Get Mystery Box with random crypto!

Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

Telegram kanalining logotibi rumiy_aforizmlariuz — Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚 J
Telegram kanalining logotibi rumiy_aforizmlariuz — Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚
Kanal manzili: @rumiy_aforizmlariuz
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 64.85K
Kanalning ta’rifi

Jaloliddin Rumiy muhlisi tomonidan ochilgan ilmiy-ma'rifiy blog 📚
🗓 02-avgust 2020
Reklama uchun : https://t.me/rek_info/1353
Admin: https://t.me/Talabalar_Admini
Bizni Instagramda ham kuzatib boring⤵️
instagram.com/Rumiy_Aforizmlari

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 574

2021-05-05 16:31:09 1000 tillo... (erinmasdan o‘qib chiqing)

​​​​Yosh yigit Ka’bada turib faqat:
"Ey to‘g‘rilarning, haromdan hazar qilgan bandalarining yordamchisi - Allohim, Senga hamdu sanolar bo‘lsin!" - deya takrorlardi.

Yonidagi kishilardan biri hayratlanib so‘radi:
- Birodar, nega faqat 1 ta jumlani qaytaryapsiz, boshqa so‘raydigan tilagingiz yo‘qmi?

Yigit bir pas jim turgach, o‘z holatiga shunday izoh berdi:
- Bundan 7-8 yil oldin ham ziyoratga kelganimda, Ka’badan ming tilla tanga solingan hamyon topib oldim.

Ichimda vasvasa boshlandi: "Oltinlarni olu cho‘ntagingga sol. Endi ular seniki, istaganingcha xarjlasang bo‘ladi..."

Lekin bu gaplar shaytondan ekanligini o‘z - o‘zimga uqtirdim: "Yo‘q, bu pullar meniki emas, ulardan foydalanishim harom".

Shu asno: " Hamyonimni yo‘qotdim, topib olgan bormi?" - degan ovoz eshitildi. Haligi odamdan hamyonning ta’rifini, ichida qancha pul bo‘lganligini so‘radim.
Gaplaridan hamyon unga tegishliligi ma’lum bo‘ldi - omonatni egasiga topshirdim.

U menga suyunchi deb 30 tilla tanga berdi. Qo‘limda pul bilan bozorga yo‘l oldim va u yerda maqtab bir bolani sotishayotgani ustidan chiqdim.
Boyagi bolaning toza - pokizaligi e’tiborimni tortdi.

Narxini so‘radim, 30 tilla ekanini aytishdi. Pulni berib, asir bolani sotib oldim. Oradan bir - ikki yil o‘tdi. Bola menga odob va sadoqat bilan xizmat qildi. Bir kuni u bilan birga ketar ekanmiz, qarshimizdan uch kishi chiqdi.

Shunda bola menga:
"Xojam, sizga bir sirni ochay - men Fas amirining o‘g‘liman. Kelayotgan kishilar esa otamning odamlari.
Ular meni sotishingizni so‘raydilar, siz yaxshi odamsiz, 30 ming oltindan kamiga ko‘nmang.
Qo‘rqmang, ular sizga zarar yetkazishmaydi", dedi.

Shunday qilib asirimni o‘ttiz ming tillaga sotdim. Bu pullar bilan katta tijorat boshladim va tez orada boyib ketdim.
Shunday kunlarning birida yaqinlarim: "Obro‘li bir oilaning qizi bor, otasi yaqinda vafot etdi. Seni shu qizga uylantirmoqchimiz", deb qolishdi.
Men rozi bo‘ldim.

To‘y bo‘ldi, nikoh kechasi kelinning seplari orasida bir hamyon diqqatimni tortdi. Rafiqamdan: "Bu nima?" - deb so‘radim.
U: "Otamning hamyoni, ichida 970 tilla tanga bor. Otam bu hamyonni bir yili Ka’bada yo‘qotgan, topib bergan kishiga 30 tangasini bergan ekanlar. Qolganini esa menga hadya qilib, sepimga qo‘shganlar".

