Get Mystery Box with random crypto!

Sanjar Xo‘ja

Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja S
Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja
Kanal manzili: @sanjar_xoja
Toifalar: Bloglar , Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 18.37K
Kanalning ta’rifi

HAYOT- MUSOBAQA MAYDONI EMAS...
Youtube: https://m.youtube.com/channel/UC4QRQxiGGAID-F5DjgvcX9A

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 23

2021-01-15 10:36:48
Sherzod Hidoyatov Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri etib tayinlangani munosabati bilan Jahongir Ortiqxo‘jaevni tabriklayman!

Sherzod Hidoyatov "Artelgroup" tarkibidagi "Dream Production" korxonasining direktori va "Toshkent city"ning direktori bo‘lib faoliyat yuritgan.

Yaqinlari va shogirdlari yuqori lavozimlarni egallayotgan Jahongir Ortiqxo‘jaevga bermoqchi bo‘lgan savollarim juda ko‘p. Afsuski, menda telefon raqami yo‘q. Agar bo‘lganida, avval shu savollarni berardim:

-"O‘zAvtoMotors" sizning nazoratingizga o‘tayotgani rostmi?

-Sizga tegishli barcha korxonalarning soliq va boj to‘lovlari uchun hukumat imtiyoz bergani rostmi?

-Yozgacha Bosh Vazir lavozimiga ko‘tarilishingiz bilan bog‘liq tayyorgarliklar rostmi?!

@sanjar_xoja
24.0K views07:36
Ochish/sharhlash
2021-01-14 13:31:30
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga Abduqodir Toshqulov tayinlanishi juda to‘g‘ri qaror.

Saylov oldidan ishonchlarni yangilash uchun to‘g‘ri qaror, lekin tizimni tozalash uchun emas. Chunki tizimdagi muammo shaxsga bog‘liqmas. Senat kengashi raisasi Tanzila Norboyeva e'tirof qilganidek, Oliy ta'lim tizimida quyi bo‘g‘indan yuqori bo‘g‘ingacha korrupsiyaga botgan. Yuqori bo‘g‘inga yaxshi inson vazir bo‘lib kelishi natijasida "hammasi zo‘r bo‘ladi" deb ishonganimiz uchun, doim bitta chuqurga aylanib kelib yana yiqilaveramiz.

Aytganimdek, saylov uchun ishonchlarni yangilashga yaxshi qadam tashlandi. Yoshlar va talabalarning kamida 1 million ovozi naqd degani. "O‘zbekneftgaz" va "O‘zbekenergo" ning raislarini bo‘shatib, o‘rniga yana xalq hurmatidagi inson tayinlansa, bo‘ldi- saylovdagi yutuq naqd!

Eslatma: Mashhur poygachi Mixael Shumaxer "Zaparojets"ga minsa, 400 km/soat tezlikda yurib ketmaydi!
Yaxshi niyat qilsak ham unday tez yurmaydi!

@sanjar_xoja
22.0K viewsedited  10:31
Ochish/sharhlash
2021-01-12 11:32:41
Bu yilgi prezidentlik saylovida barcha boyliklarimizni boshqarish va kelajagimizga aloqador masalalarni hal qilish vakolatini kimga beramiz?

Saylov bo‘ladigan kun ham, nomzodlar ham hozircha noma'lum. Lekin kim yutishini aniq bilaman!

Umid qilaman-ki, saylov oshkora qo‘g‘irchoq teatri bo‘lmasligi uchun asosiy nomzodga muxolif sifatida quyidagilar ko‘rsatilmaydi:

"XDP" partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov. (5 ta farzandi bor oilaga 2,5 million so‘m yetadi, degan shaxs)

"Milliy tiklanish" partiyasidan Alisher Qodirov. (o‘zini hurmat qilganlar Rossiyaga ishlash uchun avtobusda emas, samalyotda ketadi, degan shaxs)

"Ekologiya" partiyasidan Boriy Alixonov. (Humo qushi kabi ismi bor, rasmi bor, lekin hech qaerda ko‘rinmaydigan shaxs)

"XDP" partiyasidan Akmal Saidov. (Shavkat Mirziyoyev "master klas" o‘tgach, uzoq yil bilimsiz holda mansabda o‘tirganini tan olgan shaxs)

Eslatma:
Prezident saylovida dunyoning har yerida yashovchi O‘zbekiston fuqarosi o‘ziga xizmat qilishi uchun prezidentini belgilaydi.

