Get Mystery Box with random crypto!

Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

Telegram kanalining logotibi rumiy_aforizmlariuz — Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚 J
Telegram kanalining logotibi rumiy_aforizmlariuz — Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚
Kanal manzili: @rumiy_aforizmlariuz
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 64.96K
Kanalning ta’rifi

Jaloliddin Rumiy muhlisi tomonidan ochilgan ilmiy-ma'rifiy blog 📚
🗓 02-avgust 2020
Reklama uchun : https://t.me/rek_info/1353
Admin: https://t.me/Talabalar_Admini
Bizni Instagramda ham kuzatib boring⤵️
instagram.com/Rumiy_Aforizmlari

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 567

2021-05-18 16:59:01
Qachon yaxshi niyat qilsangiz, Alloh ham ahvolingizni yaxshilaydi.

Qachon boshqalarga
yaxshilikni ravo ko‘rsangiz, o‘ylamagan
tomoningizdan yaxshilik kelaveradi.

Boshqalarni baxtiyor qilish uchun yashasak, Alloh boshqalarni baxtiyor qilish orqali
bizni ham rizqlantiradi.

Siz olishni emas, berishni o‘ylang.
Har gal berganingizda,
o‘zingiz so‘ramasangiz ham olaverasiz.

Xayrli oqshom niyati sof, yaxshilik ulashuvchi qadrligim...


Bugun nima yaxshiliklar qildik..?

Hammaga ulashing
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
10.7K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 13:59
Ochish/sharhlash
2021-05-18 16:30:32
"УФФ" дейдиган ҳар бир инсон буни ўқиши шарт!

Буни оқиганингиздан сўнг тавба қилиб бошқа уф демайсиз сабаби...
9.1K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 13:30
Ochish/sharhlash
2021-05-18 15:59:01
Alloh bandasiga 3 xil javob beradi!..

Xo‘p deydi – bandasi istaganini beradi...
Yo‘q deydi – yanayam yaxshisini beradi...
Kut deydi – eng yaxshisini beradi...

Jaloliddan Rumiy


Hammaga ulashing
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
9.6K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 12:59
Ochish/sharhlash
2021-05-18 15:29:01
​​Oʻlimdan soʻng odamlar qayerda yashaydi? Olimlarning ahmoqona xulosasi barchani hayratga soldi!

Shimoliy Karolina universiteti professori Robert Lentzning fikricha, o'limdan so'ng odamlar ma'lum bir parallel makonga tushib, tirilish uchun imkoniyatga ega...(davomi)
9.5K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 12:29
Ochish/sharhlash
2021-05-18 14:05:06
Bu so‘zlarni bir pichirlab o‘qing...

Aslida ko‘p narsani bilishimiz shart emas. Mehr-muhabbat, fidoiylik va insonlar qadrini bilsak bo‘ldi. Shu fazilatlar insonligimizdan ishora...

Muhabbat har doim ham yoningdagi insonni sevish emas. Balki hech qachon kelmaydigan bir insonni kutib yashashingdir...

Tutgan qo‘lini bir umrga qo‘yib yubormaydigan MARD erkakka yarashadi MUHABBAT...

Inson o‘zini sevilganiga ishonib, tirnoqlari bilan tirishib qurgan muhabbat binosida tirnoq qadar qadr topmasligi qanchalik og‘ir...

Sevilish hurmatga sazovor bo‘lishdan ko‘ra yaxshiroq. Chunki hurmat ba’zida majburiy bo‘ladi. Muhabbat esa faqat va faqat ko‘ngil ishi...

Siz menga soxta munosabat qilmang. Muhabbat bo‘lsa-da, nafrat bo‘lsada aslingizcha muomala qiling. Chunki baribir haqiqat menga ko‘rinib turadi...

Insonlarga bo‘lgan muhabbat va g‘azabning o‘z ma’nosi bor. Eng ko‘p sevgan insonidan jahling chiqadi...


