Get Mystery Box with random crypto!

Qadimgi yunonda odamlar bir joyga yig‘ilgan. Turli mavzularni | Sanjar Xo‘ja

Qadimgi yunonda odamlar bir joyga yig‘ilgan. Turli mavzularni muhokama qilishgan.

Kunlarning birida minbarga yoshi ulug‘ inson chiqadi. Muhim masalada nutq qiladi. Lekin odamlar eshitmaydi. O‘zaro gaplashib o‘tiradi.

Shunda faylasuf:
-Odamlar, sizga bir hikoya aytaman. Keyin minbardan tushaman, debdi.

Hamma unga qarabdi. Eshak soyasi haqidagi hikoyani aytishni boshlabdi. Hikoyani o‘rtasiga kelganda, indamasdan minbardan tushib ketibdi.

Odamlar "keyin nima bo‘ldi, keyinchi", deb shovqin qilibdi. Shunda faylasuf:

-Shuncha muhim mavzuni aytdim, qaramadingiz. Kelajagimizdan ko‘ra sizga eshakni soyasi qiziqmi?, debdi.

Bugun "eshak qulog‘i" hikoyasiga qiziqqanlar uchun ibrat maqsadida yozdim.

Ramazon fayzli o‘tsin!

@sanjar_xoja