Get Mystery Box with random crypto!

Sanjar Xo‘ja

Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja S
Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja
Kanal manzili: @sanjar_xoja
Toifalar: Bloglar , Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 18.37K
Kanalning ta’rifi

HAYOT- MUSOBAQA MAYDONI EMAS...
Youtube: https://m.youtube.com/channel/UC4QRQxiGGAID-F5DjgvcX9A

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-07-15 21:30:52
"O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida yangi shartnoma imzolandi. Endi O‘zbekiston Rossiyadan katta miqdorga gaz sotib oladi.

Faqat, Rossiya bizga sotadigan gaz narxi sir saqlanyapti. Amaldorlar bu gazni xalq pulidan sotib oladi. Shuning uchun oshkor qilishi shart.

Suvdan arzon narxga o‘z gazimizni beryapmiz. Keyin Rossiyadan gaz sotib olyapmiz. Narxi esa sir".

Sizga savol, O‘zbekistondagi biror telekanal yuqoridagi gaplarni aytadimi? Yo‘q, to‘g‘rimi?

Telekanallar O‘zbekiston xalqi to‘lagan soliq va jarimalar evaziga ishlaydi. Shuning uchun bu gaplarini aytishi shart.

O‘zbekiston telekanallari gapirolmaydigan yuqoridagi gaplarni "Ozodlik" aytadi. "Ozodlik"ka AQSh kongressi pul ajratadi. Amerika xalqining soliq va jarimalardan.

Xulosani sizga qoldiraman.

@sanjar_xoja
13.8K views18:30
Ochish/sharhlash
2023-07-15 12:00:06
Kecha Shavkat Mirziyoyev yangi Prezidentlik davri uchun qasamyod qildi. E'tibor bersangiz, Konstitutsiya va Qur'onni ushlab qasam ichdi.

Misr fir'avnlari ham, Rim imperatorlari ham taxtga o‘tirishdan avval qasamyod qilgan. Lekin aynan Konstitutsiyani ushlab qasam ichish qachon boshlangan?

1789-yilda Amerikaning birinchi Prezidenti Jorj Vashington vazifasiga kirishishdan oldin Konstitutsiyani ushlab qasamyod qiladi. Keyinchalik bu marosimni boshqa davlatlar o‘rnak oladi.

1923-yilda Turkiya davlati tashkil topdi. Turkiyaning birinchi Prezidenti Mustafo Kamol edi. U o‘z vazifasini boshlashdan avval Konstitutsiya va Qur'onni ushlab qasam ichdi.

Bu uslubdagi qasamyod marosimi musulmonlar yashaydigan boshqa davlatlar o‘rnak bo‘ldi.

O‘zbekistonda Konstitutsiya va Qur'onni ushlab qasam ichish mustaqillikdan so‘ng boshlandi. Buni ma'nosi - ham Konstitutsiyaga bo‘ysunaman, ham Islom diniga taslim bo‘laman.

Prezidentlar qasamga qanchalik sodiq ekanini xalq baholaydi!

@sanjar_xoja
12.8K views09:00
Ochish/sharhlash
2023-07-13 14:05:09 Bir mamlakatda amaldorlar ochiqchasiga o‘marsa;

Qarindosh-urug‘i bilan xalq mulkini bo‘lishib olsa;

Bunga nisbatan qonun himoyachilari jim qarab tursa;

O‘g‘rilikka e'tiroz bildirgan kishi bosimga uchrasa;

Odamlarda "Qiyomatda javobini beradi, jazolanadi" degan tasallidan boshqa chora qolmasa...

Bu mamlakat - "mafiya boshqarayotgan polisiya davlati", deb ataladi. Shri Lanka kabi!

@sanjar_xoja
14.1K views11:05
Ochish/sharhlash
2023-07-13 11:35:39
Доналд Трамп 2016-йилда Америка Президенти бўлди. 4 йил Президентлик даврида журналистлар уни патини роса юлди.

Трамп жим турмади. Ёлғон хабар ёйди, деб "CNN", "The New York Times", "Washington Post" каби медиа ташкилотларини судга беришини айтди.

Америкада Президентлар ўзи хақида шов-шувли хабар чиқса матбуот анжумани ўтказади. Ёки халққа мурожаат қилиб, муносабат билдиради.