@sanjar_xoja
19.1K viewsedited  08:32
Ochish/sharhlash
2021-01-10 14:57:07
Turkiyaning Adana viloyatidagi ko‘prik Rim Imperiyasi davrida, Miloddan avvalgi 4-asrda qurilgan. Ba'zi manbaalarda esa Miloddan avvalgi 15-asrda qurilgani aytiladi. Ya'ni ko‘prik 3500 yoki 2400 yillikdir.

Bizdachi?! 2-3 yillik ko‘priklar qulab tushyapti. Binolar, inshootlar davlat qudratining ramzidir, Amir Temur bobomiz aytganidek.

Shuning uchun, bobolarimiz bilan maqtanishni bir chetga surib, o‘zimizga shu savolni beraylik "nevaralarimiz biz bilan qanday g‘ururlanadi, "serial futbollarni rosa tomosha qilishardi, bir-biri bilan tortishib talashardi, san'atkorlarni muhokama qilib yashardi va bizga qarzlarni, yerosti boyliklarsiz quruq tuproqni va chirigan binolarni qoldirishdi" debmi?!"

"Eng xatarli inson toifasi- bu oz fikrlagan va ko‘p ishongandir".
Anton Chexov


@sanjar_xoja
21.4K views11:57
Ochish/sharhlash
2021-01-09 16:39:58
Propoganda usullaridan biri haqida

Propogandachi kishi, biror shaxs yoki guruhni qoralash maqsadida yomon nomlar bilan ataydi.

Masalan,
"O‘zAvtoMotors"ni tanqid qilganlarni Bosh Vazir Abdulla Aripov "populist" deb atadi.

"O‘zAvtoMotors"ni tanqid qilganlarni deputat Alisher Qodirov "soxta vatanparvarlar" deb atadi.

Tizimdagi muammolarni aytayotgan o‘qituvchilarni Xalq ta'lim vaziri Sherzod Shermatov "xaypchi" deb atadi.

Tanqid qilinganda, muammo bir chetda qolib, aytgan odamni "piarchi", "ochkochi", "buyurtma maqolachi", "fitnachi", "buzg‘unchi", "xoin", "chetda turib tosh otuvchi" kabi tamg‘ali gaplar aytilishi- bu Propogandadir.

Propoganda shunday san'atki, bir kishi boshqalarning oyog‘ini bosayotganda, o‘zi "voy-dod" deb baqiradi.
Bob Xoup
 
@sanjar_xoja
17.3K views13:39
Ochish/sharhlash
2021-01-09 12:58:04
Ассалому алайкум.
Сиз учун кирилл алифбоси қулай бўлса, барча мақола, фикр ва видеоларни @SanjarXoja_kirillcha каналида кузатиб боришингиз мумкин.

Ёзувлар ҳақида маълумот

Ўзбекистонда 1929-йилгача араб ёзувидан фойдаланилган. 1920-йилларнинг ўрталаридан Ўзбекистонда араб ёзувига кенг ҳужум бошланди. Араб ёзуви қолоқлигимизнинг, саводсизлигимизнинг, диндорлигимизнинг сабабчиси деб эълон қилинди. 1929—1930 ўқув йилидан Ўзбекистон лотин ёзувига ўтди ва биз ўзбек халқининг асрлар давомида ижод қилиниб келинган ҳамда чоп этилган илмий, бадиий ва фалсафий адабиётдан узилиб қолдик.
 
1929-йилдан бошлаб араб ёзувидан янги лотин ёзувига (яналиф) ўтилган. У 1940-йилгача ишлатилган.

1940 йилда Ўзбекистонда кирилл ёзувига ўтилди. Бунинг натижасида 1929-40 йиллар оралиғида чоп этилган илмий, бадиий, педагогик, ўқув адабиётлардан узилиб қолдик.

Манба: https://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbek_yozuvi

@sanjar_xoja
12.9K views09:58
Ochish/sharhlash
2021-01-08 16:36:27
Rasmiy raqamlar solishtirilganda Mo‘g‘uliston iqtisodiyoti O‘zbekistondan yaxshiroq ko‘rsatgichga ega.

Kishi boshi yillik milliy daromad:
O‘zbekiston: 1741 AQSH$
Mo‘g‘uliston: 4100 AQSH$

Pul birligining qadrsizlanish darajasi:
O‘zbekiston: 11,1%
Mo‘g‘uliston: 6,6%

Ishsizlik darajasi:
O‘zbekiston: 11,1%
Mo‘g‘uliston: 9,9%

@sanjar_xoja
13.9K views13:36
Ochish/sharhlash