Get Mystery Box with random crypto!

Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

Telegram kanalining logotibi rumiy_aforizmlariuz — Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚 J
Telegram kanalining logotibi rumiy_aforizmlariuz — Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚
Kanal manzili: @rumiy_aforizmlariuz
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 64.96K
Kanalning ta’rifi

Jaloliddin Rumiy muhlisi tomonidan ochilgan ilmiy-ma'rifiy blog 📚
🗓 02-avgust 2020
Reklama uchun : https://t.me/rek_info/1353
Admin: https://t.me/Talabalar_Admini
Bizni Instagramda ham kuzatib boring⤵️
instagram.com/Rumiy_Aforizmlari

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 570

2021-05-11 20:00:51
Oq libosdagi kelin va kostyum-shim kiygan kuyovni doim baxtli qiyofada tasavvur qilamiz. Bu tabiiy. Lekin Gana davlatida to’y liboslarini kiygan bo'lsa-da, hayotdan xafa, norozi kayfiyatdagi jufliklarni uchratish mumkin.

Savol: Kelin va kuyovlar nega bunchalik xafa?
12.1K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 17:00
Ochish/sharhlash
2021-05-11 16:59:02 ​​Ayolni xo‘rlama, ey nomard!

Qo‘ling kuchga to‘lib botir, bo‘ldingmi!?
Shaytonning malayi, shotir bo‘ldingmi!?
O‘zingcha har nega qodir bo‘ldingmi!?
Ayolni xo‘rlama, ey nomard!

Yurakda iymon nur fonusing bo‘lsa,
Tilingda kalima qomusing bo‘lsa,
Agarda zarracha nomusing bo‘lsa,
Ayolni xo‘rlama, ey nomard!

Adashsa, aybini to‘g‘rilab qo‘ygin,
Esiyu xushini o‘g‘rilab qo‘ygin,
Urib emas, uni qo‘riqlab qo‘ygin,
Ayolni xo‘rlama, ey nomard!

Bor, ana, kuchingni maydonda ko‘rsat,
Ko‘ramiz zo‘rliging biz o‘sha fursat,
Yaxshisi, atlasdan lozim kiy – ruxsat,
Ayolni xo‘rlama, ey nomard!

Cho‘chqadek ichib, so‘ng bo‘lasan arslon,
Yerlarda sudralib, bamisli ilon,
Asli sening nasling kalamush, sichqon,
Ayolni xo‘rlama, ey nomard!

Ming bitta ko‘chaga yetaklar xayol,
Bunda kelajaklar topadi zavol,
Seni ham dunyoga keltirgan ayol,
Ayolni xo‘rlama, ey nomard!


Vafo Mo‘min

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
14.8K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 13:59
Ochish/sharhlash
2021-05-11 16:31:32
Инглиз аёллари «I love you», - деб — 1-2та туғишади.⠀
Рус аёллари: «Я тебя люблю», - деб — 2-3та туғишяпти.⠀
Ўзбек аёллари эса:
12.3K views𝑭𝒂𝒚𝒛𝒖𝒍𝒍𝒂♕︎, 13:31
Ochish/sharhlash
2021-05-11 14:53:08 ​​Yana qiz tug'sang menga kerakmas
(Pushaymon ota qizining hikoyasi)...


Bu ibratli hikoyani xotini hadeb qiz tug'ishidan norozi bo'ladigan kishilarga so'zlab bering.

