Get Mystery Box with random crypto!

Sanjar Xo‘ja

Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja S
Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja
Kanal manzili: @sanjar_xoja
Toifalar: Bloglar , Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 18.37K
Kanalning ta’rifi

HAYOT- MUSOBAQA MAYDONI EMAS...
Youtube: https://m.youtube.com/channel/UC4QRQxiGGAID-F5DjgvcX9A

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-02-17 08:53:39
Gazimiz haqida kimdir undoq dedi, kimdir bundoq. Menga esa Prezident gapi yetarli.

Yoki siz Prezidentga qarshimisiz?!

@sanjar_xoja
7.4K views05:53
Ochish/sharhlash
2023-02-16 18:32:39
To‘liq video:




@sanjar_xoja
6.0K views15:32
Ochish/sharhlash
2023-02-16 13:30:17
O‘rtacha oylik bo‘yicha ma'lumot O‘zbekiston statistika qo‘mitasiga tegishli.

To‘liq video:




@sanjar_xoja
8.8K views10:30
Ochish/sharhlash
2023-02-15 20:56:44
Assalomu alaykum
"Singapur qanday rivojlandi?"

To‘liq video:




@sanjar_xoja
14.0K views17:56
Ochish/sharhlash
2023-02-14 12:45:23
"Ozodlik" O‘zbekiston gazi bo‘yicha surishtiruv o‘tkazdi. Turli hujjatlarni e'lon qildi.

Keyin amaldorlar jurnalist va bloggerlar bilan uchrashdi. "Ozodlik"ning ma'lumotlarini rad qildi.

Mayli, "Ozodlik" uchiga chiqqan fitnachi, g‘alamis, masonlar jamoasi deylik. Mayli, amaldorlar qotgan non yeb, kun-u tun xalq uchun ishlaydi deylik.

Baribir savol bor:
Nega gaz uzilishi bo‘lyapti, shuncha gazimiz qani? Agar shartnoma xalq manfaatiga mos bo‘lsa, sotilgan gaz puli qani?

Bu huddi latifaga o‘xshaydi:

Afandi uyga yarim kilo go‘sht olib kelib:
- Kechga chuchvara pishir, xotin, deb ishga ketibdi. Nafsi yomon xotin go‘shtni qovurib yeb qo‘yibdi. Kechqurun ishdan qaytgan Afandi, qani xotin chuchvarani keltir, desa xotini:
-Dadasi, siz olib kelgan go‘shtni mushuk yeb qo‘ydi, debdi. Afandi hovliga chiqib, mushukni tutibdi. Keyin uni tarozida tortsa, roppa-rosa yarim kilo ekan. Afandining jahli chiqib debdi:
- Ey, xotin bu mushuk bo‘lsa, go‘sht qani? Agar, bu go‘sht bo‘lsa mushuk qani?!

@sanjar_xoja
9.9K viewsedited  09:45
Ochish/sharhlash
2023-02-14 09:46:07
Turkiya, Hatay.
Aholi va xizmatchilarga ovqat tarqatish uchun joy surishtirdik. Fikrini o‘rganish maqsadida qutqaruvchi, askar va politsiya bilan gaplashdim.

Bir politsiya bilan suhbatim:

Men: Ovqatlanishga sharoit qanday?

Xodim: Agar tashkillashtirilsa yaxshi bo‘lardi. Uzoqqa borib, topganimizni yeb kelyapmiz. Sen qayerdansan?

Men: O‘zbekistondan.

Xodim: Iye, men ko‘p o‘zbeklarni qo‘lga olganman. Mening xizmatim Istanbulda. Bu yerga safarbar qilindim. Ko‘p o‘zbeklarni psixotprop modda bilan tutdim. Nega o‘zbeklar bunday jinoyatchi?

Men: Siz qaerliksiz?

Xodim: Bitlis

Men: Bitlis Turkiyaning sharqiy qismida, to‘g‘rimi? Turkiyadagi hamma narkobaronlar sharqdan chiqqan. Endi, hamma sharqliklar jinoyatchimi? Yo‘q! Yomon odam millatdan emas, onadan tug‘iladi. Bir kishini aybi uchun millatga umumiylashtirish kasallik.

Politsiya gapimni tushundimi, bilmadim. "Hammamiz aka-ukamiz", deb qo‘ydi.

O‘sha gapni o‘zimizga ham takrorlayman: "Turklar falondaqa" deb millatni umumiylashtirish - kasallik!

@sanjar_xoja
6.3K views06:46
Ochish/sharhlash
2023-02-11 15:16:36
Assalomu alaykum
O‘z hissangizni qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, karta ma'lumotlari:

8600 4904 1420 1301
MASTURA TALIPOVA
Uzcard

9860 0901 0309 1097
ANVAR PARPIYEV
Humo

5124 4003 6621 6010
RAMAZAN CABOGLU
Visa / Mastercard

Izoh: Shaffof byudjet tarafdoriman. Shuning uchun hisobot batafsil va xujjatlar bilan bo‘ladi.

@sanjar_xoja
5.4K views12:16
Ochish/sharhlash
2023-02-11 08:37:37
Kecha bir voqeaga guvoh bo‘ldim. Politsiya o‘g‘rilarni ushladi. Vafot etganlarning ulovini o‘g‘irlayotgan edi. Yigirmaga yaqin politsiya va askar o‘g‘rini o‘rab oldi. Atrofdagi odamlar tepkiladi. Keyin jazolash uchun shtabga olib ketildi...

Tepadagi o‘g‘rilardan bu o‘g‘rilarni nima farqi bor?

Men ikki farqni aytaman:
-Bu o‘g‘rilar odamlarning musibatidan foydalanib, o‘g‘irlik qildi. Tepadagilar esa o‘g‘irlik evaziga xalqni musibatga tiqadi.
-Bu o‘g‘rilarni politsiya va askarlar o‘rab, qo‘lga oldi va jazoladi. Tepadagi o‘g‘rilarni esa militsiya va askar o‘rab, himoya qiladi...

2600 yil avval yashagan Ezopning gapi to‘g‘ri:
"Mayda o‘g‘rilarni qamaymiz, katta o‘g‘rilarni mansabga o‘tqazamiz".

@sanjar_xoja
8.8K views05:37
Ochish/sharhlash
2023-02-11 08:33:49
To‘liq video:





@sanjar_xoja
5.5K views05:33
Ochish/sharhlash
2023-02-09 15:45:10
O‘zbekistonlik fidokorlar xizmatda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bu hududdagi yagona qutqaruvchi. Odamlar minnatdor.

Turkiyaning chekka viloyatidagi buxoroliklar mahallasi. Bu yerda 50 yildan beri o‘zbeklar yashaydi.

@sanjar_xoja
5.9K views12:45
Ochish/sharhlash