Get Mystery Box with random crypto!

Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

Telegram kanalining logotibi rumiy_aforizmlariuz — Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚 J
Telegram kanalining logotibi rumiy_aforizmlariuz — Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚
Kanal manzili: @rumiy_aforizmlariuz
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 64.96K
Kanalning ta’rifi

Jaloliddin Rumiy muhlisi tomonidan ochilgan ilmiy-ma'rifiy blog 📚
🗓 02-avgust 2020
Reklama uchun : https://t.me/rek_info/1353
Admin: https://t.me/Talabalar_Admini
Bizni Instagramda ham kuzatib boring⤵️
instagram.com/Rumiy_Aforizmlari

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 568

2021-05-16 16:26:44
#Kun_savoli

Bozorda ko’rmaysiz.
Ko’rsangiz ham olmaysiz.
Olsangiz ham kiymaysiz.
Kiysangiz ham ko’rmaysiz.
U nima - ?

Javobini bilish uchun pastdagi tugmachani bosing
18.4K viewsRumiy Aforizmlari , edited  13:26
Ochish/sharhlash
2021-05-16 15:59:41 ​​Tikuvchining tavbasi

(Tasavvufiy hikoyalar turkumidan)


Bir kuni bir tikuvchi Allohning do‘stlaridan bo‘lgan valiy bir zotga shunday savol berdi:
- Payg‘ambarimiz (s.a.v)ning: “Alloh taolo gunohkor qullarining
tavbasini joni chiqqunga qadar qabul qiladi”, - degan hadisi shariflari haqida nima deysiz.
Valiy zot esa tikuvchiga javob berishdan avval undan so‘radi:
- Kasbing nima?
- Tikuvchiman, kiyim tikaman.
- Tikuvchi uchun eng oson ish nima?
- Qaychini ushlab matoni kesish.
- Necha yildan beri bu ishni qilasan?
- O‘ttiz yil bo‘ldi.
- Joning chiqadigan paytda matoni kesa olasanmi?
- Yo‘q, kesolmayman.
Shundan so‘ng valiy zot maqsadga o‘tdi va shunday dedi:
- Bir muddat zahmat bilan o‘rgangan va o‘ttiz yildan beri qo‘lingni
o‘ynatib qilayotgan bu ishingni jon chiqar payti qila olmas ekansan, umringda hech qachon qilmagan tavbangni qanday qilmoqchisan? Bugun kuching borida tavba qil! Jon chiqar payti balki tavba qila olmassan.


Turk tilidan Go‘zal Mirzayeva tarjimasi

Hammaga ulashing
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
18.5K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 12:59
Ochish/sharhlash
2021-05-16 06:48:36
Asli bir juft shirin so'z aytmog'ing ham baxt erur,
Ozoridil shashtingdan qaytmog'ing ham baxt erur,
Har tong tirik uyg'onib, quyosh yonsa ko'zingda,
Bir kaft suvni bemalol yutmog'ing ham baxt erur.!



Hammaga ulashing
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
22.2K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 03:48
Ochish/sharhlash
2021-05-15 20:00:45
Erkaklarga oson tutmang hurmatli opa-singillar (erinmasdan ko‘ring, ancha foydali ekan, ayniqsa yosh oilalar uchun)

Azon TV
Hammaga ulashing
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
23.8K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), edited  17:00
Ochish/sharhlash
2021-05-15 16:58:01
Gullardanda go‘zal insonim
Beg‘uborim mehri osmonim
Qadrdonim yaqin insonim
Sizni Alloh uchun yaxshi ko‘raman.
Oramizdan qochsa-da gaplar
Burishsa-da ne yuz, ne aftlar
Buzilmasin tizilgan saflar
Sizni Alloh uchun yaxshi ko‘raman.
Hammamiz inson, hammamiz ojiz
Bir-birimizni kechirmoq joiz
Qadringiz baland biling,
Sizni Alloh uchun yaxshi ko‘raman!


Yaxshi ko‘radigan insoningizga yuboring

Hammaga ulashing
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
23.6K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 13:58
Ochish/sharhlash
2021-05-15 15:59:02
Ona

Meni o'g'il qilib tug'sang bo'larkan,
Uy tomin boshqatdan yopib berardim.
Ishlab, davlat topib, hech kim kiymagan,
Asl matolardan topib berardim.

Qiz bola birovning xasmi...
Palaxmon,
Uzoq-uzoqlarga otilib ketdim.
Va'da etilgani o'sha bir xirmon,
Sariq chaqalarga sotilib ketdim.

Qara, qolib ketdi qarzlar uzilmay,
Sen yo'q ostonani yalab-yulqadim.
Seni sog'insam ham quchib so'zlolmay,
Kimni "Onajon" deb tinmay alqadim.

Ona!
Meni o'g'il qilib tug'sang bo'larkan,
Umrim o'tmasmidi yetti bukulib.
Menga deb barmog'ing teshilib tikkan,
Yostuq jildlariga ketdim to'kilib.

Qizing qismatidan kuyib ketmasding,
Ezilib ketmasding mendan ming chandon.
Yetmishga bukilib ketmasdi qadding,
Negayam qiz qilib tug'ding, onajon!

Kechir, kechirolsang, mendan rozi bo'l,
So'litgan men bo'ldim gulday yuzingni...
Oh, Ona, shundayam duo qilasan,
Faqat qizlarini o'ylar qizingni...


Malika Salimova

Hammaga ulashing
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
21.3K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 12:59
Ochish/sharhlash
2021-05-15 15:29:07
Aslida hech kim senga qarshi emas, faqatgina har kim oʻz tarafida xolos...
Sen birovdan xafa boʻlishni qoʻy, oʻz yoʻlingda davom et.
Sen oʻzingni anglamoqdasan, boradigan yeringdan qolma...


Jaloliddin Rumiy

Hammaga ulashing
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
20.1K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 12:29
Ochish/sharhlash
2021-05-15 09:33:08
Bir biringizni seving, ammo sevgingiz kishanga aylanmasin!
Sevgingiz ikki qalb orasida mavjlanib turgan dengizga o‘xshasin!

Shams Tabriziy

P. S.
Sevgi, muhabbatni asl mohiyatini unutib qo‘ygandekmiz. Sevgan sevilgan qanday bo‘lishi go‘yo tarixda qolgandek. Sevgi bu parkda soatlab o‘tirishmas.

Hammaga ulashing
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
26.4K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 06:33
Ochish/sharhlash
2021-05-15 07:46:24
Bu chaqaloq qabrda tug‘ildi bu bo‘lgan voqeani ko‘rishingiz mumkin!


Hammaga ulashing
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
27.2K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), edited  04:46
Ochish/sharhlash
2021-05-12 21:30:41
SUPER MANTIQIY SAVOL

Masjidda uch kishi bor, biri namoz oʻqiyapti, biri roʻza tutgan, yana biri esa uylangan inson. Bir kimsa masjidga kirgan edi, namozxonning namozi buzildi, roʻzadorning roʻzasi ochildi, uylangan insonning xotini taloq boʻldi.


SAVOL:
Kirib kelgan kimsa kim edi?
5.4K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 18:30
Ochish/sharhlash