Get Mystery Box with random crypto!

'O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida yangi shartnoma imzolandi. E | Sanjar Xo‘ja

"O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida yangi shartnoma imzolandi. Endi O‘zbekiston Rossiyadan katta miqdorga gaz sotib oladi.

Faqat, Rossiya bizga sotadigan gaz narxi sir saqlanyapti. Amaldorlar bu gazni xalq pulidan sotib oladi. Shuning uchun oshkor qilishi shart.

Suvdan arzon narxga o‘z gazimizni beryapmiz. Keyin Rossiyadan gaz sotib olyapmiz. Narxi esa sir".

Sizga savol, O‘zbekistondagi biror telekanal yuqoridagi gaplarni aytadimi? Yo‘q, to‘g‘rimi?

Telekanallar O‘zbekiston xalqi to‘lagan soliq va jarimalar evaziga ishlaydi. Shuning uchun bu gaplarini aytishi shart.

O‘zbekiston telekanallari gapirolmaydigan yuqoridagi gaplarni "Ozodlik" aytadi. "Ozodlik"ka AQSh kongressi pul ajratadi. Amerika xalqining soliq va jarimalardan.

Xulosani sizga qoldiraman.

@sanjar_xoja