Get Mystery Box with random crypto!

Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

Telegram kanalining logotibi rumiy_aforizmlariuz — Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚 J
Telegram kanalining logotibi rumiy_aforizmlariuz — Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚
Kanal manzili: @rumiy_aforizmlariuz
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 64.96K
Kanalning ta’rifi

Jaloliddin Rumiy muhlisi tomonidan ochilgan ilmiy-ma'rifiy blog 📚
🗓 02-avgust 2020
Reklama uchun : https://t.me/rek_info/1353
Admin: https://t.me/Talabalar_Admini
Bizni Instagramda ham kuzatib boring⤵️
instagram.com/Rumiy_Aforizmlari

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 571

2021-05-10 16:59:02 ​​Onajon

Boshimga gʻamlardan qulasa osmon,
Bu hayot zarbidan qolay deb omon,
Quchogʻing men uchun bilib tinch qoʻrgʻon,
Ulgʻayib qolganim qilmasang taʼna,
Onajon poyingga kelaman yana.

Kimga xam ishonay oʻzingdan ortib,
Oʻgʻlingni diydasi qolmagan qotib,
Toʻshagim yelkamga bormoqda botib,
Qolguncha xasta jon, darmonsiz mana,
Onajon poyingga kelaman yana.

Ichidan dardlari yeydi erkakni,
Ne qilsin biladi yeydi yurakni,
Tugatgin hoʻ tunlar aytgan ertakni,
Unutib barchasin qilay tantana,
Onajon poyingga kelaman yana.

Shoirman sheʼr yozib nimani topdim,
Mashhurlik ortidan darbadar, chopdim,
Sen tomon shoshildim daftarni yopdim,
Qoʻy oʻzing! Mening oq sochimni sana,
Onajon poyingga kelaman yana.

Ulgʻayib qolganim qilmasang taʼna,
Onajon poyingga kelaman yana.


Temur Rashid

@TajonuMeNseVgaN
••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
19.3K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 13:59
Ochish/sharhlash
2021-05-10 15:59:02
Duo qiladigan go‘zal qalbing yo‘q bo'lsa, qalbi go‘zal insonlardan duo istagin!
Jaloliddin Rumiy


(If you don't have a beautiful heart to pray for, ask for blessings from the ones with beautiful hearts!
Jalaliddin Rumi)

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
17.5K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 12:59
Ochish/sharhlash
2021-05-10 08:31:08
ESLATMA!!!

#Hadislar


عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا: أَنَّ رَسُولَ اللهِ ﷺ قَالَ: «تَحَرَّوْا لَيْلَةَ الْقَدْرِ فِي الْوِتْرِ مِنَ الْعَشْرِ الْأَوَاخِرِ مِنْ رَمَضَانَ». رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّ.

Oisha roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qadr kechasini Ramazonning oxirgi o‘n kechasining toq (kecha)larida izlanglar», dedilar».
Buxoriy, Muslim, Termiziy rivoyat qilishgan.


Bu kecha Ramazonning oxirgi o‘n kechasining so‘nggi toq kechasi ya’ni
29-kecha bo‘lib hadisga binoan Qadr kechasi deb umid qilinadi.
Allohim barchalarimizga ushbu Qadr kechalari umid qilinadigan lahzalarni foydamizga bo‘lmoqligini nasib aylasin


••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
20.7K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), edited  05:31
Ochish/sharhlash
2021-05-10 06:01:43
Dunyo va o‘limni bog‘lab turguvchi,
Manzilda sovrildi bu hayot yo‘lim.
Jannat va do‘zaxning o‘rtasidagi
Yo‘llarda bas edi o‘tmasa umrim.

Orzular uchun qo‘yilgan qadamlar odamlarni deb to‘xtab qolmasin, hayot sizniki, uni jarga tirkab emas, nurga burkab o‘tkazing...


Ummu Amina

Hayrli tong, qardligim!!!

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
20.4K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 03:01
Ochish/sharhlash
2021-05-10 03:26:53 ЭРИМ ҲИЁНАТ ҚИЛАДИ

Бир аёл пайгамбаримизнинг
олдиларига келиб .Эрим менга
хиёнат килади, номахрам аёллар
билан юради.
Мен норозиман. Ё, Аллохнинг
Расули менга бир дуо беринг эримни узимга кайтарай! дебди.
Расулуллох с.а.в. Эй, заифа мен
сенга уша дуони бераман бунинг
эвазига сени....