Umida Adiz

Hammaga ulashing
••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz
12.2K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 11:05
Ochish/sharhlash
2021-05-17 16:58:01 ​​​​Hozir har kimda turfa xil vaziyatlar: kimdadir tushkunlik, kimdadir sog‘liqdan muammo, kimdadir xursandchilik, kimningdir yaqinlari bu dunyodan ketmoqda. Xullas, har kimni ichida har xil hislar... Lekin nima bo‘lsa ham, duo qilishdan charchamang. Alloh g‘oyibidan bo‘lsa-da sizga yetkazadi. Yaqin insonim tushkunlikka tushib qolganimda eng chiroyli gaplarni aytdilar. "Siz duoda ich-ichingizdan Undan so‘rang, Alloh barcha bandalarini xizmat qildirib qo‘yadi.." mana shu so‘zlarni mohiyatini tushunyapsizmi?
Alloh bor ekan, nega tushkunlikka tushamiz? Alloh bor ekan, nega rizqimizdan havotir olamiz, o‘ylang, bir kichik qushning, dengizdagi katta kitning ham rizqini U Zot beryapti, biz nega bu narsalarni o‘ylab siqilamiz? Siz barini Unga qo‘yib bering. Shunda ko‘rasiz hayotingizda mo‘jizalar sodir bo‘lishini... Duoyingiz hozir ijobat bo‘lmasa, kerakli vaqtida albatta ijobat bo‘ladi. Har holatingizda ham Robbimizga tavakkal qiling.

To‘g‘ri, inson qiyin vaziyatlarda yaqinlarining shirin so‘ziga muhtoj bo‘ladi, balki, yaqinlaringizdan yaxshi so‘zlar eshitolmayotgandirsiz, ammo men sizga duolaringiz orqali U Zot bilan chin dildan ichingizdagini to‘kib socha olishingiz haqida eslatib o‘tdim..
Aslida, holingizni Undan o‘zgasi o‘zingizchalik tushunolmaydi...
Hamisha duoda bo‘ling.


Hammaga ulashing
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz
/
Ma'nolarning tuganmas jilosi
19.1K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), edited  13:58
Ochish/sharhlash
2021-05-17 15:59:02 ​​Bir kuni ko‘chada sayr qilib yurgan kishi yo‘l chetida o‘tirgan keksa odamni ko‘rib qoldi. U mo‘ysafidning qarshisiga kelib, murojaat qildi:

– Otaxon, ulug‘ yoshli inson ekansiz, anchagina uzoq hayot yo‘lini bosib o‘tgansiz. Shubhasiz, juda dono bo‘lsangiz kerak. Ayting-chi, mana, men yosh va kuchliman-u, ammo hech qayerdan ish topa olmayapman, o‘g‘lim giyohvandlikka berildi, qizimni ham yaxshi tarbiyalay olmayapman, ayolim esa kun bo‘yi uyda o‘tirsa ham, hech qayerga qaramaydi. Xo‘sh, men bu vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak? Nima qilsam, bularning hammasini o‘zgartira olaman?

Qariya javob berdi:

– Eshiging ustiga kichkinagina taxtacha osib, unga “Hamisha shunday bo‘lavermaydi” deb yozib qo‘y.

– Shu xolosmi? – hayron bo‘ldi erkak.

– Shu xolos, – javob qildi keksa kishi.

U uyiga borib, qariya aytgandek qildi. Bir qancha vaqt o‘tgach, uning o‘g‘li giyohvandlikni tashladi va hatto qilgan ishi gunoh ekanini tan olib, tavba qila boshladi. Qizi yosh bilan yigit bilan yaxshi ko‘rishib, oila qurdi. Ayoli ham o‘zgardi va risoladagi bekaga aylandi. Erkakning o‘zi esa serdaromad ishga joylashdi va ko‘p o‘tmay, hatto mashina sotib oldi.

Kunlarning birida u tanish ko‘chadan o‘tib borayotib, ikki yilcha oldin keksa mo‘ysafidni uchratgan joyida to‘xtadi. Qariya hali ham shu yerda o‘tirgandi. Erkak uning oldiga yaqinlasharkan, mashinadan tushmagan holda, uning oynasini ochib, so‘z qotdi:

– Ha, boboy, haliyam o‘tiribsizmi? Men bo‘lsa, ko‘rib turganingizdek, ancha narsaga erishdim. O‘g‘lim giyohvandlikni tashladi, endi u taqvoli yigit, qizim sevib, sevilib turmushga chiqdi. Ayolim ham yaxshi rafiqaga aylandi. O‘zim ishga joylashdim va endi ishxonamda martabali boshliqman. Siz esa haliyam o‘shandek o‘tiribsiz, no‘noq chol! Xo‘sh, endi menga nima deb maslahat berasiz?

