Get Mystery Box with random crypto!

Sanjar Xo‘ja

Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja S
Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja
Kanal manzili: @sanjar_xoja
Toifalar: Bloglar , Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 18.37K
Kanalning ta’rifi

HAYOT- MUSOBAQA MAYDONI EMAS...
Youtube: https://m.youtube.com/channel/UC4QRQxiGGAID-F5DjgvcX9A

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 22

2021-01-25 14:18:17
23-yanvar kuni Rossiyaning o‘nlab viloyatlarida ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Besh oy avval ushbu suhbatda aytilgan gaplar bugungi voqealar uchun ham tegishli.

Qadimda Italiyaning Pompei shahri aholisi yoppasiga ahloqsiz ishlar qilardi. Albatta ularni ogohlantirganlar bo‘lgan. Lekin odamlar jirkanch ishlarida davom etishgan... Va bir kuni vulqon otilib, shahar aholisini yo‘q qilgan!

Bugungi dolzarb davrda amaldorlarning talon-toroj qilgani va pora olgani haqida xabarlarni o‘qisam, Pompei aholisi yodimga tushadi...

@sanjar_xoja
26.6K viewsedited  11:18
Ochish/sharhlash
2021-01-24 17:16:17
Nega minbarlarda aytilayotgan gaplar yillar o‘tsada takrorlanyapti?!

Insonlarning zehni ikki turga bo‘linadi:
-Qoliplangan zehn
-Rivojlanishga intiluvchan zehn


Bizning jamiyatimizda oila muhiti va ta'lim tizimi orqali qoliplangan zehnga ega insonlar ko‘p. Shu sababli yillar o‘tsada, amaldorlarning dunyoqarashi, xalqning tushunchasi va minbarda aytilayotgan gaplar takrorlanaveradi, takrorlanaveradi...

Chunki hammasi shu jamiyatimizning insoni!

@sanjar_xoja
25.4K views14:16
Ochish/sharhlash
2021-01-23 11:49:27
Yolg‘onchilik, laganbardorlik, sotqinlik kabi illatlarning negizida qo‘rquv bor. Kelajak avlod bu illatlardan pok holda ulg‘ayishi uchun o‘ziga ishonch va jasoratni shakllantirishimiz zarur.

Masalan, Fransiyada maktab o‘quvchilarning darslari "Luvr" kabi mashhur muzeylarda ham bo‘lib o‘tadi. O‘qituvchilar Da Vinchi, Pikasso, Mikelanjelo kabi mashhur rassomlarning rasmini ko‘rsatib, "Bu rasmlardan istaganingni chiz. U rassomlar ham sen kabi bola bo‘lishgan" deb o‘quvchilarni ruhlantirishadi...

Forma talab qilmaydi, "to‘g‘ri o‘tir" deb jerkmaydi, izzattalab bo‘lmaydi, qoliplamaydi, "bunday rasmlarni eplolmaysan" demaydi...

Bolalarda o‘ziga nisbatan ishonch va jasoratni shakllanishiga mehr bilan hissa qo‘shadi!

@sanjar_xoja
27.1K views08:49
Ochish/sharhlash
2021-01-20 13:34:52
SIZ KIMGA OVOZ BERASIZ?

O‘tkan yilgi fikrim o‘zgarmadi - Jahongir Otajonov yoki Ozodbek Nazarbekov, farqi yo‘q.
Qarorim qat'i!


@sanjar_xoja
60.7K views10:34
Ochish/sharhlash
2021-01-19 12:07:29
Janubiy Afrikadagi universitetning kirish eshigida shunday yozuv bor:

"Biror davlatni yo‘q qilish qilish uchun atom bombasi yoki uzoq masofali raketa qurollaridan foydalanish shart emas. Faqatgina ta'lim sifatini pasaytirib, imtihonlarda ko‘chirishga (shpargalkadan foydalanishga) imkon berish yetarlidir...

Bemorlar - shifokorlarning qo‘li bilan o‘ladi,
Binolar - muhandislarning qo‘li bilan qulaydi,
Pul - iqtisodchilarning qo‘li bilan yo‘qoladi,
Insoniylik - din vakillarining qo‘li bilan unutiladi,
Adolat - huquqshunoslarning qo‘li bilan toptaladi...

Ta'limning barbod bo‘lishi - xalqning vayron bo‘lishidir!"

