va adolat so‘zidan foydalanib xalqni aldardi.

32 yoshli Abdulla amaldorlarni tanqid qildi. Maqolalar yozdi. Natijada, bir necha oyga qamaldi.

Savol, Qodiriy hozirgi davrda yashasa nima qilardi?

Ham amaldorlarni sevib, ham Qodiriyni bobom deb yurganlar yo uni tanimaydi, yo ikkiyuzlamachi.

Yana bir ma'lumot.
Taxtapullik tabib 43 yoshli Abdullaga xabar beradi, "Bu yerdan keting. Sizni ham qamashadi". Qodiriy ketmaydi. "Meni aybim yo‘q-ku, nega ketay?" deydi. Ya'ni o‘limni bo‘yniga olib, vatandan ketmadi, degan gap safsata.

Shunchaki, qonun ustuvorligiga, bir yil oldin o‘zgargan konstitutsiyaga ishondi. Hammasi Inson qadri uchun deb ishondi. Va qamaldi, otildi.

Qodiriyni taniymizmi?

@sanjar_xoja
6.0K views10:22
Ochish/sharhlash
2023-04-10 12:14:32
129 yil oldin Abdulla Qodiriy tug‘ilgan edi...

To‘liq video:




@sanjar_xoja
2.1K views09:14
Ochish/sharhlash
2023-04-10 04:13:53
Sarguzashtga va tarixga qiziqasizmi?

Sizga "Sayohatnoma" kitobini tavsiya qilaman. 700 yil avvalgi dunyo haqida qiziqarli ma'lumotlar bor.

1300-yillarda Xorazm haqida shunday yozilgan:

"Butun dunyo bo‘ylab qilgan sayohatimda men xorazmliklardan ko‘ra xushxulq, olijanob, mehmondo‘st odamlarni uchratmadim.

Ular namozni shunday tartibga rioya qilib o‘qiydilar:

Har bir muazzin o‘z masjidi yonida joylashgan xonadonlarni aylanib chiqib, namoz vaqti bo‘lganidan xabardor etadi. Kimki jamoat namozida qatnashmasa, imom ularni jamoat huzurida jazolaydi. Buning uchun har bir masjidda qamchin osig‘liq turadi".

"Sayohatnoma", 359-sahifa.
"Sharq" nashriyoti. Toshkent, 2012-yil.

@sanjar_xoja
5.2K views01:13
Ochish/sharhlash
2023-04-09 15:32:36
Bu fikrlar bloggerlarning dardi.

@sanjar_xoja
6.5K views12:32
Ochish/sharhlash
2023-04-09 04:38:16
Xojiakbar nega qamaldi?

Bu yigit siz va yaqinlaringiz sog‘lig‘i uchun kurashib keldi. Kunlarning birida ziddiyatli video qildi. Mavzu - sut mahsulotlari edi. Sut mahsulotlari esa ayrim oligarxlar qo‘lida.

Odamlar yogurtlardan shubhalanishni boshlasa, olmay qo‘yadi. Olmasa, oligarxning daromadi kamayadi. Shartta topshiriq berdi. Xojiakbarga chora ko‘rildi.

U oligarx kim?

-SSSR davrida oylikdan boshqa puli bo‘lmagan,
-Mustaqillik davrida mansabga o‘tirib, xalq pulini o‘margan,
-O‘marilgan pullarni oziq-ovqat yo‘nalishiga tikib, monopol qilgan,
-Mahsulotlarni mamlakatga olib kirib, xalqqa qimmatga sotib, yana ham boyigan,
-Yangi O‘zbekiston davrida xalq mulki va davlat aktivlarini arzonga o‘zlashtirgan oligarx...

Konstitutsiya bizniki. Qolgani oligarx va amaldorlarniki!

@sanjar_xoja
10.1K views01:38
Ochish/sharhlash
2023-04-07 14:20:42
-Xonlar davrida ezildik...

"Seniki-meniki" konsertining senariy tarixi.

"Voiz" filmidan parcha.

@sanjar_xoja
1.1K views11:20
Ochish/sharhlash
2023-04-04 15:26:38
Bir avtobus ezilganlar

Eski va Yangi O‘zbekiston

@sanjar_xoja
1.6K views12:26
Ochish/sharhlash
2023-04-03 19:25:47
Yangi O‘zbekiston zehniyati

@sanjar_xoja
3.7K views16:25
Ochish/sharhlash