Qarangki, o‘shanda Ka’bada men topib olgan oltinlar aslida ham rizqim ekan. Agar egasiga bermaganimda harom yo‘l bilan kelgan bo‘larkan...

Taqdirimizda biz uchun atalgan rizqimizga albatta ega bo‘lamiz, faqat harom yoki halol yo'l orqali ega bo‘lishni o'zimiz hal qilamiz. Alloh bizni to'g'ri yo'ldan adashtirmasin


••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
15.1K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 13:31
Ochish/sharhlash
2021-05-05 15:04:59
Savol:

Bir daraxt - o'n ikki shohi bor,
Har shohida - o'ttizta barg,
Har birida - beshta meva,
Uchtasi soyada, ikkitasi oftobda.

U nima?

Javobi
15.3K viewsRumiy Aforizmlari , 12:04
Ochish/sharhlash
2021-05-05 14:57:34
Bir o‘quvchi IMTIHONDA BERILGAN
6TA SAVVOLGA TO‘GʻRI JAVOB BERGAN BO‘LISHIGA QARAMAY «0» BAHO OLDI!


P. S. Aytishlaricha, bu bolani o‘qitgan sinf rahbari o‘qituvchilikni tashlab chorvachilik bilan shug‘ullanayotganmush

Qani qanaqa ekan o‘sha savollar, va unga berilgan savollarchi?

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi

Hammasi bu yerda
14.8K viewsRumiy Aforizmlari , edited  11:57
Ochish/sharhlash
2021-05-05 11:00:24 ​​#Mulohaza (albatta o‘qing, agar o‘zingizni qaysidir joyida ko‘rsangiz, demak maqola aynan siz uchun)

Anchadan beri yozmoqchi bo'lganim

Jamiyat a'zolari qaysi mavzu haqida ko'p gaplashishsa, o'sha mavzu ular ustidan hukmini o'rnatadi. Ilm haqida ko'p suhbatlashiladigan jamiyatda ilm, "ishq-muhabbat" haqida ko'p suhbatlashiladigan jamiyatda esa "sevgi" odamlarni boshqaradi. "Sevgi" haqida ko'p gapirish erkaklardan taqvoning, ayol-qizlardan esa iboning yo'qolishiga olib keladi. G'arb axloqining tuban holatga kelib qolishi ham o'rta asrlarda "sevgi"ning madh etilishidan boshlangan. Ming afsuslar bo'lsinki, g'arbning "sevgi"ga bo'lgan yondashuvi ba'zi musulmonlar tomonidan "islomiy" tarzda talqin etilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar (ayniqsa instagram)ni kuzatsangiz buning guvohi bo'lishingiz mumkin: muhabbat, nikoh, solih va soliha juft haqidagi oyat va hadislar yoki mashhur kishilarning sevgi borasida aytgan gaplarini (soqolli) yigit va (ro'molli) qiz rasmi ostida berilishi "islomiy sevgi"ning eng mashhur ko'rinishlaridan biriga aylanib ulgurdi. Yosh yigit-qizlarning profillariga qo'yayotgan rasmlari ham ko'pincha shu mavzuda bo'ladi. Ijtimoiy tarmoqlarda eng ko'p qo'yiladigan postlar sirasiga yuqorida aytilgan "islomiy sevgi" ham kiradi. Bu kabi postlarni nafaqat bo'ydoq erkaklar, balki, ayol-qizlar ham qo'yishmoqda. Ajib! Sevgi, nikoh, turmushga chiqish kabi masalalarda gap ketganda qizarib ketgan muslima momolarimizning avlodlari bugun shu mavzularda mahram-nomahram - barchaning oldida post qo'yishib, tanish-notanish erkag-u ayollardan "like" yig'ishmoqda...
Men musulmon yigitlarga qalblarida jo'sh urib ketayotgan "sevgi"larini ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilmasliklarini maslahat beraman. Undan ko'ra uylaning!
Muslima opa-singillarga esa Alloh taolodan xuddi ko'chadagi kabi ijtimoiy tarmoqlarda ham nomahramlarning ko'zlari va quloqlaridan satrlovchi mukammal hijob berishini so'rab qolaman!