Bir madrasada dars beradigan odobli-axloqli muallima bor edi. yoshi ham o'tib borar, eshigiga kelgan sovchilariga rad javobini berar edi.
Hamkasblari undan:
- Nega turmush qurmaysiz, axir sizda Xudo bergan husn-jamol yetarli-ku? - deb so'rashsa, u aytardi:
- Shu atrofda beshta qizi bor ayol bo'lgan. Eri unga, agar yana qiz tug'sang, u menga kerak emas, deb tahdid qildi. Vaqti-soati yetib, ayol yana qiz tug'di. Bu ulug' ne'matga shukr qilish o'rniga ota go'dakni ko'tarib, kimdir olar, deb, xufton namozidan keyin masjid eshigini oldiga tashlab keldi. Bomdodda kelib qarasa, go'dak joyida turganmish, hech kim olmabdi. Qaytarib uyiga olib keladi. Shu zaylda ota har kun murg'akgina go'dakni masjid oldiga tashlab kelar, lekin hech kim olmasdi. yetti kun shu ahvolda o'tibdi. Onaizor esa Qur'on o'qib, qizalog'idan ayrilib qolmasligini Allohdan yolvorib so'rardi. Ota ham zerikib, go'dakni qayta olib bormay qo'ydi. Mehribon ona esa go'dagidan ajrab qolmaganiga juda quvondi. Ayol yana homilador bo'ldi, yana o'sha havotir... ko'zi yoridi va nihoyat o'g'il...
Shu orada katta qizi vafot etdi.
Vaqtlar o'tib, ayol yana homilador bo'ldi, bu safar ham o'g'illik boʻldi. Ko'p o'tmay ikkinchi qizi hayotdan ko'z yumdi. Shunday qilib, birin-ketin yana uchta o'g'illik bo'ldi-yu, keyingi uchta qizidan ham ayrildi. Negadir, har ko'zi yorib, o'g'il tug'ganida bittadan qizi qazo qilaverardi. Nihoyat, beshta o'g'il va o'sha oltinchi qizi qoldi. Taqdir taqozosi bilan, Ona ham olamdan ko'z yumdi. Oradan bir necha yillar o'tdi, qizaloq ham bolalar ham ulg'aydi, ishlik, joylik bo'ldi.
Muallima gapida davom etdi:
- O'sha otasi menga kerak emas deb, ko'chaga tashlab kelgan qiz kimligini bilasizlarmi?
O'sha menman. Turmush qurmaganimga sabab otam yolg'iz, yoshi ham ulug', men unga yordamchi, shofyor tayinladim, o'zim ham uning xizmatidaman. Ukalarimga kelsak, ular otamning ziyoratiga deyarli kelmaydi, kelsa ham bir oyda bir, yana biri ikki oyda bir marta keladi, xolos. Otam menga qilgan ishlariga pushaymon boʻlib, ko'p yig'laydi...

@Rumiy_AforizmlariUz / Ma'nolarning tuganmas jilosi
14.4K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 11:53
Ochish/sharhlash
2021-05-11 14:50:20
QIZ...

Ona bezovta, ota bezovta...
Ota: O'g'il bo'ladi.
Qaynona: O'g'il bo'ladi.
Amma: O'g'il bo'lishi kerak.
Ovsinlar: O'g'il bo'lsinda.
Ona: Bolam o'g'il tug'ilsinda.
Vaqti keldi...


Davomini o‘qing, agar yig‘lamasangiz
13.1K viewsRumiy Aforizmlari , edited  11:50
Ochish/sharhlash
2021-05-11 13:38:23
Sukut saqlashim odobimdandir.
Har so'zga beradigan javobim bor.
Lekin bir so'zga qarayman, so'zmi deya.
Yana bir so'zlayotganga qarayman, odammi deya...


Jaloliddin Rumiy

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
14.2K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 10:38
Ochish/sharhlash
2021-05-11 13:30:24
yoki belgilarni ma'nosini bilasizmi?

Bu belgilar aslida...

Davomini o‘qing

https://t.me/Rumiy_AforizmlariUz/7092
13.5K viewsRumiy Aforizmlari , edited  10:30
Ochish/sharhlash
2021-05-11 12:42:46
Har qancha namunali boʻlmagin,
baribir seni yoqtirmaydigan kishilarni topasan.
Hatto farishtalarni ham shaytonlar
yoqtirishmaydi-ku!

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
14.3K viewsⒻ︎Ⓐ︎Ⓨ︎Ⓛ︎Ⓐ︎Ⓢ︎Ⓤ︎Ⓕ︎, 09:42
Ochish/sharhlash
2021-05-11 09:23:33
Hayot, mohir muallim, garchi gapira olmasada juda yaxshi tushuntiradi...

Hayot, odil hakam, unda hech kim g‘irrom o‘ynay olmaydi...

Hayot, usta tarozibon, nimaga loyiq bo‘lsangiz faqat o‘shani beradi...

Hayot, shunday xonandaki, odamlarni xohlagan kuyiga o‘ynata oladi...

Hayot, oqil donishmand, sizga nima yaxshi, nima yomonligini eslatib turadi...

Hayot, baxt va baxtsizlik, orzu va armon, muhabbat va nafrat, hurmat va illat, dono va nodon oqibat va g‘aflat kabi juftliklar yig‘indisidir...

Hayot, baholaringiz jamlanib boradigan kundalik daftardir...

Hayot, kichkina xovli, xovlingizga xohlasangiz gul ekasiz... xohlasangiz tikonzorga aylantirasiz.!


Hammaga Ulashing....
••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
18.0K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 06:23
Ochish/sharhlash
2021-05-10 18:00:56
Har ko‘ngilsizlikni Xayr bil.
Har kechani Qadr bil.
Har insonni Hizr bil.

Jaloliddin Rumiy

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
20.9K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 15:00
Ochish/sharhlash