Bu gaplardan qariyaning chehrasi o‘zgarmadi, aksincha, u suhbatdoshiga xotirjam tikilgancha, dedi:

– Haligi taxtacha bor edi-ku, shuni olib tashlamagin…


Hammaga ulashing
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
14.8K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 12:59
Ochish/sharhlash
2021-05-17 08:39:53 ​​ Ota...

Ota to‘lib-toshib keldi. Uyda to‘polon bo‘lib ketdi: to‘rt bolasi yugurib kelib, quchog‘iga otildi. Otaning ko‘zi narigi xona eshigida mo‘ltirabgina turgan qizchaga tushdi.U uzoqroq bir qarindoshining yetimchasi edi.
– Dada! – dedi kenja o‘g‘ilchasi.
Ota unga shokolad berdi.
– Dada, mengayam! – degan kichik qizchasi o‘z ulushini oldi.
– Dadajon! – dedi uchinchi farzandi. U ham benasib qolmadi.
– Dada! – dedi to‘ng‘ich o‘g‘li.
Uyiga mehmon qizaloq kelganidan bexabar ota shokoladni qo‘lida tutib, bir nafas turib qoldi va bir o‘g‘liga, bir yetim qizchaga tikildi.
Shu mahal yetim qizaloq katta qizni imlab chaqirdi. Qulog‘iga shivirladi. Katta qizi kelib, otasiga shunday dedi:
– Dugonam «Dadangni men ham dada desam maylimi?» deb so‘rayapti...


Hammaga ulashing
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
18.5K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 05:39
Ochish/sharhlash
2021-05-16 18:54:51 Nima bu hurmatsizlik! (bu gaplar o‘zini egasini topadi, hammaga ham tegishli emas)

Hurmatli yigit!

Sening ham singling, opang bor. Kelajakda rafiqang, qiz farzanding bo‘ladi! Telegramda hech nima qilmaydi, yozsam do‘stona yozaman deysan, lekin aslida o‘zingni Allohdan berkita olasanmi?! Albatta, ichingda yo‘q deysan!!! Men bunga kafolat beraman, agar shu fikr o‘tmasa, senda iymon yo‘q, bu esa sening katta Fojiang!
Sendan iltimos o‘zingni haddingni bil, qilayotgan ishingni sarhisob qil va albatta har bir ishing o‘zingga qaytadi!!!!


Hurmatli qizaloq! Sen ham ertaga kelin bo‘lasan, turmush o‘rtog‘ing bo‘ladi, telegramni butunlay o‘chirib yuborarsan! Lekin Alloh hammasini sarhisob qilyapti! Sendan iltimos, o‘zingni har tomonlama pok tut! Real hayotda ayniqsa! Virtual olam ham hozirda sening (nafaqat qizlar, balki yigitlarga ham tegishli!) bir qismingdek bo‘lib qoldi, ko‘rmaydi bilmaydi dema!

Xullas hamma gap o‘zi egasiga yetib boradi deb o‘ylayman!

Sizlarga yaxshilik ulashaman deb, men ham sizlarning gunohlaringga sherik bo‘lib qolmay! Gunohni sizlar qilasiz, lekin boshqalar ham gunohkor bo‘lmasin!

Hammaga ulashing
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz
/
Ma'nolarning tuganmas jilosi
20.3K viewsG'anisher , edited  15:54
Ochish/sharhlash
2021-05-16 16:30:07
Hech qachon, hech kimga "muammoli onlarda yonimda turadi" deb ishonma! Aynan o‘sha kun kelganda, yolg‘iz ekaningni anglaysan va bu yolg‘izlik seni ado qiladi.

Shams Tabriziy

Hammaga ulashing
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
19.9K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 13:30
Ochish/sharhlash