Get Mystery Box with random crypto!

Sanjar Xo‘ja

Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja S
Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja
Kanal manzili: @sanjar_xoja
Toifalar: Bloglar , Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 18.37K
Kanalning ta’rifi

HAYOT- MUSOBAQA MAYDONI EMAS...
Youtube: https://m.youtube.com/channel/UC4QRQxiGGAID-F5DjgvcX9A

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-04-24 05:49:11
Internetda viloyatliklarni kamsitadigan videolar ko‘p uchrayapti. Afsus...

Toshkent meniki, sizniki, o‘zimizniki.
Byudjet kabi!

@sanjar_xoja
5.9K views02:49
Ochish/sharhlash
2023-04-22 09:24:06
"Xalq xizmatchisi" serialidan parcha

@sanjar_xoja
7.5K views06:24
Ochish/sharhlash
2023-04-22 08:55:10
Toshkentda tug‘ilib o‘sdim. Ko‘p viloyatlarga bordim, ko‘rdim. Paxtada ham bo‘ldim. Shunga qaramay, viloyatda yashaydiganlarni to‘liq his qilmagan ekanman.

Turkiyadagi zilzila hududida yurib, odamlarni kuzatdim. U yerda hamma tongda uyg‘onadi. Tungacha nima bilandir ovunib yuradi. Keyin yana chodirda uxlaydi. Har kun bir xil holat. Boradigan ishi yo‘q, qulab tushgan. Elektr har yerda yo‘q. Suv faqat bochkalarda. Kutishadi, faqat kutishadi. Nimadandir umid bor. Lekin aynan nima, bilishmaydi...

Bizda ham shunday emasmi? Qishloqlarda ish yo‘q. Elektr, gaz va suv doimiy muamo. Toshkentdagi sharoit ularda yo‘q. Shuning uchun yo Toshkentga yo chet elga ketishadi. Qishloqda qolsa egizak, o‘xshash kunlar. Qiyin sharoitdagi hayot. Tushunarsiz umid...

Buni nega yozdim?

Bayram sababli Toshkent bo‘shab qoldi. Bu holatda kimnidir kamsitmoqchi, ustidan kulmoqchimisiz?

Marhamat, bunga Hukumat munosib. Viloyatlik vatandoshlarimiz emas!

@sanjar_xoja
5.1K views05:55
Ochish/sharhlash
2023-04-22 08:18:51
Assalomu alaykum. Sizni Ramazon Bayrami bilan tabriklayman!

Shu yetti so‘zni yozish zavqli. Ellik qator matnni ko‘chirib jo‘natishdan ko‘ra samimiy.

Shu bilan birga to‘liq o‘qilishi kafolatli!

Bayramimiz fayzli, mazmunli va qiziqarli o‘tsin!

@sanjar_xoja
4.8K views05:18
Ochish/sharhlash
2023-04-18 16:50:30
Videoning to‘lig‘i uchun havola:





@sanjar_xoja
2.8K views13:50
Ochish/sharhlash
2023-04-16 20:53:33
Quyidagi she'rni Erkin Vohidov yozgan. She'r Stalin davrida qatag‘onga uchragan Said Ahmadning gaplariga asoslangan.

Egil, o‘zni pana qil,
Borligingni bildirma.
Yo‘talganga o‘n besh yil,
Aksirganga yigirma.

Kar bo‘l, ko‘r bo‘l, tishla til,
Boshga balo keltirma.
Gapirganga o‘n besh yil,
Eshitganga yigirma.

Qalamingni dushman bil,
Qog‘oz uzra jildirma,
Roman yozsang – o‘n besh yil,
Doston yozsang – yigirma...

Agar she'r bugunga ham to‘g‘ri kelsa, Stalin davri tugamagan...

@sanjar_xoja
8.6K viewsedited  17:53
Ochish/sharhlash
2023-04-16 07:44:08
Videoning to‘lig‘i ushbu havolada:





@sanjar_xoja
6.4K views04:44
Ochish/sharhlash
2023-04-15 15:14:31
Videoning to‘lig‘i uchun havola:





@sanjar_xoja
6.7K views12:14
Ochish/sharhlash
2023-04-15 07:18:58
Deputatlar qanday saylanadi?
Hokimlar qanday tasdiqlanadi?
Hukumat qanday shakllanadi?

Hammasi haqida to‘liq:




@sanjar_xoja
3.3K views04:18
Ochish/sharhlash
2023-04-14 17:56:56
Juda soddasiz-da, do‘stlar!
Ishdan ketdi, deb hursand bo‘ldingizmi?

-Paxtani zo‘r qo‘ysa,
-Chemodanni vaqtida uzatsa,
-Saylov va referendumda "ovozlar plani"ni bajarsa...

Nega ishdan olinadi?
Xalq uchunmi?
Juda soddasiz-da, do‘stlar!

@sanjar_xoja
7.6K views14:56
Ochish/sharhlash