Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentda tug‘ilib o‘sdim. Ko‘p viloyatlarga bordim, ko‘rdim. | Sanjar Xo‘ja

Toshkentda tug‘ilib o‘sdim. Ko‘p viloyatlarga bordim, ko‘rdim. Paxtada ham bo‘ldim. Shunga qaramay, viloyatda yashaydiganlarni to‘liq his qilmagan ekanman.

Turkiyadagi zilzila hududida yurib, odamlarni kuzatdim. U yerda hamma tongda uyg‘onadi. Tungacha nima bilandir ovunib yuradi. Keyin yana chodirda uxlaydi. Har kun bir xil holat. Boradigan ishi yo‘q, qulab tushgan. Elektr har yerda yo‘q. Suv faqat bochkalarda. Kutishadi, faqat kutishadi. Nimadandir umid bor. Lekin aynan nima, bilishmaydi...

Bizda ham shunday emasmi? Qishloqlarda ish yo‘q. Elektr, gaz va suv doimiy muamo. Toshkentdagi sharoit ularda yo‘q. Shuning uchun yo Toshkentga yo chet elga ketishadi. Qishloqda qolsa egizak, o‘xshash kunlar. Qiyin sharoitdagi hayot. Tushunarsiz umid...

Buni nega yozdim?

Bayram sababli Toshkent bo‘shab qoldi. Bu holatda kimnidir kamsitmoqchi, ustidan kulmoqchimisiz?

Marhamat, bunga Hukumat munosib. Viloyatlik vatandoshlarimiz emas!

@sanjar_xoja