Muhammadoshiq

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
16.0K viewsⒼ︎'Ⓐ︎Ⓝ︎Ⓘ︎Ⓢ︎Ⓗ︎Ⓔ︎Ⓡ︎, 08:00
Ochish/sharhlash
2021-05-05 10:30:49
#latifa
Bir odam sahroda chanqab, zo‘rg‘a ketayotsa, uzoqdan bayroq ko‘rinibdi. Xursand bo‘lib, qarasa bir savdogar, galstuk-bo‘yinboq sotib turganmish:
— Ey, oshna suv ber hozir o‘lib qolaman, - desa.
Savdogar:
— Menda suv yo‘q, galstuk olmaysanmi?, - dermish.
— Galstugingni boshimga uramanmi? Suv ber, iltimos.
— Menda suv yo‘q! Xohlasang, anavi tepalik orqasida akamning oshxonasi bor, - deb o‘sha yerga jo‘natibdi.
Haligi odam bir soat o‘tgach, qaytib kelib:
— Ey, iflos...
davomi
To‘liq ko‘rinishi quyidagi kanalda o‘qib ko‘ring daxshat
12.4K viewsⒼ︎'Ⓐ︎Ⓝ︎Ⓘ︎Ⓢ︎Ⓗ︎Ⓔ︎Ⓡ︎, 07:30
Ochish/sharhlash
2021-05-05 10:28:48
Bir qiz shunday dedi: «Tor, kalta kiyim kiyib, pardoz-andoz qilib yurgan paytlarimda hamma yigitlar meni qo‘lga kiritish orzusida edi, tinmay sevgi izhor qilishardi. Uzun, oddiy kiyim kiyganimda esa biror yigit menga nazar solganini ko‘rmadim. Bildimki, arzon matoning xaridori ko‘p bo‘lar ekan. Qimmat matoga esa uni sotib olmoqchi bo‘lganlargina nazar solar ekan».


Xulosa o‘zingizdan...
••┄┄┄❅┄┄┄•••

@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
14.0K viewsⒼ︎'Ⓐ︎Ⓝ︎Ⓘ︎Ⓢ︎Ⓗ︎Ⓔ︎Ⓡ︎, 07:28
Ochish/sharhlash
2021-05-05 09:33:45 Yuqoridagi postimizning davomi
15.8K viewsRumiy Aforizmlari , edited  06:33
Ochish/sharhlash
2021-05-05 09:25:38
Qadrligim Bir o‘yin o‘ynasak, nima deysiz?

Quyida 1 dan 50 gacha bo‘lgan raqamlarning har biri ostiga, har birimizning qo‘limizdan keladigan bittadan solih amal yashirilgan. Siz bu raqamlardan xohlaganingizni tanlaysiz, ustiga bosasiz, va qaysi amal chiqsa, uni bajarasiz, savoblar olasiz....

Tayyor bo‘lsangiz, boshladik:

• 01 • 02 • 03 • 04 • 05 • 06 • 07 • 08 • 09 • 10 • 11 • 12 • 13 • 14 • 15 • 16 • 17 • 18 • 19 • 20 • 21 • 22 • 23 • 24 • 25 • 26 • 27 • 28 • 29 • 30 • 31 • 32 • 33 • 34 • 35 • 36 • 37 • 38 • 39 • 40 • 41 • 42 • 43 • 44 • 45 • 46 • 47 • 48 • 49 • 50 •

Javoblar
21.8K viewsRumiy Aforizmlari , edited  06:25
Ochish/sharhlash
2021-05-05 08:01:10 #Öqing

​​Bir kamzulim bor edi,
Kiysa, odam uyalar,
Chunki olmadek joyin,
Yeb qo‘yishgan kuyalar.
Qishda uni ehson deb,
Berdim muhtoj qo‘shnimga,
O‘sha kuni shu kamzul,
Kirib qoldi tushimga,

O‘tganmishman olamdan,
Chorshanbaning tongida,
Turganmishman do‘zaxning,
Shundoqqina yonida.