@sanjar_xoja
44.4K views09:07
Ochish/sharhlash
2021-01-18 17:34:34
"Xalq so‘zi" gazetasi, 21-avgust 1991-yildagi 160-soni:

"Beshinchidan, shuni ham xalqimizga ochiqdan-ochiq, ro‘y-rost aytishimiz kerakki, qayta qurishni boshlaganlarimizga olti yil bo‘ldi. Quruq gaplar, dabdabali va'dalar odamlarimizning joniga tegdi. Bugun-erta hayotimiz yaxshi bo‘ladi degan, ozgina chidanglar degan gaplarga va va'dalarga hech kimda ishonch qolmadi. Bu ham ahvolning keskinlashuviga, odamlarning g‘azablanishiga asos bo‘ldi...

Ko‘pchilik bilan gaplashsangiz, qaysi yoshda, qaysi ishda bo‘lishidan qat'i nazar, boshimizga tushgan savdolar qachon tugaydi, yaxshi kunlar qaytarmikin, deb savol berishlari hammamizga ma'lum. Bunday savollarga javobni xalqimiz ko‘pdan beri kutyapti. Lekin bunday og‘ir savollarga javob berishda mamlakatimiz rahbariyatining zaifligi ma'lum bo‘lib qoldi..."

Islom Abdug‘aniyevich Karimov

O‘zbekiston Sovet Sotsialistik jumhuriyatining prezidenti, O‘zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Komitetining Birinchi sekretari

@sanjar_xoja
21.3K views14:34
Ochish/sharhlash
2021-01-17 17:16:41
Yon-atrofdagi insonlarni muhokama qilamiz. Ularning oila ichi masalalarigacha gap otamiz. Lekin o‘z pulimizni xizmatkorimiz bo‘lgan mansabdorlar talon-toroj qilayotgani haqida gap ochilsa, buni "g‘iybat, fitna, ig‘vo, noshukurlik..." deb ataymiz.

Bosh Prokuratura bergan ma'lumot bu hali rasmiysi. Norasmiyini siz tahmin qiling!

Agar,
Bu holat Yaponiyada bo‘lsa, Bosh vazir emaklab, tiz cho‘kib xalqidan kechirim so‘raydi;
Bu holat Janubiy Koreyada bo‘lsa, xalqi Prezidentning iste'fosini talab qiladi;
Bu holat G‘arb davlatlarida bo‘lsa, xalqi Bosh vazirning "patini yuladi"...

Chunki u xalqlar byudjet mablag‘i o‘z puli ekanini, davlatning egasi xalq ekanini biladi va amaldorlar xalqning xizmatkori-mardikori ekanini idrok qiladi.

Dunyoni yomonlik qilganlar emas, ularni jimgina tomosha qilganlar barbod qiladi!
Albert Eynshteyn

@sanjar_xoja
27.5K views14:16
Ochish/sharhlash
2021-01-16 16:21:29
2018-yilda Turizm qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan yigit bir necha oydan so‘ng ishdan bo‘shagan...

"Makdonalds"- ishchilari eng ko‘p almashadigan kompaniyalardan biridir. "Makdonalds"ning savdo nuqtalarida "Oyning eng yaxshi xodimi" degan maqom bor. Asosan yoshlardan iborat ishchilar bir-biri bilan musobaqalashib, eng yaxshi xodim bo‘lishga harakat qiladi. Keyin esa... ham charchagan boshqa ishchilar, ham "oyning eng yaxshi xodimi" maqomini olgan ishchi, birin ketin-bo‘shab ketishadi.

Lekin har doim "Makdonalds" yutadi. Chunki ketganlarning o‘rniga kelgan yoshlar quvvatli bo‘ladi va musobaqa davom etadi...

Prezidentimiz yoshlar bilan uchrashuv tadbirlarida taklif aytganlarga lavozim berish an'anasi davom etyapti.

Prezidentimizning imidj maslahatchilariga tavsiyam - yuqori mansabdagi qariyalardan birvarakayiga voz kechib, o‘rniga tizimda tajriba orttirgan yoshlar qo‘yilmaguncha, bu ishlar arzon piar bo‘lib qolaveradi. Arzon piarlarning esa davri o‘tdi!

@sanjar_xoja
15.3K views13:21
Ochish/sharhlash