ДАВОМИНИ ЎҚИШ
1.8K viewsAdozhahS, 00:26
Ochish/sharhlash
2021-05-09 21:35:55
Istalgan kitobingizni topib beradigan bot.

Botga kirib kitob nomini yozing va bot sizga uni topib beradi

Bunday noyob bot telegramda sizga eng yaqin yordamchi bo'ladi, ayniqsa abituriyent va talabalar uchun...

BOT LINKI @MegaBooksbot
8.7K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 18:35
Ochish/sharhlash
2021-05-09 17:37:09
Yer yuzida ikkita omonlik bor edi.
Biri ketdi, biri qoldi.
Ketgani Rasululloh (s.a.v)dir,
qolgani istig‘fordir.


Hazrati Ali roziyallohu anhu

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
15.7K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 14:37
Ochish/sharhlash
2021-05-09 17:23:21
Afsuski, sevish kabi bebaho ne’mat har kimga ham nasib qilavermas ekan. Agar sizga kimdir «umrimda sevmaganman» desa ishonavering. Negaki....

Davomini o‘qing, chunki siz bunga sababni aniq bilamysiz
13.4K viewsRumiy Aforizmlari , edited  14:23
Ochish/sharhlash
2021-05-09 16:59:02 ​​Yoshligimizda kattalar ayrim ishlarni "yomon bo‘ladi", deb qaytarishardi.

Keyin bilsak, ular dinimizda harom va makruh bo‘lgan amallardan qaytarishgan ekan. O‘zlarining amal qilishlariga o‘sha "yomon bo‘ladi" yetarli bo‘lgan ekan.

Bugun ana shunday "yomon bo‘ladi"gan ishlardan birining hukmini ko‘rib qoldim. Qizig‘i bunday oddiy masalaga aqli va fikri o‘tkir fuqaholarimiz Qur’oni karimdan ham dalil olishgan ekan.
Mana o‘sha masala:

Savol: Erni ismini aytib murojaat qilishning hukmi nima?

Javob: "Durrul muxtor"da shunday deyiladi: "Ayol erini ismi bilan chaqirsa makruh bo‘ladi".

Buni sharhlab Ibn Obidiyn rahimahulloh o‘z "Hoshiya"larida shunday yozadilar: "Erga murojaat qilishda hurmatlashni ifodalaydigan "xo‘jayin" yoki shunga o‘xshash lafz ishlatish lozim. Usmon ibn Ato o‘z otasidan rivoyat qiladi:

Said ibn Musayyibning xotinlari: "Bizlar erlarimizga, sizlar amirlaringizga so‘zlaganingizdek so‘zlar edik, Alloh isloh qilgur, ofiyat bergurlar", degandilar.

Ummu Dardo Jahmiyya erlari Abu Dardo roziyallohu anhudan hadis rivoyat qilsalar: "Menga sayyidim (xo‘jam) hadis aytdilar", deb boshlar edilar.

Imom Navaviy "Sahihi Muslim"ning sharhida: "Menga Ummu Dardo hadis aytdi: "Menga xo‘jam hadis aytdi", degan joyini shunday izohlaydilar: "Ya’ni, "xo‘jam"dan murod erlari Abu Dardodir.

Bundan ayol erini xo‘jam, (yo xo‘jayinim) deyishi joiz ekani bilinadi". Bunga o‘xshash narsa Qur’onda ham bor. "Eshik oldida u(xotin)ning xo‘jayiniga duch kelishdi" ("Yusuf" surasi, 25-oyat). "Xo‘jayini" - eri degani".

Alloh oldingi ayollarni rahmat qilsin! Ummatga ulardan yaxshi o‘rinbosarlar qoldirsin!


Mubashshir Ahmad

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
13.4K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 13:59
Ochish/sharhlash
2021-05-09 16:29:01
— Siz ham ushbu rasmlarga qarab Payg'ambarlarni aniqlay olasizmi

— Har bir rasmda Payg'ambarlar haqida malumot bor


— O'ylaning o'z bilmingizni sinab ko'ring

— Javoblari juda qiziqarli bilmasangiz bilib oling !
11.4K viewsG'ᴀɴɪsʜᴇR (301), 13:29
Ochish/sharhlash