Emishman shir yalong‘och,
Na molim bor va na pul,
Ko‘zlarimda dahshatu
Qo‘limda yirtiq kamzul

Oh, u olov, u azob!
Qovrilarmish odamlar,
Qayta-qayta yonishib,
Sovrilarmish odamlar.

O‘t mengayam urarmish,
Yoqay deb yuz, ko‘zimni,
Shu teshik kamzul bilan,
To‘sarmishman o‘zimni.

Faqat, yirtiq joyidan,
Har gal jonim kuyganda,
Der emishman: «Qaniydi,
Kamzul butun bo‘lganda».

Essizgina tiriklik,
Qursin kiyib, yeganim,
Shumi yorug‘ dunyodan,
O‘zimga obkelganim ?!

Oh, qo‘shnim-a, shungayam
Suyunib "Rahmat!" degan,
Olgani-chun rahmatni —
Men aytsam bo‘lar ekan.

Kiyimlarim javonga,
Sig‘ib turardi arang,
Sandiqda qancha lattam —
Qolib ketdi, eh, attang.

Qarindoshlar ichra ham
Qiynalganlar bor edi,
Chehrasidan bilardim,
Kim nimaga zor edi.

Gadoy so‘rasa yuz so‘m,
Javrardim ensam qotib,
Tabassum bilan emas,
Berdim yuziga otib.

Bilsam, muhtoj qo‘liga —
Tutqazganim bir tillo,
Oxirat sandig‘imga —
Tusharkan bo‘b ming tillo.

Yig‘ib merosxo‘rlarga —
Qolib ketar molimni,
O‘ylamabman o‘zim-la —
Olib ketar molimni.

Yoshligimda har neni —
Deyaversam "meniki ",
Bobom derdi: "Ey, bolam,
Bergan narsang — seniki.

Kiyintirgan kiyinar,
Yedirganlar yeydilar,
Birini kiysang, birin —
Ehson qilgin ", derdilar.

"Shosh, — derdilar, — yaqinda —
Muhtoj odam qolmaydi,
Sadaqa qilay desang,
Hech bir odam olmaydi.

Xoh yashirin, xoh oshkor,
Ehson qilgin ko‘pmi, oz,
Hatto, tabassuming ham —
Jannatga bir imtiyoz.

Qarashib qol, Shoislom,
Miskinning osh, noniga,
O‘lmay turib, kirib ol —
Jannatning ayvoniga ".

Yirtiq kamzulni ushlab,
Bir narsani o‘ylardim:
Bilganimda to‘nimni,
Ehson qilgan bo‘lardim.


Marhabo Karimova

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
21.9K viewsⒼ︎'Ⓐ︎Ⓝ︎Ⓘ︎Ⓢ︎Ⓗ︎Ⓔ︎Ⓡ︎, edited  05:01
Ochish/sharhlash
2021-05-05 07:44:28
Ey Sevgilim!
Sen mening ich-ichimda qonab turgan yaramsan...
Agar Seni qanchalar sog‘inganimni bilganingda edi,
Yo‘qligingdan uyalar eding...

Jaloliddin Rumiy

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
12.6K viewsⒼ︎'Ⓐ︎Ⓝ︎Ⓘ︎Ⓢ︎Ⓗ︎Ⓔ︎Ⓡ︎, 04:44
Ochish/sharhlash