Трамп ҳаммасини қилди. Муносабат билдирди, матбуот анжумани ўтказди ва судга берди. Президентликдан кетганидан кейин ҳам тинчимади.

Ёлғон хабар тарқатди, деб "CNN"ни судга берди. 475 миллион доллар маънавий зарар талаб қилди.

"Озодлик" суриштирувида айтилган маълумотлар жиддий. Ё Президент матбуот анжумани ўтказиши керак. Ё бирор журналистга муносабатини билдириши керак. Ё "Озодлик" ни судга бериши керак.

Энг камида блоггерларга гапиртирилаётган қолип гапни айтиши керак:""Озодлик" фитначи, ғаламис, бузуқликни қўллаб туради, унга эътибор берманг" деб.

Жим туриш бу - "Озодлик"ни эмас, 36 миллион халқни менсимасликдир!

@sanjar_xoja
15.5K views08:35
Ochish/sharhlash
2023-07-12 17:26:29
Respublika va monarxiya farqi nimada?

@sanjar_xoia
14.4K views14:26
Ochish/sharhlash
2023-07-11 18:11:19
"Mushtum" jurnali, 1968-yil.

Rasm tepasida "U yoki bu uchastkadagi ishni barbod qilgan ayrim kishilar bir rahbarlik lavozimidan ikkinchisiga o‘tkazila beradi" deb izoh berilgan.

Bugun ishdan olgan amaldorlarga aloqasi yo‘q!

@sanjar_xoja
14.2K views15:11
Ochish/sharhlash
2023-07-11 16:28:54
Yozuvchi Muhammad Nurulloh Raufxonning 45 yil avvalgi xotiralari.

To‘liq video:




@sanjar_xoja
14.0K views13:28
Ochish/sharhlash
2023-07-11 13:07:07 "Ozodlik" surishtiruvni e'lon qilganiga 3 kun bo‘ldi.

- Besh kunda xalq unutadi,
- O‘nta blogger, jurnalist va domlalar "Ozodlik"ni qoralagani yetarli,
- Karvonimiz o‘taveradi, deb o‘ylash xato...

Rivojlangan davlatlarda bunday jurnalistik surishtiruvdan keyin shov-shuv bo‘ladi. Tekshiruvlar boshlanadi. Bizda loaqal raddiya berilmayapti.

"Ozodlik" aytgan ma'lumotlar yolg‘on ekani isbotlansa edi, degan xalqda umid bor.

Eng kamida, aqlga, mantiqqa to‘g‘ri keladigan gap kerak. Qarindoshlarga mansab va biznes berilishini foydasi asoslab berilsin, biz ishonaylik.

Tili, qalami, uslubi o‘tkir jurnalistlar yo‘qmi, butun boshli MTRKda?

Kuchli jurnalistlar bor. Lekin ularga imkon berishmaydi. Nega bilasizmi?

Agar ular bemalol gapirsa, "Ozodlik"ka shaqillatib raddiya beraoladi. Xalq orasida obro‘ - mavqeyi oshadi. Keyin u jurnalistlar hukumatni tanqid qilib qolishi mumkin. Ana shu qo‘rquv bilan ularga imkon berilmaydi.

Aylanib hammasi o‘sha gapga taqaladi: Ishton bo‘lmagach, cho‘pdan ham, somondan ham cho‘chib yuriladi...

@sanjar_xoja
13.9K views10:07
Ochish/sharhlash
2023-04-25 09:54:02
Chap tarafdagi gazeta.

"Vladimir Putin: Bu mening so‘nggi prezidentlik muddatim".
2004-yil, mart.

O‘ng tarafdagi gazeta.
"Vladimir Putin: 2008-yilda ketaman. Muxolifat bo‘lib hukumatni tanqid qilaman".
2006-yil, iyun.

"Yo eplayman, yo ketaman"ga naqadar o‘xshash?!

@sanjar_xoja
6.0K views06:54
Ochish/sharhlash
2023-04-24 09:50:05
Xitoy elchisining gapidan xabaringiz bormi? Ular shu g‘oyada tarbiyalanadi, yetishtiriladi.

Videoning to‘lig‘i uchun havola:




@sanjar_xoja
10.2K views06:50
Ochish/sharhlash